14.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2096
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.04.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYICHA DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QATTIQ YOQILGʻIDAN FOYDALANISH VA UNI HISOBGA OLISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2096]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-son, 118-modda), “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, 1-son, 5-modda) qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qattiq yoqilgʻidan foydalanish va uni hisobga olish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-son

“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 18-martdagi 51-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq yoqilgʻidan foydalanish va uni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 118-modda) va “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) qonunlariga muvofiq qattiq yoqilgʻidan foydalanish va uni hisobga olishning tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar togʻ jinslarida harorat va bosimning ortishi hamda diagenez natijasida shakllanadigan qattiq yoqilgʻini qazib oluvchi tashkilotlar va qattiq yoqilgʻining isteʼmolchilari uchun taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot — qattiq yoqilgʻini qazib olish boʻyicha yer osti shaxtada, usti ochiq togʻ-konda yoki shtolnya (yer osti yoʻli)larda ish olib boruvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi — ishlab chiqarishda yoki ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan jarayonlarda qattiq yoqilgʻini ishlatuvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marksheyder oʻlchovi — hisobot davridagi natijalari boʻyicha qazib olingan qattiq yoqilgʻining davriy va oldingi hajmlarini natura shaklidagi oʻlchovlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoidalar standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar, texnik qoida va normalar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qattiq yoqilgʻining maqsadli isteʼmol qilinishi ustidan nazorat bunga vakolatli davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Qattiq yoqilgʻidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qattiq yoqilgʻidan texnologik jarayonlarda qoʻllash va energiya hosil qilish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qattiq yoqilgʻidan foydalanishga oid munosabatlar tashkilot bilan isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkilot isteʼmolchiga yetkazib beriladigan, isteʼmolchi esa tashkilotdan qabul qilib olinadigan qattiq yoqilgʻining miqdori va sifatini nazorat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qattiq yoqilgʻining sarflari majburiy tartibda meʼyorlanishi lozim. Uning meʼyorlari shartli oʻlchov birligida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qattiq yoqilgʻi sarfi meʼyorlarining tarkibi foydali sarflar va yoʻqotishlardan iborat boʻladi hamda undan foydalanish samaradorligini baholash uchun xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qattiq yoqilgʻining sarfi meʼyorlari isteʼmolchi tomonidan foydalaniladigan asbob-uskunalarining xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning tegishli tarmoq uslubiy qoʻllanmalari va yoʻriqnomalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Har yili umumiy hajmi olti ming tonnadan ortiq shartli yoqilgʻiga teng qattiq yoqilgʻini sarflaydigan isteʼmolchi majburiy energetika tekshiruvidan oʻtkaziladi. Energetika tekshiruvini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 164-son “Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 320-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qattiq yoqilgʻini shartli yoqilgʻiga oʻtkazish qattiq yoqilgʻining yonish issiqligi 29,3 MJ/kg (7000 kcal/kg)ga teng boʻlganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Qattiq yoqilgʻini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qattiq yoqilgʻini qazib olish, qayta ishlash, transportda tashish, saqlash hamda undan ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarda ishlatish jarayonida qattiq yoqilgʻi miqdor va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha hisobga olinishi lozim. Qattiq yoqilgʻini hisobga olish quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot bilan isteʼmolchi oʻrtasida xoʻjalik hisob-kitob munosabatlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olingan qattiq yoqilgʻining miqdori va sifatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi tomonidan bajariladigan qattiq yoqilgʻining sarflanish meʼyori nazorat qilinishni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq yoqilgʻidan foydalanish samaradorligini muntazam takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qattiq yoqilgʻini hisobga olish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olingan qattiq yoqilgʻi miqdori va sifatini aniqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborda saqlangan va undan sarflangan qattiq yoqilgʻining miqdorini aniqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchiga yetkazib berilayotgan qattiq yoqilgʻi miqdorini aniqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish uchun sarflangan qattiq yoqilgʻini nazorat qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq yoqilgʻini xatlovdan oʻtkazishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qattiq yoqilgʻi miqdori va sifatini aniqlash, uning sarfini nazorat qilish va xatlovdan oʻtkazish jarayoni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qattiq yoqilgʻining miqdori uning miqdoriy koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Miqdoriy koʻrsatkichlarni aniqlashda quyidagi oʻlchash usullaridan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-oʻlchov uskunalari yordamida (tarozi, namlik oʻlchagich va boshqalar) yillik energiya isteʼmoli 800 tonnadan ortiq shartli yoqilgʻini tashkil etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitoblar usuli (yer ostidan koʻmirni qazib olishda marksheyder oʻlchovlari, omborlarda saqlanayotgan qattiq yoqilgʻini xatlovdan oʻtkazish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba hisob-kitob usuli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qattiq yoqilgʻining sifat koʻrsatkichlarini aniqlash sinov laboratoriyalarida oʻlchash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qattiq yoqilgʻini hisobga olish turlari tezkor, texnikaviy va buxgalteriya hisoblaridan iborat. Qattiq yoqilgʻini hisobga olishning ushbu turlari amalga oshirilganda, ularning hisobotlari yuritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qattiq yoqilgʻini tezkor hisobga olinishi uni har smenada, kunlik hamda oylik harakatini natural koʻrinishdagi hisobini aks ettiradi va quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olish joylarida qabul qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq yoqilgʻini ortib joʻnatishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborlarga qabul qilinishi va undan sarflanishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olish joylardagi agʻdarmalarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qattiq yoqilgʻini qazib olishda tezkor hisobga olinishi tashkilotning ishlab chiqarish xizmati zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qattiq yoqilgʻining texnik hisobga olinishi uni har dekadada va oylik marksheyder oʻlchovlari asosida amalga oshiriladi. Marksheyder oʻlchovi maʼlumotlari bilan qattiq yoqilgʻining tezkor hisobi maʼlumotlari oʻrtasida tafovut yuzaga kelganda qattiq yoqilgʻining tezkor hisobi maʼlumotlariga tuzatishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qattiq yoqilgʻining buxgalteriya hisobi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Isteʼmolchi tomonidan qattiq yoqilgʻining hisobga olinishi uning ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan ixtisosidan kelib chiqib, hisobga olishning tezkor, texnikaviy va buxgalteriya hisoblariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qattiq yoqilgʻining hisobga olinishini tashkil etish va hisobotini yuritish qattiq yoqilgʻini qazib olish, qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va foydalanish jarayonida tashkilot va isteʼmolchi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qattiq yoqilgʻining nazorat-oʻlchov uskunalarini oʻrnatish yillik energiya isteʼmoli 800 tonna shartli yoqilgʻidan koʻp boʻlgan isteʼmolchilarda oʻrnatilishi lozim. Issiqlik elektr stansiyalarida esa qattiq yoqilgʻini nazorat-oʻlchov uskunalari uning tarmoq uslubiy qoʻllanmalariga muvofiq oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yillik energiya isteʼmoli 800 tonna shartli yoqilgʻidan kam boʻlgan taqdirda, nazorat-oʻlchov uskunasi oʻrnatilmaydi va energiya resurslarining sarfini aniqlash uchun hisob-kitob yoki tajriba hisob-kitob usuli qoʻllaniladi, issiqlik elektr stansiyalarining tarmoq uslubiy qoʻllanmalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qattiq yoqilgʻining miqdori va sifatini nazorat qilish uzluksiz va davriy ravishda amalga oshirilishi uchun moʻljallangan nazorat-oʻlchov uskunalari (tarozi, namlik oʻlchagich va boshqalar) tasdiqlangan jadval asosida soz holatda boʻlishi va ularga texnik xizmat koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qattiq yoqilgʻini hisobga olishda qoʻllaniladigan nazorat-oʻlchov uskunalari soz holatda ekanligini tekshirish natijalari buning uchun maxsus yuritilgan jurnalda qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nazorat-oʻlchov uskunalari belgilangan muddatlarda texnik talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida davlat metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qattiq yoqilgʻi omborida koʻmir zaxirasini hisobga olish kitobi yuritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qazib olingan va turib qolgan qattiq yoqilgʻining miqdorini aniqlash bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Har oyning birinchi kunida omborda saqlanayotgan qattiq yoqilgʻining zaxirasini natural koʻrinishida hisob-kitob oʻlchash usuli bilan tekshirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Har oyning birinchi kunida hisob-kitob maʼlumotlari boʻyicha qattiq yoqilgʻi qoldiqlari marksheyder oʻlchovining dalolatnomasiga toʻliq muvofiqlashtirilishi kerak. Agʻdarmalardagi qattiq yoqilgʻi boʻyicha tezkor hisobga olish va marksheyder oʻlchovi maʼlumotlari oʻrtasidagi tafovut ushbu Qoidalar ilovasining 1-jadvalidagi ayirmalar qiymatidan ortiq boʻlganda qattiq yoqilgʻining qoldiqdagi hisobotiga tuzatishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qattiq yoqilgʻining oʻlchov sigʻimlaridagi oʻrtacha massasi bir yilda ikki marta aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qattiq yoqilgʻining oʻlchov sigʻimidagi oʻrtacha massasini aniqlash uchun qattiq yoqilgʻi sigʻim yon devorlarining sathigacha ortilgan va yuk ortish joyida uning usti tekislangan holdagi vazni bir tonnagacha boʻlsa kamida 10 ta sigʻimda, agar bir tonnadan ziyod boʻlsa kamida 5 ta sigʻimda oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qattiq yoqilgʻi sigʻimini oʻlchash nazorat-oʻlchov uskunalari yordamida amalga oshiriladi, agar nazorat-oʻlchov uskunalari boʻlmasa, qattiq yoqilgʻining sigʻimi tajriba hisob-kitob usuli bilan oʻlchanadi. Oʻlchangan qattiq yoqilgʻini tarkibidagi kul, namlik va mineral qoʻshimchalar darajasini aniqlash uchun belgilangan miqdorda namuna olinadi va oʻlchami 25 mm dan katta boʻlgan mineral qoʻshimchalar tanlab olinib, qattiq yoqilgʻi va mineral qoʻshimchalar alohida tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oʻlchanayotgan sigʻimdagi qattiq yoqilgʻining oʻrtacha massasi uning umumiy massasidagi mineral qoʻshimchalari belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlganda chegirmalarni chiqarib tashlash va olingan ayirmani qayta oʻlchash maqsadida oʻlchov sigʻimlari soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻlchanayotgan qattiq yoqilgʻi tarkibidagi mineral qoʻshimchalar belgilangan meʼyorlarga muvofiq boʻlganda va navbatdagi oʻlchashgacha boʻlgan davrda oʻrnatilgan oʻrtacha mineral qoʻshimchalar meʼyoridan ikki foizdan koʻp farq qilmagan hollarda haqiqiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qattiq yoqilgʻi va mineral qoʻshimchalarning oʻlchash natijalari dalolatnomada aks ettiriladi, bunda oʻlchov sigʻimidagi qattiq yoqilgʻining oʻrtacha massasi va mineral qoʻshimchalarning nuqsonsiz meʼyori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qattiq yoqilgʻi sarfini aniqlashda hisobga olish uchun belgilangan meʼyorlardagi mineral qoʻshimchalarni qoʻshgan holda qattiq yoqilgʻining oʻrtacha massasi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qattiq yoqilgʻining sarfini aniqlash ushbu Qoidalar ilovasining 2-jadvalida koʻrsatilgan misolga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Qattiq yoqilgʻi miqdorini hisobga olish usullari (nazorat-oʻlchov uskunalari yordamida, hisob-kitob, tajribaviy hisob-kitob usullari)ning oʻlchov natijalari hamda ularning meʼyorlangan xatoliklari bir xil boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tashkilot va isteʼmolchi qattiq yoqilgʻini qabul qilishda va sarflashda uning miqdor va sifati oʻlchanishi bir xil usulda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tashkilot va isteʼmolchi oʻrtasida qattiq yoqilgʻini qazib olish, qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va foydalanish jarayonida qattiq yoqilgʻining miqdori va sifati boʻyicha yuzaga keladigan nizoli masalalarni hal etishda ustuvorlik mustaqil laboratoriya tomonidan oʻtkazilgan oʻlchash natijalariga berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mazkur Qoidalarni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Mazkur Qoidalar “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” DAK Boshqaruvi raisi B. TESHABOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 17-mart

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ Bosh direktori X. XURSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 17-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 17-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq yoqilgʻidan foydalanish va uni hisobga olish qoidalariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-jadval‎

‎Qattiq yoqilgʻini tezkor hisobga olish maʼlumotlari va qattiq yoqilgʻi taxlamlarining marksheyder oʻlchovlari oʻrtasidagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan tafovut

Qattiq yoqilgʻi uyumlarining hajmi, ming.kub.m

20 dan kam‎

20 — 50‎

50 — 200‎

200 dan ziyod‎

Qattiq yoqilgʻini tezkor hisobga olish maʼlumotlari va marksheyder oʻlchovi oʻrtasida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan tafovut, foizda‎

8‎

5‎

3‎

2‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2-jadval‎

‎‎Qattiq yoqilgʻi sarflarini aniqlash misoli

Korxonalar:
№ 1‎ № 2‎
1. Oʻlcham sigʻimidagi qattiq yoqilgʻi massasi‎ kg‎ 3000‎ 3000‎
2. Mineral qoʻshimchalarining amaldagi tarkibi‎ kg / %‎ 120 / 4‎ 180/6‎
3. Standartlar boʻyicha tarkibdagi mineral qoʻshimchalarning miqdori‎ kg / %‎ 75 / 2,5‎ 75/2,5‎
4. Hisobga olish uchun qabul qilingan qattiq yoqilgʻining oʻrtacha massasi‎ kg‎ 2955‎ 2895‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 122-modda; 2016-y., 11-son, 104-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 30.12.2023-y., 10/23/2096-2/0990-son; 23.07.2025-y., 10/25/2096-3/0644-son)