Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZEKSAYD” OʻZBEKISTON - AMERIKA QOʻSHMA KORXONASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA” 1998-YIL 26-OKTABRDAGI 453-SON QARORIGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
“OʻzEksayd” Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 26-oktabrdagi 453-son qarorga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoʻshma korxona ishlarini bajarish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga “OʻzEksayd” qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha kelish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin, ular konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijiy mutaxassislarga “OʻzEksayd” qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha koʻp martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek xorijiy mutaxassislar yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini hamda roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin, ular davlat bojlari toʻlashdan ozod qilinsin.
3. “OʻzEksayd” qoʻshma korxonasi masalalari boʻyicha ishlarni bajarish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga mahalliy xarajatlarga (yashash, xizmatlar va respublika hududida transportning barcha turlarida yurganlik uchun) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha milliy valyutada haq toʻlash huquqi berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 13-aprel,
147-son