Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2013 05.04.2010 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2013
Hujjat 28.02.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOTRANSPORT VOSITALARINI VAQTINChA SAQLASh BOʻYIChA PULLI XIZMATLAR KOʻRSATUVChI YuRIDIK ShAXSLAR FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLISh CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-iyuldagi 213-sonli “Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini tartibga solish, shuningdek mazkur xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun toʻlovlarning cheklangan miqdorini tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda tegishli pulli xizmatlar koʻrsatiladigan barcha avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini xatlovdan oʻtkazsinlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ushbu pulli xizmatlar koʻrsatish turi sohasidagi oʻz faoliyatini tasdiqlangan Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2010-yil 1 maydan boshlab yuridik shaxslar tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining koʻrsatilgan maqsad uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarorisiz avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish ruxsatnoma hujjatlarisiz faoliyat turlarini amalga oshirishga tenglashtiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini qoʻllashga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar faoliyati yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 5-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-apreldagi 63-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish deganda avtotransport vositalarini saqlash joylari avtotransport vositalarining aniq egalariga biriktirilmasdan pulli asosda avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizom quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat garajlari — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori yoki farmoyishi bilan ajratilgan yer uchastkalarida tashkil etiladigan ularda avtotransport vositalarini saqlash joylari aniq jismoniy shaxslarga biriktirilgan fuqarolarning transport vositalarini saqlash joylariga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy garajlar — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori yoki farmoyishi bilan transport vositalari egalariga ajratilgan yer uchastkalarida, yashash joyi yaqinida ularning mablagʻlari hisobiga qurilgan fuqarolarning avtotransport vositalarini saqlash inshootlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar va muassasalarga belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalarida joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash uchun toʻlov undirilmaydigan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar faqat yuridik shaxslar tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsga avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish uchun foydalanishga yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoxud ilgari boshqa maqsadlar uchun berilgan yer uchastkasidan unda avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlari mavjud boʻlganda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qarorlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda, yuridik shaxs arizasi asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik shaxsdan tegishli ariza va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur hujjatlar olingan sanadan boshlab uch kun muddatda quyidagi hududiy organlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud joylashtirish sxemalariga, hududlarni rejalashtirish sxemalariga va tumanlarni rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlarining bosh rejalari, rejalashtirish va qurish loyihalariga, shuningdek shaharsozlik normalari talablariga rioya qilinishini taʼminlash boʻyicha — hududiy arxitektura organlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatiga (keyingi oʻrinlarda matnda YHXDX deb yuritiladi) arizada koʻrsatilgan yer uchastkasida avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faoliyatini tashkil etish imkoniyati toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy arxitektura va YHXDX organlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining soʻrovnomasini olgan sanadan boshlab bir hafta muddatda ularga yer uchastkasi berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda hisobga olinadigan tegishli xulosalarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qaror yuridik shaxs tegishli ariza va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur hujjatlarni taqdim etgan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi hokimiyat organlarining avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarorlari majburiy tartibda arizachiga, tegishli hududiy davlat soliq xizmati organiga, shuningdek yer resurslari va davlat kadastri hududiy organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun yer uchastkasi berish yoki ilgari berilgan yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan rad javobi berilgan taqdirda arizachiga belgilangan tartibda rad etish sabablari asoslangan va qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan yozma javob joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarida avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun berilayotgan yer uchastkasi maydoni majburiy tartibda koʻrsatiladi va berilayotgan yer uchastkasining aniq belgilangan konturi chizilgan tegishli reja-kartografiya materiallari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish faqat avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun oʻziga yer uchastkasi berilgan yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish uchun yer uchastkalarining ijaraga (subijaraga) berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joyi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qattiq qoplamaga, yoritilgan, axlatlarni yigʻish uchun konteynerlar, yongʻinga qarshi vositalarga ega boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hududga kirish va undan chiqish uchun maxsus ajratilgan joylar boʻlishi kerak. Bunda kirish (chiqish) joyi yoʻl harakati xavfsizligi talablari taʼminlanishini hisobga olgan holda ajratilgan boʻlishi zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hudud atrofi oʻralgan boʻlishi yoxud maxsus ajratilgan kirish (chiqish) joyini aylanib oʻtib hududga kirish (undan chiqish) imkonini bermaydigan boshqa toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) agar hudud avtotransport vositalarini bir nechta qatorlarda joylashtirgan holda saqlash imkonini bersa, u holda hudud avtotransport vositalarining uning ichida harakatlanishi uchun polosalarga ajratilgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ajratilgan kirish (chiqish) joyiga tutash, koʻrinarli joyda nazoratchi-kassirning xona (budka)si boʻlishi, uning tashqi tomonida yirik harflar bilan (harfning boʻyi kamida 3 sm boʻlishi kerak) avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish tariflari va shartlari toʻgʻrisidagi yozuvlar boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) nogironlar uchun maxsus jihozlangan kamida ikkita joy mavjud boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasiga va plastik kartochkalardan toʻlovlar qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminaliga ega boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300 va undan ortiq turgʻun savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlariga ega boʻlgan bozorlar va savdo komplekslarida avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgan hollarda majburiy tartibda avtotransport vositalari kirib kelgan va chiqib ketgan vaqtni qayd etish funksiyasiga ega boʻlgan elektron hisoblagichlar oʻrnatiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 112-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 186-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan belgilanadigan tariflar, biroq ushbu xizmatlar turi uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan belgilanadigan toʻlovning cheklangan miqdoridan yuqori boʻlmagan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Koʻrsatilgan pulli xizmatlar uchun hisob-kitob hududga kirishda berilgan kvitansiya asosida, nazorat-kassa mashinasi yoki hisob-kitob terminali chekini majburiy tartibda bergan holda avtotransport vositasi hududdan chiqayotganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yuridik shaxslar tomonidan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha koʻrsatilgan pulli xizmatlar uchun toʻlov naqd pul bilan ham, plastik kartochkadan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda ham amalga oshiriladi. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan tushgan naqd pul tushumlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har kuni banklar kassasiga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslardan soliq olish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda budjetga qatʼiy belgilangan soliq va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qatʼiy belgilangan soliq va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim ajratilgan har bir hudud uchun undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qatʼiy belgilangan soliq yer uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlarda koʻrsatilgan maydon uchun hisoblab chiqiladi. Qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha dastlabki soliq hisobotini taqdim etishda unga (er uchastkasi olgandan yoki undan foydalanish maqsadlari oʻzgargandan yoxud ajratilgan yer uchastkasi maydoni oʻzgargandan keyin) mazkur faoliyat turi uchun ajratilgan yer uchastkasi maydonini tasdiqlaydigan hujjatlar nusxasi majburiy tartibda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qatʼiy belgilangan soliq stavkasi va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimning cheklangan miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimning aniq miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi va cheklangan stavkalardan oshmasligi hamda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlardan past boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha faoliyat bilan birga boshqa faoliyat turlarini amalga oshiradigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat turlari boʻyicha alohida hisob-kitob yuritishi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar sanitariya qoidalariga va yongʻinga qarshi qoidalarga rioya qilinishi, avtotransport vositalarining saqlanishi, shu jumladan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash paytida ularning oʻgʻirlanishi, qismlarining echib olinishi va shikastlanishi yuzasidan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofatlar (zilzila, dovul, suv toshqini va boshqalar) tufayli avtotransport vositalarining shikastlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasi salonida turgan va uning butlovchi qismiga kirmaydigan shaxsiy buyumlarning saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari ular vaqtincha saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladigan hududdan chiqqandan keyin avtotransport vositalarining saqlanishiga taalluqli eʼtirozlar yuzasidan javob bermaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-apreldagi 63-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillar toʻxtash joylari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-avgustdagi 387-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 47-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)” 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 107-modda, 23-son, 186-modda; 2012-y., 8-9-son, 85-modda)