Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar, maʼmuriy hamda moliyaviy sanksiyalardan tushayotgan mablagʻlarni taqsimlash mexanizmini yanada tartibga solish, davlat budjetining daromad qismini mustahkamlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2010-yilning 1-aprelidan boshlab 1-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlari 2-ilovaga muvofiq 2010-yilning 1-aprelidan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 2-aprel,
PF-4211-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-apreldagi PF-4211-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy valyutada soliq boʻlmagan davlat toʻlovlarini olish va taqsimlash toʻgʻrisida” 1993-yil 31-iyuldagi PF-635-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, xorijiy valyutada olinadigan davlat boji, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarning bir qismi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari maxsus jamgʻarmalarining valyuta hisobvaraqlariga oʻtkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qarorida:
a) 5-bandidagi “ijro yigʻimi mablagʻlari” soʻzlari “undirib olingan ijro yigʻimi mablagʻlarining 20 foizi respublika budjeti daromadiga, ushbu mablagʻlarning 80 foizi esa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Ijro yigʻimini undirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
8-bandida:
birinchi xatboshi quyidagicha bayon etilsin:
“Undirib olingan paytdan boshlab ikki bank kuni mobaynida ijro yigʻimi mablagʻlarining 20 foizi belgilangan tartibda respublika budjeti daromadiga, ushbu mablagʻlarning 80 foizi esa Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ga oʻtkaziladi”;
ikkinchi xatboshidagi “hamda quyidagi maqsadlarda ishlatiladi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin;
“Yuqorida koʻrsatilgan va belgilangan miqdorlarda Jamgʻarmaga oʻtkazilgan mablagʻlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:”;
uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
16-bandning birinchi xatboshidagi “Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
18-bandning ikkinchi xatboshidagi “amalga oshiriladi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi” deb oʻzgartirilsin;
21-bandidagi “mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni” soʻzlari “mablagʻlari toʻgʻri va oʻz vaqtida taqsimlanishini, shuningdek ulardan maqsadli foydalanilishini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-apreldagi PF-4211-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qarori 7-ilovasining 2-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 102-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)