Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 30.03.2010 yildagi PF-4210-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 30.12.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamini, shu jumladan yoshlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 1-apreldagi PF-3983-sonli Farmonining 1-bandida nazarda tutilgan, uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band boʻlgan shaxslar tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni toʻlash yuzasidan soliq imtiyozining amal qilish muddati “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2012-yilning 1-apreligacha uzaytirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Hunarmand” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan soliq imtiyozi tatbiq etiladigan “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari — badiiy hunarmandchilik va amaliy sanʼat buyumlarini uy sharoitida ishlab chiqarish boʻyicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band boʻlgan shaxslar roʻyxatini aniqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yuqorida koʻrsatilgan soliq imtiyozining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4210-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 93-modda; 2011-y., 52-son, 558-modda; 2012-y., 37-son, 425-modda; 2013-y., 52-son, 689-modda)