Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.09.1998 yildagi 406-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 23.09.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999 - 2005 YILLARDA AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI RIVOJLANTIRISh HAMDA MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tarmogʻini yaratish va rivojlantirish, ularni respublika hududida maqbul joylashtirish va zamonaviy talablarga muvofiq texnika bilan jihozlash boʻyicha belgilangan vazifalarni roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1999—2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablagʻ bilan taʼminlash dasturi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarni qayta ixtisoslashtirish xamda ularda oʻquvchilar .oʻrinlarini va yotoqxonalarni ishga tushirish boʻyicha 1—3-ilovalarga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mintaqalari boʻyicha akademik litseylarni oliy oʻquv yurtlariga biriktirib qoʻyish boʻyicha 4-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirish hamda ularda oʻquvchilar oʻrinlarini va yotoqxonalarni ishga tushirish boʻyicha 5—8-ilovalarga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan 1999-2005-yillarda yangi qurilish va rekonstruksiya qilish hisobiga kasb-hunar kollejlarini ishga tushirish yuzasidan topshiriq boʻyicha 9-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish va qayta ixtisoslashtirishni mablagʻ bilan taʼminlash hajmlari va manbalari boʻyicha 10-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari fondlar mablagʻlari, korxonalar va tashkilotlar, homiylarning oʻz mablagʻlari, xorijiy kreditlar akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mablagʻ bilan taʼminlash dasturini mablagʻ bilan taʼminlashning asosiy manbalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablagʻ bilan taʼminlash dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan obyektlarni yangidan qurish va qayta ixtisoslashtiriladiganlarini rekonstruksiya qilish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining namunaviy loyihalari boʻyicha hamda uning nazoratida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Makroiqtisodiyot va. statistika vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1999—2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mablagʻ bilan taʼminlash. mintaqaviy dasturlarini, akademik litseylarni va kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirish va ishga tushirishning aniq hududiy dasturlaridan (11-12-ilovalar*) kelib chiqqan holda, bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, unda quyidagi prinsiplar asos qilib olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarining yangi turlariga qoʻyilayotgan talablarga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini barpo etish uchun faoliyat koʻrsatib turgan oʻrta maxsus va hunar-texnika taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasidan, shuningdek boshqa binolar, imoratlar va qurilishi tugallanmagan obyektlardan yuqori darajada foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish amaliyoti bazalari va oʻquvchilarning yashash joylari yaqinligini hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlarini oqilona ixtisoslashtirish va joylashtirish. Zarur hollarda yashash joyi uzoq boʻlgan oʻquvchilar uchun yotoqxonada yashash sharoitlari yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylarni, qoidaga koʻra, oliy taʼlim muassasalari huzurida, shuningdek yuqori malakali pedagog kadrlar maktabiga ega boʻlgan shaharlarda va tumanlar markazlarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-sinf bitiruvchilarini 2005-2006 oʻquv yilidan kechiktirmay oʻqitishning yangi shakllari bilan qamrab olgan xolda ularni yangi tashkil etilayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga bosqichma-bosqich qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish va mablagʻ bilan taʼminlashning muqobil manbalarini, shu jumladan korxonalar va tashkilotlar, homiylar mablagʻlarini, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy dasturlarda ishga tushirilayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari aniq roʻyxatlarini shakllantirish .nazarda tutilsin va Dastur topshiriqlarining bajarilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999—2005-yillardagi davrda xar yili ishlab chiqiladigan respublika investitsiya dasturlarida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablagʻ bilan taʼminlash dasturining amalga oshirilishini taʼminlovchi hajmlarda limitlar va mablagʻ bilan taʼminlash manbalari (shu jumladan budjet mablagʻlari)ni nazarda tutsinlar, zarur hollarda ilgari qabul qilingan investitsiya dasturlari va loyihalarni amalga oshirish muddatlari va mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini qayta koʻrib chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli shartlarda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha, ushbu maqsadlar uchun Hukumat kafolati berilishini hisobga olgan holda, xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa xorijiy investorlar bilan doimiy asosda ish olib borsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablagʻ bilan taʼminlash dasturi topshiriqlarining bajarilishi amaliyotini hisobga olgan holda zarur xollarda uning koʻrsatkichlariga kiritilishi mumkin boʻlgan tuzatishlar toʻgʻrisida takliflar taqdim etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlar hisobiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-ilovaga muvofiq kasb-hunar kollejlarining oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mablagʻ bilan taʼminlash mintaqaviy dasturlariga muvofiq oʻz balansidagi oʻrta maxsus va hunar-texnika taʼlim muassasalarini qayta ixtisoslashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadi (foydasi) kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qurilishiga, ularni rekonstruksiya qilishga, qayta ixtisoslashtirishga va jihozlashga yoʻnaltiriladigan foyda summasiga kamayadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini jihozlash uchun import qilinadigan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari boj toʻlovlaridan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan toʻliq jihozlash moliyaviy resurslarning topilishiga qarab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini asbob-uskunalar bilan jihozlash normativlarini, qurilishlar smetasiga kiruvchi asbob-uskunalarni alohida satrga ajratgan holda, 1998-yil oxirigacha ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini loyihalashtirish va qurish yuzasidan bosh buyurtmachi funksiyalarini bajarish Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishi boʻyicha Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat direksiyalariga yuklansin, bosh pudratchi etib esa, qoidaga koʻra, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha hududiy ixtisoslashtirilgan qurilish trestlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Mintaqaviy dasturlarning bajarilishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda 1998-yil 1-dekabrgacha 1999-yilda quriladigan obyektlar boʻyicha tender hujjatlarini toʻliq hajmda tayyorlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari qishloq xoʻjaligi sohasidagi kasb-hunar kollejlarini tajriba xoʻjaliklari va yordamchi xoʻjaliklar tashkil etish uchun kamida 20 gektar yer maydoni bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 204-son qarori bilan tuzilgan Hukumat komissiyasi 1999—2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablagʻ bilan taʼminlash dasturi topshiriqlarining bajarilishi ustidan doimiy monitoringni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 23-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406-son