25.03.2010 yildagi 54-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.06.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLAR MUZEYI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning harbiy sohadagi tarixiga oid yodgorliklarni toʻplash, tadqiq etish va saqlash, ulardan harbiy xizmatchilar va aholini, ayniqsa yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda foydalanishni zamon talablari darajasida tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyi” (keyingi oʻrinlarda Qurolli Kuchlar davlat muzeyi deb ataladi) deb qayta nomlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyining yangi ekspozitsiyasini yaratish ishlarini yakunlash chora-tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Qurolli Kuchlar davlat muzeyining fondida saqlanayotgan eksponatlarni Milliy muzey fondining Davlat katalogiga kiritish ishlarini amalga oshirsin hamda ularni saqlash tartib-qoidalariga rioya etilishini nazorat qilib borsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-iyundagi 356-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurolli Kuchlar davlat muzeyi tarkibida Ilmiy-uslubiy va ilmiy- tadqiqot axborot markazi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot axborot markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeyni rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini, istiqbolli rejasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey fondlari va ekspozitsiyalarini Qurolli Kuchlar tarixiga oid arxiv hujjatlari va boshqa eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy okruglar (birlashmalar), harbiy taʼlim muassasalarining harbiy-tarixiy muzeylari faoliyatini muvofiqlashtirishga doir ishlarni olib borish;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-iyundagi 356-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey faoliyati boʻyicha ommaviy axborot vositalarida maqolalar eʼlon qilish, telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar tayyorlash, materiallarni nashrga tayyorlash va chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeyning faoliyat yoʻnalishiga doir maʼnaviy-maʼrifiy, targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti, Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyining Ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot axborot markaziga uning oʻz faoliyatini amalga oshirishida ilmiy- uslubiy yordam koʻrsatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar davlat muzeyini zamonaviy texnik jihozlar va inventarlar bilan taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-iyundagi 356-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qurolli Kuchlar davlat muzeyining ekspozitsiyasini boyitish maqsadida xorijiy mamlakatlar muzeylarida saqlanayotgan Oʻzbekiston xalqlari harbiy tarixiga oid eksponatlar va hujjatlarni yoki ularning fotosurati va nusxasini Oʻzbekistonga olib kelish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyi binosini saqlash, jihozlash hamda uning faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga har yilgi davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-martdagi 54-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyining yangi ekspozitsiyasini yaratish ishlarini yakunlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddatlari‎ Masʼul tashkilotlar‎
1.‎ Qurolli Kuchlar Davlat muzeyi fondida saqlanayotgan eksponatlarni xatlovdan oʻtkazish.‎ 2010-yil 31-mart‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi‎
2.‎ Respublika muzeylari fondida saqlanayotgan hamda Qurolli KuchlarDavlat muzeyi fondiga oʻtkaziladigan eksponatlar roʻyxatini aniqlash.‎ 2010-yil 31-mart‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Fanlar akademiyasi‎
3.‎ Ekspozitsiyaga joylashtiriladigan plakatlar, maketlar, mulyajlar, manekenlar, dekorativ bezaklar yaratish.‎ 2010-yil 10-aprel‎ Badiiy akademiya, Mudofaa vazirligi‎
4.‎ Multimediya va hujjatli filmlar yaratish uchun zarur boʻlgan hujjatlar, nashriy materiallar, kino, video, fono, foto materiallarni oʻz vaqtida yetkazib berish.‎ 2010-yil mart‎ Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” kompaniyasi, “Oʻzarxiv” agentligi‎
5.‎ Muzeyning mavzu yoʻnalishlari boʻyicha multimediya dasturlarini yaratish.‎ 2010-yil 10-aprel‎ Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, Mudofaa vazirligi‎
6.‎ Proyektor va sensorli kiosk orqali namoyish etiladigan mavjud hujjatli filmlarni tanlash va yangilarini yaratish.‎ 2010-yil 10-aprel‎ Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi‎
7.‎ Muzey ekspozitsiyasi uchun zarur vitrinalar, stendlar va boshqa jihozlarni tayyorlash va oʻrnatish.‎ 2010-yil 15-aprel‎ Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya‎
8.‎ Muzeyga qoʻyiladigan xaritalar va ularning relyefli maketlarini yaratish.‎ 2010-yil 10-aprel‎ “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi‎
9.‎ Yaratilayotgan ekspozitsiyaga videoproyektor, sensorli kiosklar, boshqa texnik asbob-uskunalar oʻrnatish.‎ 2010-yil 10-aprel‎ Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi‎
10.‎ Muzey faoliyatiga doir bukletlar, prospektlar yaratish.‎ 2010-yil 10-aprel‎ Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi; “Sharq” kompaniyasi‎
11.‎ Plakatlar, eksponatlar, maketlar, mulyajlar manekenlarni ekspozitsiyaga joylashtirish, dizaynerlik ishlarini yakunlash. 2010-yil 15-aprel‎ Badiiy akademiya, Mudofaa vazirligi‎
12.‎ Muzeyning yangi ekspozitsiyasini yaratish ishlarini yakunlash.‎ 2010-yil 20-aprel‎ Badiiy akademiya, Mudofaa vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 97-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 09/26/280/0553-son)