Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMAGA QOʻSHILISH TOʻGʻRISIDA
1. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (QXRXJ)ni tashkil qilish toʻgʻrisidagi Bitimga (Rim, 1976-yil 13-iyun) quyidagi izoh bilan qoʻshilinsin:
“Bitimning 13-moddasi 4-boʻlimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bitim 11-moddasi 2-boʻlimining qoidalari bilan oʻzini bogʻliq emas deb hisoblashini bildiradi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kotibiyatiga Oʻzbekiston Respublikasi ushbu xalqaro shartnomaga qoʻshilgani toʻgʻrisida bildirishnoma yoʻllasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PQ-4717-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2020-y., 07/20/4717/0599-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 25-mart,
PQ-1310-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 94-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 19.05.2020-y., 07/20/4717/0599-son)