Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“SEMENTGA QOʻShIMChA FOYDA SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1908-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 45, 2019-21-sonli “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1908-6, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-sonli “Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1908, 2009-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 97-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-mart,
19-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-mart,
2010-9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Nomida va 1-banddagi “Sementga” degan soʻzdan keyin “va klinkerga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Nizomda:
a) nomi va muqaddimasidagi “Sementga” degan soʻzdan keyin “va klinkerga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) 2-bandida:
“sementni”, “sementning” degan soʻzlar tegishincha “sementni (klinkerni)”, “sementning (klinkerning)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sof qoʻshimcha foyda — qoʻshimcha foyda qismiga toʻgʻri keladigan, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni chegirilib tashlangan hisobot davridagi qoʻshimcha foyda summasidir”;
v) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarishda sof qoʻshimcha foyda summasi soliq solinadigan bazaga qoʻshilmaydi”;
g) 4-bandidagi “sement” degan soʻz “sement (klinker)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Sof qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir”;
e) 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Qoʻshimcha foyda soligʻining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga har bir mahsulotning turi boʻyicha ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha, ushbu Nizomning 1 va 2 ilovalari shaklida taqdim etiladi”;
j) ilovasi 1-ilova deb hisoblansin;
z) quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
Sement va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
| Yuridik shaxs shtampi | | | | | | | | | | ||
| ______________________________ tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga | |||||||||||
| Soliq toʻlovchi ______________________________________________________ | |||||||||||
| | |
(korxona, tashkilotning nomi) | |||||||||
| | | | | | | | | | | ||
| STIR | | | | | | | | | | | |
| | |||||||||||
| Telefon ___________________________ | |||||||||||
| Toʻlovchi manzili ____________________________________________________ | |||||||||||
| Hisob-kitob raqami ______________________________________________-son | |||||||||||
| | | |
(bank muassasasi nomi, kodi) | ||||||||
|
| |||||||||||
|
HISOB-KITOBI | |||||||||||
|
Koʻrsatkichlar |
Satr kodi |
Oʻlchov birligi |
Summasi | ||||||||
| Realizatsiya qilingan klinker hajmi |
010 |
tonna |
| ||||||||
| Klinkerni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi |
020 |
ming soʻm |
|||||||||
| 1 tonna klinkerning hisob-kitob bahosi |
030 |
soʻm |
| ||||||||
| Realizatsiya qilingan klinkerning barcha hajmi hisob-kitob bahosi (010-satr x 030-satr) |
040 |
ming soʻm |
| ||||||||
| Barcha hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi (020-satr– 040-satr) |
050 |
ming soʻm |
| ||||||||
| Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, jami ____% stavkada: (050-satr x ___%) |
060 |
ming soʻm |
| ||||||||
| Soliq solinadigan baza (050-satr – 060-satr) |
070 |
ming soʻm |
| ||||||||
| Qoʻshimcha foyda soligʻining belgilangan stavkasi |
080 |
% |
| ||||||||
| Budjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi (070-satr x 080-satr) |
090 |
ming soʻm |
| ||||||||
| Oʻtgan hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha hisoblangan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi |
100 |
ming soʻm |
| ||||||||
| Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan summa (070-satr – 090-satr)* |
110 |
ming soʻm |
| ||||||||
Rahbar ___________ |
____________________________ | ||||||||||
| |
(imzosi) |
| |
(F.I.Sh.) |
| | |||||
| Bosh buxgalter ______________ | ____________________________ | ||||||||||
| | |
(imzosi) |
(F.I.Sh.) |
| | ||||||
| 20___ yil “___” _____________ | | M.Oʻ. | | | | | | ||||
*Izoh: Korxona ixtiyorida qolgan summa, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobida: balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlgan toʻlovchilarning 020-satri; balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlmagan toʻlovchilarning 010-satri kamayadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 12-son, 90-modda)