07.08.2002 yildagi PF-3112-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.08.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-YILNING 1-SENTABRIDAN BOSHLAB OʻQITUVCHILAR VA OʻQUV YURTLARI MUALLIMLARINING, ILMIY XODIMLARNING ISH HAQI MIQDORLARINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy va muallim kadrlar mehnatini qoʻshimcha ravishda ragʻbatlantirish, ilmiy xodimlarning, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalari muallimlarining ijtimoiy-maishiy hamda moddiy turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2002-yilning 1-sentabridan boshlab budjet mablagʻlari hisobidan moliyalanadigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari muallimlarining hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlarining ish haqi oʻrta hisobda 1,2 barobar koʻpaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2002/2003 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari muallimlarining pedagogik yuklamalari quyidagicha belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich sinflarda — haftasiga 18 soat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori sinflarda — haftasiga 20 soat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida — yiliga 800 soat.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Farmonga muvofiq ish haqini oshirish bilan bogʻlik sarf-xarajatlar dars soatlarining oʻzgarishini eʼtiborga olgan holda respublika Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, oʻz qaramogʻida budjet mablagʻlari hisobidan moliyalanadigan taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar hamda idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari muallimlarining, ilmiy xodimlarning yangi ish haqi miqdorlarini tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002/2003 oʻquv yilidan boshlab sinflar (guruhlar) toʻldirilishining amaldagi normativlariga rioya etilgan holda sinflar va guruhlar shakllantirilishi hamda oʻqituvchilar va muallimlarning ish haqi tariflari oʻz vaqtida belgilanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 2-iyundagi 12-son Farmoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 13-noyabrdagi 93-son Farmonining 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Farmon matbuotda eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3112-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 8-con, 138-modda; 2017-y., 13-son, 198-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)