Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.08.1997 yildagi 421-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 29.08.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIZKETKAN SHAHARCHASINI SUV BILAN TAʼMINLASHNING KOʻRGAZMALI LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish, aholining turmush darajasini koʻtarish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan Qarz haqidagi bitimni ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 20 yil muddatga 5 million AQSH dollari summasida kredit berilgan, Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasini amalga oshirishga va Orolboʻyini suv bilan taʼminlashning toʻliq koʻlamdagi loyihasini batafsil ishlab chiqishga qaratiladigan besh yillik imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkommunalloyiha” loyiha instituti tomonidan koʻrgazmali loyihaning muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi tugallanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasini amalga oshirish uchun masʼul tashkilot etib belgilansin, ushbu ishga Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, “Oʻzgeodezkadastr”, Davlat geologiya qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar jalb etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash va yuqorida koʻrsatilgan Qarz haqidagi bitim doirasidagi toʻliq koʻlamli loyihaning muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi keyingi yillarga investitsiya dasturini tuzishda respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek “Suv oqova” Qoraqalpogʻiston ishlab chiqarish boshqarmasining oʻz mablagʻlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hisobiga Qizketkan shaharchasida suv taʼminoti koʻrgazmali loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xarajatlari ulushini qoplashga va u boʻyicha olingan kredit va foizlarni toʻlashga 2-ilovaga muvofiq markazlashtirilgan sarmoya mablagʻlari limitlarini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi loyihani amalga oshirishga yoʻnaltirilayotgan budjet mablagʻlarini respublika budjeti xarajatlarida alohida qatorda nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan berilayotgan qarz mablagʻlari berilishi, foydalanilishi va qaytarilishi tartibini, shuningdek xorijiy va milliy valyutadagi loyiha schyotlari ochilishi, foydalanilishi va toʻldirilishi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda loyihani amalga oshirish davomida suv bilan taʼminlovchi tashkilotlarning moliyaviy mustaqilligini, aholining suvdan oqilona foydalanish jarayoniga faol jalb etilishini taʼminlovchi tarif stavkalarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 1-oktabrgacha — Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil dekabr oyida — tender asosida pudrat tashkilot aniqlanishini va 1997-yil oxirigacha u bilan kontrakt tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 1-aprelgacha — obyekt qurilishi tugallanishini va u foydalanish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun asbob-uskunalar, materiallar xarid qilinishi hamda ishlarga xalqaro va mahalliy tanlov savdolari tashkil etish boʻyicha tender komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzi hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan, Orolboʻyi suv taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy maslahat firmalari va kompaniyalari tomonidan xizmatlar koʻrsatilishi va moliyaviy resurslar berilishi uchun zarur boʻlgan materiallarni (shu jumladan, maxfiy materiallarni) ularga, shuningdek mablagʻ bilan taʼminlovchi xalqaro tashkilotlarga tegishli idoralar bilan kelishuv boʻyicha belgilangan tartibda maxfiylik asosida berishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy tashkilotlarning vakillariga haq undirmasdan vizalar, zarurat boʻlganda koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona hujjatlari va Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun xarid qilinadigan materiallar va asbob-uskunalar keltirilishi, shuningdek xorijiy mutaxassislar tomonidan ushbu loyiha boʻyicha ular tomonidan xizmatlar bajarilishi maqsadida keltiriladigan va keyinchalik ular tomonidan olib ketiladigan asbob-uskunalar, materiallar va shaxsiy mol-mulk boj poshlinalari va yigʻimlar toʻlanmasdan operativ rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Orolboʻyi suv taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislar va tashkilotlarga yashaganlik va transportning barcha turlarida yurganlik, kommunal xizmatlar haqini toʻlash va binolar ijarasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
421-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-avgustdagi 421-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash va toʻliq koʻlamli loyihaning muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish muddati‎ umumiy qiymati‎ shu jumladan
XTTB qarz mablagʻlari‎ budjet mablagʻlari‎ aholi mablagʻlari‎

I. Qizketkan shaharchasini suv bilan taʼminlashning koʻrgazmali loyihasi, shu jumladan, qurilish, shuningdek qurilish materiallari va nasos stansiyasi uchun asbob-uskunalar, xlorlagich, toza suv rezervuarlari, elektr podstansiyalari, elektr tarmoqlari, yoʻllar, suv toʻplovchi va tarqatuvchi vodoprovod tarmoqlari, jumladan suvni hovlilarga olib kirish va suv oʻlchagichlar oʻrnatish qiymati.‎

1997—1999‎ 2059‎ 1653‎ 352**‎ 54**‎

II. Toʻliq koʻlamli loyihaning chet ellik maslahatchilar, ixtisoslashtirilgan mahalliy loyihalash tashkilotlari tomonidan muhandislik jihatdan batafsil ishlab chiqilishi:‎

1997-1998‎ 3347‎ 3347‎ 50 (1997-y.) 302 (1998-y.)

—gidravlik hisob-kitoblarni, loyiha obyektlari sxemalari va chizmalarini tayyorlash;‎

1054*
—qurilish ishlari hajmlari hisob-kitoblarini va asbob-uskunalar roʻyxatini tayyorlash, ularni paketlar boʻyicha jonlashtirish; ‎ 1403*‎
—xarid qilishga kontraktlar tuzish, shu jumladan, materiallar, asbob-uskunalar va ish turlariga batafsil texnik ixtisoslashtirish uchun tender hujjatlarini tayyorlash;‎ 621*‎
—qurilishni boshqarishning batafsil rejasini tayyorlash; ‎ 30*

—loyihani amalga oshirishni boshqarish.

239*‎

Jami:‎

5406‎ 5000‎ 352*‎ 54**‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Loyihaning ayrim komponentlari qiymati uni tayyorlash va sotish jarayonida aniqlashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ekvivalent soʻmlarda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-avgustdagi 421-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzni uzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Majburiyat uchun vositachilik haqi

0,25% yillik foyda*

Foiz stavkasi (hisoblangan)

6,94% ‎

Qarz summasi

5000 ming AQSH dollari ‎

Imtiyozli davr

5 yil ‎

Qarzni uzish muddati

15 yil ‎

(ming AQSH dollarida)

Yil‎ Foizlar va vositachilik haqi**‎ Qarzni uzish‎ Umumiy summa‎
1997 7.4‎
1998‎ 85.9‎
1999‎ 183.9 183.9‎
2000‎ 281.7‎ 281.7‎
2001‎ 302.1‎ 302.1‎
2002‎ 340.2‎ 195‎ 535.2‎
2003‎ 326.7‎ 215‎ 541.7‎
2004‎ 311.7‎ 225‎ 536.7‎
2005‎ 296.2‎ 245‎ 541.2‎
2006‎ 279.2‎ 260‎ 539.2‎
2007‎ 261.1‎ 275‎ 536.1‎
2008‎ 242.1‎ 295‎ 537.1‎
2009‎ 221.6‎ 315‎ 536.6‎
2010‎ 199.7‎ 345‎ 544.7‎
2011‎ 175.8‎ 365‎ 540.8‎
2012‎ 150.4‎ 395‎ 545.4‎
2013‎ 122.9‎ 420‎ 542.9‎
2014‎ 93.9‎ 450‎ 543.9‎
2015‎ 62.6‎ 480‎ 542.6‎
2016‎ 18.1‎ 520‎ 538.1‎
Jami‎ 3963.2‎ 5000‎ 8963.2‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* XTTB chegirmalarini hisobga olgan holda 0,5% ga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Qarz mablagʻlaridan amalda foydalanilishiga va foiz stavkalarining oʻzgarib turishiga muvofiq aniqlashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-avgustdagi 421-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi aholisini suv bilan taʼminlash loyihasiga asbob-uskunalar, materiallar xarid qilinishi va ishlar uchun tanlov savdolarini oʻtkazuvchi tender komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻrabekov I.H.‎ —‎ Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, rahbar ‎
Xoʻjayev B.E. ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari, rahbar oʻrinbosari ‎
Mironenkov L.P.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining boʻlim boshligʻi, masʼul kotib
Mannopbekov N.T. —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining boʻlim boshligʻi‎
Yoʻldoshev E.A.‎ —‎‎ Kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari ‎
Bekturdiyev B.B. ‎ —‎‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Yoʻldoshev R.Y.‎ —‎‎ Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari‎
Qoʻchqorov J.A.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Keyingi tahrirga qarang.