OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
QURILISH KERAMIKASI ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2087]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi 267-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Qurilish keramikasi ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-fevral,
98-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 18-fevraldagi 98-B-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qurilish keramikasi ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Mazkur Qoidalar “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) muvofiq qurilish keramikasi ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar qurilish keramikasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar tashkilotlar binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
maʼmuriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oʻz vaqtida, toʻgʻri oʻrganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash;
sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq berish va ular bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlarni oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozim joriy etiladi), 50 va undan ortiq transport vositalariga ega boʻlgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkilotda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha barcha ishlarni muvofiqlashtirishi va ushbu ishlar oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilishi kerak.
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga boʻysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
12. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami 1997-y., 6-son 21-modda) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish
13. Tashkilotning barcha xodimlari, shu jumladan rahbari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan oʻtkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq xodimlar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining roʻyxati
16. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
17. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻirligi ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
18. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Kasbiy tanlov
19. Tashkilotlarda kasbiga koʻra tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
20. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
21. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan boshqa ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
22. Xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
25. Tashkilotlarda zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsirini kamaytirish yoki ularni bartaraf etish uchun jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim.
26. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik elektr, uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
27. Tashkilot rahbariyati xodimlarga Qurilish materiallari sanoati xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlari (roʻyxat raqami 2006, 2009-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 38-son, 420-modda) muvofiq kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlashi, ulardan foydalanish muddatlariga hamda saqlash, yuvish, tozalash va taʼmirlash boʻyicha zaruriy shartlariga rioya qilinishini taʼminlagan holda yakka tartibdagi himoya vositalarini berish hisobini yuritishi shart.
28. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
6-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
29. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi buyruq (roʻyxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Xodimlar tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.
31. Tibbiy koʻriklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud boʻlmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkazilishi lozim. Tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Xodim tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlagan yoki tibbiy komissiyalar tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijalariga koʻra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda, tashkilot rahbariyati ushbu xodimni ishga qoʻyishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
7-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
35. Tashkilot maydonlari va binolarning joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani”ga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
37. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
38. Tashkilotda avtoyoʻllar yoki piyoda yoʻlkalari bilan tutashgan ichki tashkilot temir yoʻllari uchrashgan joylarda avtoyoʻllar va piyodalar uchun oʻtish yoʻllari boʻlishi lozim.
39. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
40. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
41. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi kerak.
42. Tashkilotlarda harakatlanuvchi temir yoʻl sostavlarini intensiv harakatlanishiga oʻtish joylari avtomatik signal bilan taʼminlanishi lozim.
8-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
43. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
44. Hoʻl jarayonlardagi xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) xodimlar muntazam ishlovchi ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanishni taʼminlashi kerak.
45. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talabiga mos kelishi kerak.
46. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
48. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
49. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan avtomobillar eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
50. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
51. Barcha tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
52. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrigidan oʻtkazilishi lozim. Koʻrik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
53. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokatni bartaraf etilguncha ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda toʻxtatilishi lozim, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
54. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabini qoniqtirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
56. Oʻtish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga oʻxshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga oʻxshashlar), ruxsat etilgan oʻtish yoʻlkalarini enini kamaytirmasligi kerak.
57. Ish joylariga ochiq darvoza, eshik yoki texnologik teshikdan keluvchi havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishda 21°S, oʻrta ogʻir ishda 17°S, ogʻir ishda 16°S dan past boʻlmasligi kerak.
58. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam boʻlmasligi kerak.
59. Binolarda joylashgan ish maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha boʻlgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
10-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
60. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Tashkilotni ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Tozalangandan soʻng suvda zararli moddalarni tarkibi sanoat tashkilotlarini loyihalashtirish sanitar normalari oʻrnatgan, chegaralangan ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
63. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
64. Issiq va qoliplash sexlarida, bugʻlantirish kameralari boʻlinmalarida va qozonxonalardagi xodimlar smenada, tarkibida 0,5 % gacha tuz boʻlgan, bir kishiga 4-5 l hisobida gazli suv bilan taʼminlanishlari kerak.
65. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
66. Ichimlik suvning harorati 8°S dan 20°S gacha boʻlishi kerak.
67. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiyalangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
68. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda Davlat sanitar nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
69. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”ga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
70. Avariya yoritish tarmoqlariga birorta elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
71. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam boʻlmagan holda tozalash kerak.
72. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
73. Sunʼiy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
74. Uchastkalarda va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan xoli holda bajarilishi kerak.
75. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Oʻta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarni kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha koʻchma yoritqichlar himoyalanish darajasi 1R54 dan kam boʻlmagan va metall himoyalanish toʻri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
76. Shovqin darajasi ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari” va SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
77. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda shovqin va tebranish belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (ventilyator, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, ventilyatorlar va shunga oʻxshashlar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
78. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaxsiy himoya qilish vositalaridan foydalanish kerak.
13-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
79. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddatining (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1997-yil, 3-son, 11-modda) talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Texnologik jarayonlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
80. Maydalash, saralash, foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1575, 23-may 2006-yil) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 185-modda) va GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari” ga muvofiq boʻlishi lozim.
81. Hamma ishlar tasdiqlangan reglamentda bajarilib, ularda ishlayotgan xodimlarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini taʼsir etishiga qarshi chora koʻrilishi lozim.
82. Xomashyo va materiallarni qayta ishlash shu ishlarni bajarish uchun moʻljallangan texnologik uskuna va uning pasportiga muvofiq bajarilishi lozim.
83. Dastgoh mexanizmlarini operatsiyalarni bajarilish ketma-ketligi texnologik jarayonga muvofiq blokirovka tizimi orqali taʼminlanishi lozim. Agarda tizimda mexanizmlardan bittasi toʻxtasa, bu toʻxtovchi mexanizmdan oldingi hamma dastgoh va mexanizmlarni oʻchishi koʻzda tutilishi lozim.
84. Texnologik liniyalarga ikki tomondan xizmat koʻrsatish zarur boʻlsa, uning ustidan asosiy ish joylari hududida va liniyaning har 20 — 25 m da oʻtish koʻpriklari qoʻl tutqichlari bilan oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
85. Uskuna va avtomatlashtirilgan liniyalar, ularning ishga tushganligi haqida ogohlantiruvchi yoritish va tovush signallari tizimi bilan taʼminlanadi. Signal elementlari (qoʻngʻiroq, sirena, lampa) mexanik shikastlanishdan himoyalangan boʻlishi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ish hududida signalni eshitishi va koʻrishini taʼminlab joylashtirilishi lozim.
86. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda) va Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
87. Elektr tokidan shikastlanishning oldini olish uchun ishlab chiqarish uskunasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) xavf manbai boʻlgan ishlab chiqarish uskunasi tok uzatuvchi qismi mustahkam qotirilgan, izolyatsiyalangan, toʻsilgan yoki odamlar uchun oʻtib boʻlmas joyda oʻrnatilgan boʻlishi lozim;
b) elektr uskunaning ochiq boʻlgan tok uzatuvchi qismi eshigi yopiluvchi korpus (shkaf, blok) yoki odamlar uchun oʻtishi mumkin boʻlgan joyda joylashganda yopiq himoya yopqichi (kojuxi) boʻlishi lozim;
v) ishlab chiqarish uskunasining metall qismi izolyatsiya shikastlanishi natijasida elektr kuchlanishining xavfli koʻrsatkichi 10 — 15 mA taʼsirida boʻlsa, yerga sim orqali ulangan boʻlishi lozim;
g) ishlab chiqarish uskunasi elektr zanjiri sxemasida barcha elektr zanjirni taʼminlash tarmogʻidan oʻchirish markaziy moslamasi nazarda tutilishi lozim.
88. Yechiladigan himoya va toʻsiq moslamalari faqat konstruksiya yoki texnologik sabablar boʻyicha ularni statsionar oʻrnatish imkoni boʻlmaganidagina qoʻllaniladi.
89. Konveyerlarning himoya vositalari GOST 12.2.022-80 “Konveyerlar. Umumiy xavfsizlik talablari” ga muvofiq boʻlishi lozim.
90. Texnologik jarayonni va mexanizm ishini kuzatish uchun toʻsiqlarda yopiluvchi oyna yoki lyuklar nazarda tutilishi mumkin. Kuzatish oynasi va lyuklari tuzilmasi (konstruksiyasi) xizmat koʻrsatuvchi xodimning kuzatish qulayligi va xavfsizligini taʼminlashi kerak.
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
91. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borish GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
92. Ishlab chiqarishda oʻrganilmagan yongʻin va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qoʻllash taqiqlanadi.
93. Texnologik obyektlarning portlash xavfliligi holati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatilishi lozim.
94. Texnologik jarayonlar joylashtirilgan binolar va xonalarning portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
95. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit ishlab chiqarish chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va shu kabi) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
96. Barcha ishlab chiqarish sexlari, xom ashyo va tayyor mahsulot omborxonalari, binolar hamda inshootlar dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
97. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
98. Har bir sex, uchastka, omborda mavjud meʼyorlar asosida, hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
99. Tashkilotlarda barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yongʻin xavfsizligiga javobgar xodim tashkilot rahbariyatining buyrugʻiga asosan tayinlanishi kerak.
100. Tashkilotlarda yongʻin xavfsizligi idoralari tomonidan belgilangan meʼyorlarda yongʻinga qarshi kurashish uchun oʻt oʻchirish vositalari boʻlishi lozim.
101. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga tegishli yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
102. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻin vositalari va uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
3-§. Materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashish
103. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalar qurilma va uskunalari, ularning qurilishi, sanitariya va yongʻinga qarshi meʼyorlar va qoidalar belgilangan tartibda tasdiqlangan, texnologik loyiha meʼyorlari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
104. Yuklash-tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
105. Ombor va yuk saqlash uchun maydonchalarda barcha yuklash, tushirish va ogʻir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
106. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis boʻlib, chuqurchalarsiz va 50S dan oshmaydigan nishabi boʻlishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar qoplamasi unga keluvchi yoʻllar qoplamasiga teng boʻlishi lozim. Yilning qish oylarida yuk saqlash uchun maydonchalar doimo qor va muzdan tozalanib, qum, kul yoki shlak sepilishi kerak.
107. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yoʻnalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
108. Tashkilotga qoplarda kelib tushgan abraziv va pardozlash materiallari yopiq xonalarda saqlanishi lozim.
109. Yashik va qoplardagi yuklar omborda agʻanamaydigan qilib ustma-ust taxlangan boʻlishi lozim. Qoʻlda ortilganda ustma-ust taxlanish balandligi 3 m dan oshmasligi, yuk koʻtarish mexanizmi yordamida taxlanganda — 6 m dan oshmasligi lozim. Yirtilgan va nosoz idishdagi yukni ustma-ust taxlash taqiqlanadi.
110. Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari stelajlar oraligʻidagi yoʻlakning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yoʻlakka qoʻshimcha qoʻllaniladigan transport vositalari oʻlchamlari kengligidagi yoʻl boʻlishi lozim.
111. Boʻshagan idish va boshqa oʻrovchi materiallar doimo ombordan shu maqsadlar uchun ajratilgan joyga chiqarilishi lozim.
112. Har bir ombor uchun materiallarni saqlash va ishlarni xavfsiz olib borishi boʻyicha yoʻriqnoma tashkilot rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
113. Suyuq yonilgʻini quyish boʻyicha maydonchalar portlash xavfsizligi ijrosidagi QMQ 2.09.19-97 “Neft va neft mahsulotlari omborlari” talablariga muvofiq yoritgich bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
114. Yonilgʻi-moy mahsulotlari qoldigʻini oʻlchashda, kuzatishda, tozalashda va rezervuarlarni taʼmirlashda yoritish uchun portlash xavfsizligi ijrosidagi akkumulyator fonari ishlatilishi kerak.
115. Rezervuarlarni mazutdan tozalaganda yogʻoch, rezina yoki boshqa uchqun chiqarmaydigan materialli qirgʻichdan foydalanish zarur.
116. Mazutni qabul qilish va saqlash bilan bogʻliq ishlarni bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:
temir yoʻl sisternalari ichiga tushish;
temir yoʻl sisternalarini yoritish uchun ochiq olov yoki koʻchma elektr yoritgichlarni ishlatish;
mazut quyishda va rezervuar tozalashda metall qirgʻich va uchqun chiqaruvchi asbobni ishlatish.
4-§. Bunkerlar
117. Bunkerlar materiallarni yuklash va yuk boʻshatish paytida chang tutish uchun moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
118. Bunkerlarning tepasi perimetri boʻyicha toʻsilgan boʻlishi kerak. Toʻsiqlar GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi toʻsiqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
119. Bunkerlar galereyasidagi oynaning romlari ochish va ochiq holatda ushlab turish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Oyna romini ochish galereya polidan amalga oshirilishi kerak.
120. Bunkerlar galereyasi truboprovodlaridan oʻtish uchun oʻtish koʻpriklarini oʻrnatilishi GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi toʻsiqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
121. Bunkerlarning pastki va yon lyuklariga xizmat koʻrsatish uchun GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi toʻsiqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq maydonchalari boʻlishi lozim.
122. Bunkerlar lyuklari qopqogʻi zichlikka ega boʻlishi va qulfga berkitilishi lozim. Qulflarning kalitlari sex boshligʻida (smena ustasida) boʻlib, bunker ichida ish bajarish uchun naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirgandan soʻng javobgar xodimga kalit berilishi lozim.
123. Bunker ichiga yuqoridagi lyuk orqali ichini koʻzdan kechirish yoki devorini tozalash, faqat odamlarni koʻtarish va tushirish uchun moʻljallangan lebedka yordamida kajavada tushirish orqali bajariladi. Oʻzi koʻtariladigan kajavani qoʻllashga ruxsat berilmaydi.
124. Bunker ichiga tushish oldidan quyidagi xavfsizlik choralari qoʻrilishi kerak:
a) bunker bilan bogʻliq hamma pnevmo trassalardagi tiqin joʻmraklari yopilishi va GOST 12.4.026-76 talabiga muvofiq “Tiqin joʻmraklari ochilmasin — odamlar ishlayapti” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qoʻyilishi;
b) bunkerga tushayotganlar ish bajarish uchun asboblar, shaxsiy himoya vositalari va signalizatsiya vositalari yoki bogʻlovchi (signal arqon, gaplashish manbai, radioaloqa) bilan taʼminlanishi;
v) lebedka, kanat va kajavalar amaldagi meʼyoriy hujjatlar talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
125. Kajavalar oʻtirgich, oyoq uchun tirgovich, toʻsiq va asbob saqlash va qotirish anjomlari bilan jihozlangan (choʻntaklar, xomutlar va boshqalar) boʻlishi lozim.
126. Kajava toʻsigʻining balandligi 1,2 m dan kam boʻlmasligi va qoʻshimcha toʻsiq planka balandligi 0,6 m boʻlishi lozim. Lyulkani osib qoʻyish vositalari uning toʻnkarilishini bartaraf qilishi lozim.
127. Kajavani bunkerga tushirishdan oldin quyidagilar tekshirilishi lozim:
a) lebedka bunkerning toʻsiniga qotirilishining mustahkamligi;
b) poʻlat kanatning lebedka barabaniga qotirilishi mustahkamligi;
v) poʻlat kanat, bloklar, tormoz va lebedka yurituvchisining sozligi;
g) nastil va lyulka toʻsigʻining mustahkamligi.
128. Tozalash ishlarini amalga oshirishda, oldin lyuk toʻsini atrofi tozalanib, keyin esa gorizontal pogʻonalar boʻyicha tepadan pastga tozalash bunkerning butun perimetri boʻylab bajarilishi lozim.
5-§. Tashkilot hududidagi temir yoʻllarga talablar
129. Tashkilot hududidagi temir yoʻllarni boshqarish va tuzilishi temir yoʻl transporti xavfsizligi texnikasi qoidalariga mos boʻlishi kerak.
130. Temir yoʻllarni kesib oʻtadigan yoʻlaklar qulay va xavfsiz joylarga qurilishi, ularga relslar yuzasi bilan baravar qilib toʻshamalar toʻshalishi kerak. Oʻtish joylarida “Oʻtish joyi” deb yozilgan belgi boʻlishi kerak.
131. Yoʻlning oxirida vagon izdan chiqib ketmasligi uchun toʻsqich bilan taʼminlanishi shart.
132. Temir yoʻlning mashina yoʻli bilan kesishgan joyida, yoʻlning butun kengligi boʻyicha qulay boʻlishi uchun toʻshama toʻshalishi hamda yoʻlovchilar va haydovchilar uchun tovush signali va “Poyezddan saqlaning” ogohlantiruvchi belgisi oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
133. Temir yoʻlning ikki chetida eni kamida 1 m li yoʻlaklar boʻlishi kerak. Bu yoʻlaklar muntazam ravishda tozalab turilishi, tekis va qattiq yuzali boʻlishi zarur.
134. Strelkalar va oʻtish joylari yoritilishi kerak.
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
135. Ishlab chiqarish uskunasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
136. Ishlab chiqarish uskunasini joylashtirish va undan foydalanish ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
137. Xomashyo, qoʻshimchalar va qattiq yonilgʻi omborlarida greyfer kranidan foydalanish amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
138. Barcha ishlab chiqarish issiqlik manbalari ish xonalari konveksion va nurlanuvchi issiqlik ajralishini chegaralovchi yoki oldini oluvchi moslamalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
139. Ishlab chiqarish uskunasini tozalash ishlari maxsus asbobda (choʻtka, qirgʻich, ilmoq va boshqalar) bajarilishi lozim. Ishlab turgan uskunada tozalash va yigʻishtirish ishlarini bajarish taqiqlanadi.
140. Uskuna yoki uning yonidagi xavfli hududni temir qirindi, kesilgan boʻlaklar, chang va iflosliklardan tozalash ushbu uskunaga xizmat koʻrsatuvchi xodim tomonidan amalga oshiriladi.
141. Uskuna ishlayotganida mexanizmlarni, harakatlanuvchi qismlarni qoʻlda moylash taqiqlanadi.
2-§. Ishlab chiqarish uskunasini joylashtirishdagi xavfsizlik sharoitlari
142. Ishlab chiqarish xonalarida va ish joylarida ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirish xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun xavf tugʻdirmaydigan boʻlishi lozim.
143. Sexda oʻtish yoʻlaklari kengligi quyidagidan kam boʻlmasligi lozim:
a) magistral oʻtish yoʻlaklari uchun 1,5 m;
b) uskunalar oraligʻidagi oʻtish yoʻlakchalari 1,2 m;
v) ishlab chiqarish devorlari va uskunalar oraligʻidagi oʻtish yoʻlaklari 1 m;
g) uskunaga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan oʻtish yoʻlaklari uchun 0,7 m.
144. Ish joylari oldidagi oʻtish yoʻlaklari kengligi bir qator joylashgan ish joylari oʻtish yoʻlaklaridan 0,75 m dan kam boʻlmagan va oʻtish yoʻlaklari va transport vositalari yoʻlaklari ikki tomonlama joylashgan ish joylaridan 1,5 m dan kam boʻlmagan masofaga uzaytirilgan boʻlishi lozim.
145. Ishlab chiqarish binolari, galereya, tunellar va estakadalarda konveyerlar tuzilmasi va joylashtirilishi GOST 12.2.022-80 “Konveyerlar. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
146. Konveyerlarga xizmat koʻrsatish uchun oʻtish yoʻlaklari kengligi quyidagilardan kam boʻlmasligi lozim:
a) bir tomondan xizmat koʻrsatiladigan konveyer uchun 0,7 m;
b) parallel joylashgan konveyerlar oraligʻida 1 m;
v) qattiq yoki toʻrsimon toʻsiqlar bilan butun trassa boʻyicha yopilgan parallel joylashtirilgan konveyerlar oraligʻi 0,7 m;
g) konveyerlar oraligʻida joylashgan oʻtish yoʻlaklarida ustunlar boʻlganida ustun va konveyer oraligʻi 0,6 m;
d) ikki tomondan xizmat koʻrsatiladigan parallel joylashgan plastinasimon konveyer oraligʻi 1,2 m;
e) yuk yuklovchi yoki tushiruvchi qurilmalar ustidan oʻtuvchi konveyer trassa uchastkalarining ikki tomonida 1 m.
147. Konveyerlar yigʻish va taʼmirlash uchun oʻtish yoʻlagi kengligi 0,4 m dan kam boʻlmasligi lozim. Konveyerdan foydalanishda, yigʻish va taʼmirlash uchun oʻtish yoʻlaklari doimo yopiq boʻlishi lozim.
148. Konveyer boʻylab oʻtish yoʻlagi balandligi quyidagidan kam boʻlmasligi lozim:
a) ishlab chiqarish xonalarida 2,2 m;
b) galereya, tunnel va estakadalarda 1,8 m.
149. Ishlaganda chang chiqaruvchi (maydalash, elash va boshqa) uskuna zich yopilgan boʻlishi lozim.
150. Chang chiqaruvchi uskunani zich yopish uchun moʻljallangan qoplamalar aspiratsiya (soʻruv) tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
151. Gaz-chang ushlovchi qurilmalardan foydalanishda amaldagi meʼyoriy hujjatlar talabiga rioya etish lozim.
152. Bosim ostida ishlovchi qurilma, moslama, taʼmirlash va foydalanish idishlari amaldagi meʼyoriy hujjatlar talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
153. Gaz xoʻjaligidan foydalanish amaldagi meʼyoriy hujjatlar talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
154. Yuk koʻtarish mashinalarini joylashtirish va foydalanish amaldagi meʼyoriy hujjatlar talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
155. Elektrqurilmalarni tuzish va foydalanish amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq boʻlishi lozim.
3-§. Maydalagichlar (shekali, valikli, konusli, bolgʻali)
156. Maydalagich mashinalarini boshqarish pultlari kuzatish va masofadan boshqarish kabinalarida joylashtirilishi lozim. Kuzatish va masofadan boshqarish kabinalaridagi ish joylari GOST 12.2.032–78 “Ishlarni oʻtirib bajarishdagi ish oʻrni. Umumiy ergonomik talablari” ga muvofiq boʻlishi lozim.
157. Maydalagich mashinalar, qabul qilish va transportirovka qurilmalarini boshqarish maydonlari ovozli yoki chiroqli signalizatsiya (elektr qoʻngʻiroq, miltillovchi elektrlampa) bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
158. Maydalagichlar qabul qilish teshiklari va toʻldirish mexanizmlariga xizmat koʻrsatuvchi maydonlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
159. Maydalagichlarni toʻldirish va boʻshatish joylari bundan tashqari u bilan bogʻliq taʼminlovchi bunker oqimi havo tozalovchi aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
160. Maydalagichlarni toʻldirish teshiklari material boʻlaklarini otilib ketishidan saqlash uchun temir toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
161. Bolgʻali maydalagichlarni boshqarish tizimida, maydalagich rotorining ishchi aylanish chastotasiga yetgandagina, toʻldirish qurilmasining yoqilishi taʼminlanishi nazarda tutilgan boʻlishi lozim. Valikli maydalagichlarda valiklari temir qoplama bilan toʻsilib, koʻrish oynalari zich yopilgan boʻlishi lozim.
162. Valikli maydalagichlarning, valigi tiqilib qolganda, yurgizuvchini avtomatik ravishda uchishini taʼminlovchi oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
163. Taʼmirlash ishlarini bajarish uchun maydalagich xonasi yuk koʻtarish mashinalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim (kran, tal).
164. Qoplama korpusining ogʻirligi 50 kg ortiq boʻlsa, uning ochilib, yopilishi mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
165. Maydalagich mashinasi ishlayotgan paytida quyidagilar taqiqlanadi:
a) xom ashyo boʻlaklarini itarish va olish, taʼminlovchi va oqimlardagi uyumlarni yoʻqotish;
b) maydalagich va oqimlarni yopishgan narsalardan tozalash;
v) ishlayotgan jihozning korpusida boʻlish;
g) sozlash ishlarini bajarish;
d) valikli maydalagichning qoʻrish oynasini ochish.
166. Maydalagichning qabul qilish joyiga oʻtish koʻpriklarini oʻrnatish man etiladi.
4-§. Tegirmonlar
167. Xom ashyoni quruq parchalaydigan tegirmonlar havo tozalash apparatlari orqali aspiratsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
168. Tegirmon oqimini taʼminlovchi quvur yoki boʻshatish qoplamasi biriktirilgan joyi ishlab chiqarish xonasiga chang chiqib ketishining oldini olish maqsadida zichlangan boʻlishi lozim.
169. Tegirmonlar ishlayotganda shovqin darajasini kamaytirish uchun shovqindan samarali himoya qiluvchi vositalarni qoʻllash lozim.
170. Tegirmon ishga tushayotgani va toʻxtayotgani haqida xizmat koʻrsatayotganlarni ogohlantirish uchun tovush va chiroqli signallar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
171. Tegirmonni separatorlariga, siklonlariga, filtrlariga, ventilyatorlariga, taʼminlovchi va sapfa podshipnikka xizmat koʻrsatish uchun maydonlar boʻlishi lozim.
172. Tegirmon xonasida lyuklarning qopqogʻini taʼmirlash ishlari olib borilganida ochish uchun yuk koʻtarish qurilmasi oʻrnatilgan boʻlishi lozim kran, tal).
173. Tegirmon uskunalarini harakatga keltirish quyidagi ketma-ketlikda blokirovka orqali taʼminlanishi lozim: chang tutuvchi va aspiratsiya tizimi, tegirmon, boʻshatish qurilmasi, toʻldirish qurilmasi.
174. Tegirmon yoki boʻshatish qurilmasi birdaniga toʻxtab qolgan holatida, blokirovka tegirmonni ishlatishdan oldin ishlatiladigan uskunani avtomatik tarzda oʻchirishi lozim.
175. Tegirmonni chang tutish va aspiratsiya tizimi nosoz yoki oʻchirilganida ishlatish taqiqlanadi.
176. Tegirmon ishlayotganida uni taʼmirlash, taʼminlovchidan, oqimlardan xom ashyoni va begona jismlarni olish (metall va boshqalar), tegirmon toʻsiqlari orqasiga oʻtish yoki uni yechish taqiqlanadi.
177. Tegirmonni ishlatish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
a) blokirovka yoki signalizatsiya nosoz boʻlsa;
b) toʻsiqlar yechilgan yoki qotirilmagan boʻlsa;
v) taglik va korpusda yorilgan joy boʻlsa;
g) plitani qotiruvchi boltlari boʻshaganida yoki yoʻq boʻlganida;
d) parchalanayotgan material lyuk zichligi orasidan va bolt teshigidan ajralib chiqqanida;
e) aspiratsiya tizimi nosoz boʻlsa yoki samarali ishlamayotganida.
178. Tegirmonni taʼmirlash, koʻzdan kechirish yoki maydalanuvchi mahsulot toʻldirilayotganida yurituvchi elektr tarmoqdan oʻchirilgan boʻlishi lozim.
179. Tegirmon lyuklarida tarmoqdan zichlagichlar va ilib qoʻyish uchun qurilmalar boʻlishi lozim.
180. Shar tegirmonlar qopqogʻi sapfa podshipnigi tomonidan metalli yaxlit yoki setkali toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
181. Tegirmon toʻxtaganida ochiladigan lyuklar tepa holatda boʻlishi lozim.
182. Shar tegirmonlarini maydalovchi jism bilan toʻldirish mexanizatsiyalashgan va naryad-ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi.
183. Shar tegirmoniga maydalanuvchi jism elektromagnit yuklovchi orqali yuklanganida, toʻldiruvchi voronkaning diametri elektromagnit yuklagichning diametridan 0,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
184. Aerobil, shaxta, tebranma-rolikli va purkovchi tegirmonlari korpusining qopqogʻi yurituvchi bilan shunday blokirovka qilingan boʻlishi kerakki, qopqoq ochilganida tegirmon yurituvchisi avtomatik tarzda oʻchsin.
185. Tegirmonga issiqlik beruvchi havo oʻtkazgichlari issiqdan izolyatsiya qilingan boʻlishi lozim. Bundan tashqi yuzasidagi harorat 450S dan oshmasligi lozim.
186. Maydalovchi jismlarni yuklovchi qurilmalardan foydalangan holda yuklash kerak (kran, tal).
187. Maydalovchi jismlar tegirmonga yuklanayotganda yuklovchi mashinani harakat qilayotgan hududida, GOST 12.4.059-87 talabi boʻyicha toʻsiqlar bilan toʻsilgan va GOST 12.4.026-76 talabi boʻyicha “Kirish mumkin emas” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qoʻyilishi lozim.
5-§. Loy ishqalovchilar
188. Loy ishqalovchilarga bugʻ yetkazib beruvchi quvurlar amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
189. Loy ishqalovchi korpusidan kelayotgan loyni yigʻuvchi aylanma disk, loyni loy ishqalovchi xizmat koʻrsatayotgan maydonga toʻkilishining oldini oluvchi yaxlit temir qoplama bilan yopilgan boʻlishi lozim.
190. Qoplama yurituvchi bilan shunday blokirovka qilingan boʻlishi kerakki, qoplama yoʻqligida yoki notoʻgʻri qoʻyilganida loy ishqalagich ishlab ketmasin.
6-§. Loy kovlovchi
191. Qoʻzgʻaluvchi loy kovlovchi vali yashik taʼminlovchi bunker ustida oʻrnatilganda, yaxlit temir qoplama bilan yopiq boʻlishi lozim.
192. Loy kovlovchi ishlaganida xizmat koʻrsatish maydoniga loyning toʻkilishi va otilishi bartaraf etilgan boʻlishi lozim.
193. Loy kovlovchini taʼmirlash ishlari naryad-ruxsatnoma orqali amalga oshirilishi lozim.
194. Qoʻzgʻaluvchi loy kovlovchi taʼmirlanganida tormoz bashmaklari oʻrnatilishi lozim.
7-§. Gʻalvirlar
195. Harakatlanuvchi gʻalvir va uning ramasi changlanuvchi materiallarni (gips, qum) elanganida yaxlit temir qoplama bilan yopilgan, havo tozalash apparatlari esa havo tozalovchi aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
196. Gʻalvirni yurgizuvchi aylanma vallar, biriktiruvchi muftalar, maxoviklar, krivoshiplar va boshqa harakatlanuvchi qismlar yaxlit temir toʻsiq bilan toʻsilgan yoki gʻalvir qoplamasi tagida joylashgan boʻlishi lozim.
197. Gʻalvir qoplamasida gʻalvirni, oqim va yurituvchini koʻrish, tozalash yoki taʼmirlash uchun, ochiladigan lyuklar boʻlishi lozim. Lyuk qopqoqlari gʻalvir yurituvchisi bilan shunday bogʻlangan boʻlishi lozimki, u ochilganida gʻalvir avtomatik tarzda toʻxtasin.
198. Gʻalvirlardan elangan chiqindilarni olish, mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
8-§. Taʼminlovchi
199. Talinkasimon taʼminlovchilar havo tozalovchi apparatlari orqali aspiratsiya tizimiga ulangan metall yopingʻichlar bilan yopilgan boʻlishi lozim.
200. Taʼminlovchi ishlayotgan paytida tiqilib qolgan material boʻlaklarini, metall va boshqa predmetlarni turtib chiqarish va olish bunkerlarga yopishib qolgan materiallardan tozalash taqiqlanadi.
201. Taʼminlovchilarning bunker bilan birikkan joyidan ishlab chiqarish xonasiga materiallarning toʻkilishi va chang chiqib ketishining oldini olish uchun ular zich qilib biriktirilgan boʻlishi lozim.
202. Taʼminlovchi yuklash joyini yopishga imkon beruvchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi lozim (klapan shiber).
203. Taʼminlovchining qoplamasi yurituvchi bilan shunday blokirovka qilingan boʻlishi lozimki, qoplama yechilganida yoki notoʻgʻri qoʻyilganida yurituvchi avtomatik tarzda oʻchsin.
204. Disk taʼminlovchini boʻshatish oqimining lyuki oqim devorlariga yopishgan massani tozalash uchun qopqoq bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
205. Yashik taʼminlovchining qabul qilish bunkerlari doimiy temir maydonchali narvon bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Bunker maydon tomonidan balandligi 1 m dan kam boʻlmagan setka toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
206. Taʼminlovchidan foydalanish, uni ishlab chiqargan zavodning foydalanish yoʻriqnomasi asosida amalga oshirilishi lozim.
9-§. Aralashtirgichlar
207. Massani bugʻ bilan namlovchi aralashtirgich korpusi, qabul qiluvchi teshikka va zich yopiladigan koʻrish lyuklariga ega, yaxlit temir qoplama bilan yopilgan boʻlishi lozim.
208. Aralashtirgichlarning aylanuvchi qismi va katogi, maydalash hududini toʻsuvchi va undan materiallar toʻkilishi yoki tashlab yuborilishining oldini oluvchi yaxlit temir qoplama bilan yopilgan boʻlishi lozim.
209. Qoplama yurituvchi bilan shunday blokirovka qilingan boʻlishi kerakki, u yoʻqligida yoki notoʻgʻri qoʻyilganida yurituvchi yoqilmasin.
210. Changlanuvchi materiallar parchalangan yoki yuklanganda aralashtirgich qoplamasi chang havo ishlab chiqarish xonalariga oʻtishini bartaraf qilish uchun aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
211. Taʼmirlash, tozalash yoki sozlash ishlarini bajarish uchun aralashtirgich qoplamasiga temir qopqoqli lyuk qilinib, rezina yoki yung zichlagich bilan yopiluvchi bolt bilan qotirilishiga ruxsat etiladi.
212. Lyuk qopqogʻi yurituvchi bilan shunday blokirovka qilingan boʻlishi kerakki, u ochilganida yurituvchi avtomatik tarzda toʻxtashi lozim.
213. Aralashtirgichlarni yurituvchisi tepada joylashganida yurituvchiga xizmat koʻrsatish uchun doimiy temir maydonchali narvon boʻlishi lozim.
214. Material namlanib parchalanganida suvi ishlab chiqarish xonasiga, xizmat koʻrsatish maydoniga yoki aralashtirgichni choʻnqiriga oqib tushmasligi lozim.
215. Parchalanayotgan material namunasi aralashtirgichning yuk tushiruvchi oqimidan olinishi lozim.
216. Aralashtiruvchi basseynning yuzasi yaxlit metall yoki temirbeton toʻsiqlar bilan yopilgan boʻlishi lozim.
217. Aralashtiruvchi basseyndan namuna olinishi choʻmich bilan bajarilishi lozim.
10-§. Plastik qoliplash presslari
218. Presslar ishga tushayotganligi haqida darak beruvchi yoritkichli va ovozli signalizatsiya bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
219. Loy massasini pressni qabul qilish idishiga itarib tushirish, vakuum kamerani va taʼminlovchi valiklarini tozalash faqat friksion muftasi oʻchirilganida va pressning elektryurgizgichi elektr taʼminotdan oʻchirilganda amalga oshirish kerak.
220. Tishli uzatmalar, mufta va vallar yaxlit metall toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
221. Pressning vakuum kamerasi kamera ichidagi loy sathini tekshirib turish uchun manometr va qurilma bilan jihozlanishi lozim. Vakuum kamerasi toʻlib qolganida, yurituvchi avtomatik tarzda oʻchishi lozim.
222. Vakuum kamerani press korpusi va aralashtirgich bilan ulangan joyi, bundan tashqari vakuum kamerani qopqogʻi, loy massasini sathini nazorat qilib turish oynasi, aralashtirgich va press vali oʻtkazilgan joylari zichlangan boʻlishi lozim.
223. Press bunkerlari xom ashyo aralashmasining bunkerda osilib qolishi va yopishib qolishining oldini olish maqsadida qurilma (aralashtirgich, qirgʻich, elektr tebratkich) bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
224. Presslash va toʻkib beruvchi karetaning hududini yopuvchi eshik press yurituvchisi bilan shunday bogʻlangan boʻlishi lozimki, eshik ochilganida press yurituvchisi avtomatik tarzda oʻchsin.
225. Shtamplarni almashtirish va yuvishdan oldin quyidagilar bajarilishi:
friksion muftani oʻchirish;
elektr yurgazgichni elektr taʼminotidan oʻchirish;
pressning ishga tushirish moslamasiga “Yoqilmasin — odamlar ishlayapti” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osilgan boʻlishi lozim.
11-§. Keramik mahsulotlarni kesish uchun avtomatlar
226. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni loy brusini kesish hududiga kirib qolmasligi va kesish vaqtida uchib chiqadigan loydan saqlash uchun, avtomatni kesuvchi qismi (smichok) toʻsilgan boʻlishi lozim.
227. Avtomatni kesuvchi qismi yoki uzilgan simni almashtirish qulay boʻlishi uchun toʻsiqning old devori sharnirlarda ochiladigan va avtomatni yurituvchisi bilan blokirovka qilingan boʻlishi va u ochilganida yurituvchi avtomatik tarzda oʻchishi kerak.
12-§. Gidravlik koʻtarish maydonlari
228. Koʻtarish maydonining platformasi gʻadir-budur temirli qoplama va vagonetkani toʻxtatib turuvchi moslama bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
229. Koʻtarish maydoni platformani tepa holatida toʻxtatib turuvchi moslamaga ega boʻlishi lozim.
230. Koʻtarish maydonining chuqurchasi doimiy narvon bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
231. Chuqurga tushishga imkoniyat beruvchi lyuklar gʻadir-budur temirli qopqoq bilan yopilib, pol sathi bilan bir tekislikda boʻlishi lozim.
232. Olinuvchi fartuklarni yopiq holatidagi yuzasining sathi ishlab chiqarish xonasining polining sathi bilan barobar boʻlishi lozim.
233. Vagonetkalarni koʻtarish platformalariga yumalatib kirgizish va vagonetkalarni yumalatib qaytarish yoʻli relsining tepa qismi platforma relsining tepa qismi bilan barobar boʻlishi lozim.
13-§. Keramik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun quyuvchi konveyerlar
234. Quyuvchi konveyerlar GOST 12.2.022-80 “Konveyerlar. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
235. Gips qoliplarni shliker bilan toʻldirish, avtomatik tarzda shlikerni maʼlum miqdorini quyishga moʻljallangan moslama orqali amalga oshirilishi lozim.
236. Karetkani koʻtaruvchisi va tushiruvchisini taʼmirlash va tozalash vaqtida tushib ketmasligi uchun fiksator bilan jihozlangan va past holatidan yuqori holatiga yetish nuqtalarigacha toʻr toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
237. Unitaz va qoʻl yuvgichlarni ishlab chiqarishda rels yoʻllarining oxirida karetkalar tushib ketmasligi uchun fiksatorlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
238. Gips shakllarni quyuvchi konveyerlarni tasmasi baraban va rolikda surilmasligi uchun markazlovchi moslamaga ega boʻlishi lozim.
239. Keramik plitkalarga jilov berish avtomatlarining trafaret ramkasi va shpatellarni koʻtarish mexanizmining ushlovchisi elektromagnit mufta bilan shunday blokirovka qilingan boʻlishi kerakki, trafaret ramkasi va shpatellarni koʻtarish mexanizmining ushlovchisi koʻtarilganida avtomatik oʻchishi lozim.
14-§. Keramik plitkalarni ishlab chiqarish uchun konveyer-oqim liniyalari
240. Konveyer-oqim liniyalari GOST 12.2.022-80 “Konveyerlar. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
241. Gaz yoqilgʻida ishlovchi konveyer-oqim liniyalarini “Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
242. Plitkalarni saralashdan oldin sovutish uchun berilayotgan havo saralash ishlarini amalga oshirish hududiga kelmasligi kerak.
243. Quritish seksiyalarining koʻchiruvchisi orasidan tushib ketgan plitkalarni yigʻish uchun lotok oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
15-§. Issiqlik tarqatuvchi uskunalar
244. Hamma issiqlik chiqaruvchi ishlab chiqarishlar (quritish qurilmalari aylanuvchi tunnel, shaxta va pechlar hamda boshqa issiqlik chiqaruvchi uskunalar) ishlab chiqarish xonalardagi konveksion va nurlanish issigʻining oldini oluvchi yoki keskin kamaytiruvchi qurilma va moslamalar bilan taʼminlanishi lozim.
245. Quritish qurilmalari gaz-chang tutuvchi qurilmalar va portlashga qarshi klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
246. Vertikal ochiluvchi kamera va tunellar eshigi, eshikni tepa holatida qotirish uchun qarama-qarshi yuk qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
247. Odamlarning quritish qurilmalari, kamera va tunnellariga kirishi havoning harorati 40°S dan oshmaganida ruxsat etilishi lozim.
248. Gaz pechlarining avtomatika tizimi gazni yetkazib berilishini quyidagi hollarda toʻxtatishi kerak:
a) gaz bosimi oʻrnatilgan bosim miqdoridan oshganida;
b) havo tortishning buzilishi (ventilyator toʻxtashi);
v) gorelkalarga havoni majburiy yetkazilishida havo yetkazib berilishi toʻxtaganida.
249. Gaz yoqilgʻisida ishlayotgan pechlar, ularni yondirish uchun maxsus (zapal) qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
250. Pechlar suyuq yoqilgʻida ishlaganida quyidagi talablarga rioya qilinishi:
a) mazut saqlovchi omborlar rezervuarlardagi mazutning sathi va haroratini oʻlchab turuvchi pribor yoki moslama bilan taʼminlangan boʻlishi;
b) ishlab chiqarish binolarida oʻrnatilgan sarflash sigʻimlari mazutni avariyaviy toʻkish uchun qurilma bilan jihozlangan boʻlishi;
v) mazut xoʻjaligidagi armatura va sigʻimlarni isitish uchun harorati 100°S dan oshmagan bugʻ yoki issiq suv qoʻllanishi;
g) oʻtxonalarga olib boruvchi mazut quvurlari berkituvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
251. Aylanma pechning bosh yurituvchisi yordamchi uskuna va mexanizmlar bilan blokirovka qilingan boʻlishi lozim.
252. Aylanma pechlarning markazlashgan boshqarishi boʻlmasa oʻchoqlar boshi va xomashyo aralashmasini taʼminlovchi, yoqilgʻi tayyorlash boʻlimi, elektr podstansiyasi ish joylari bilan telefon aloqa oʻrnatilishi lozim.
253. Aylanma pechlar ishga tushishi va yoqilishi haqida ogohlantiruvchi ovoz va yorugʻlik signalizatsiya bilan taʼminlangan (lampa, sirena) boʻlishi lozim. Signalizatsiya tizimi xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ish hududida yaxshi eshitilishi va koʻrinishini taʼminlashi lozim. Kuydirish sexining ish joylarida signallar jadvali osilgan boʻlishi lozim.
254. Aylanma pechlar qattiq (chang koʻmirli) yoqilgʻida ishlaganida koʻmir taʼminlovchilar kichik aylanishida ishga tushirilishi lozim. Aylanishlarni koʻpaytirish yoqilgʻi toʻliq yonishiga qarab asta-sekin amalga oshirilishi lozim.
255. Aylanma pechlar suyuq yoqilgʻida ishlaganida sex mazut xoʻjaligi alohida xonada joylashgan boʻlishi lozim. Mazut sarflash sigʻimlari avariyaviy toʻkishga ega boʻlishi lozim.
256. Pechning qizigan uchida projektorli yoritgich oʻrnatilishi lozim. Pech ichida 12 V dan oshmaydigan kuchlanishdagi koʻchiriladigan elektr yoritgichlar va akkumulyator fonarlar qoʻllanishi lozim
257. Tunnel pech vagonetkalar sostavini pechlarga kiritish uchun itargich bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Pechning yuklash va yuk boʻshatish tomonlari ikki tomonlama ovoz va yorugʻlik signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Pechning eshiklari faqat vagonetkalarni yuklash va boʻshatish vaqtida ochilishi lozim.
258. Shaxtali pech gaz-chang tutuvchi qurilmalari va portlashga qarshi himoyalovchi klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Yoqilgʻi yetkazib berish quvurlaridagi yopuvchi va sozlash qurilmalarini pechning tavaqasidan tashqarida joylashtirish kerak.
259. Chang oʻtkazish kameralaridan changning olinishi mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim. Chang oʻtkazish kameralarini koʻzdan kechirish va tozalash ishlarini, gumbaz qoʻporilishi, chang va shlam qatlami paydo boʻlishini taʼmirlash ishlari naryad-ruxsatnoma orqali amalga oshirilishi lozim.
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
1-§. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish tartibi va sharoiti
260. Taʼmirlash ishlarini tashkil etish va bajarish bosh muhandis tomonidan tasdiqlagan taʼmirlash rejasiga muvofiq boʻlishi lozim.
261. Tashkilot hududida ishlab chiqarishni yoki sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni taʼmirlashga toʻxtatish uchun tashkilot (sex) boʻyicha buyruq (farmoyish) chiqarilishi lozim.
262. Tashkilot hududidagi uskuna, bino va inshootlarni taʼmirlash boʻyicha ishlarni pudrat uslubida bajarishda, buyurtmachi bosh pudratchi bilan birgalikda taʼmirlash ishlarini bajarish vaqtida xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlovchi tadbirlar ishlab chiqishi va tasdiqlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
263. Buyruq bilan tasdiqlangan bosh pudratchi va ishlab turgan tashkilot masʼul vakillari ishni boshlashdan oldin naryad-ruxsatnomani rasmiylashtirishi lozim. Bosh pudratchi ish beruvchisiga barcha pudratchi tashkilotlar xavfsiz sharoitlarda ish bajarishi va ularning ishini muvofiqlashtirishni taʼminlashi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda masʼuliyat yuklatiladi.
(263-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
264. Buyruqda pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek koʻrsatilgan ishlarga uskunalar va obyektni toʻliq tayyorlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish va pudratchilar yoki buyurtmachining taʼmirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar xodimlar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanishi lozim.
265. Taʼmirlash ishlarida band boʻlgan pudratchining barcha xodimlari taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu tashkilotda ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar xavfsizlik texnikasi boʻyicha kirish yoʻriqnomasidan oʻtkazilishi lozim. Yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
266. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin ish joyida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan oʻtkazilishi lozim.
267. Pudratchi ishlayotgan hududda buyurtmachi tomonidan zararli va yonish xavfi boʻlgan moddalarni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan meʼyoriy sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi kerak.
268. Pudratchining ehtiyojlari uchun elektr energiyani ulash, shuningdek ish tugaganidan keyin uzish, sex boshligʻining ruxsati boʻyicha buyurtmachining bosh energetik xizmati tomonidan bajariladi.
269. Taʼmirlash ishlari tugallanganidan soʻng asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni qabul qilish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, ushbu asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish haqida farmoyish chiqqandan soʻng, foydalanishga qabul qilinishi lozim.
2-§. Taʼmirlash ishlarini olib borishda xavfsizlik talablari
270. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin quyidagilar amalga oshirilishi zarur:
a) elektrdvigatel elektr taʼminoti tarmogʻidan uskunani harakatlantiruvchi va uni toʻldirib boʻshatuvchi qurilmasidan oʻchiriladi;
b) elektr taqsimoti qurilmasidan elektr saqlagichlar sugʻuriladi;
v) uskunadan harakatlantiruvchi elektr dvigatelni oʻchirishda, muftani uzish, harakatlantirish tasmalari, zanjirlarini yechish va boshqalar bajariladi;
g) harakatlantirish moslamasiga GOST 12.4.026-76 boʻyicha “Yoqilmasin — odamlar ishlamoqda” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osiladi.
271. Texnika xavfsizligi boʻyicha yuqori talablar qoʻyilgan ishlarni bajarishda, elektrodvigatellarni elektr taqsimlash qurilmalaridan oʻchirish, uskunani harakatlantiruvchi elektrodvigateldan uzish, GOST 12.4.026-76 boʻyicha “Yoqilmasin — odamlar ishlamoqda” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osish, masʼul rahbar va ish bajaruvchini shaxsan ishtirokida bajarilishi shart.
272. Xavfsizlik belgisini olish va uskunani yoqish, texnika xavfsizligi boʻyicha yuqori talablar qoʻyilgan ishlar uchun masʼul rahbar ruxsatidan soʻng bajarilishi lozim.
273. Mashinaning barcha harakatlanuvchi yoki xavf tugʻdiruvchi qismlari maxsus gʻiloflar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
274. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan taʼminlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
275. Narvonni tirab qoʻyish bilan bogʻliq ishlar ikki xodim bilan bajariladi, ulardan biri ishlovchini xavfsizligi uchun narvon asosida doimo boʻlishi lozim.
276. Koʻchiriluvchi narvon tekis sathga oʻrnatilib, asosi rezinaga kiydirilgan boʻlishi lozim. Tirab qoʻyiluvchi narvon yerga oʻrnatilib, asosi metall uchli boʻlishi lozim.
277. Tirab qoʻyiluvchi narvonlarni oʻzaro bogʻlab, shuningdek elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda temir narvonni qoʻllash taqiqlanadi.
278. Tirab qoʻyiluvchi narvonning umumiy uzunligi, xodimni narvon tepa uchidan 1 metrdan kam boʻlmagan masofada joylashgan pogʻonada turib ish bajarish imkoni taʼminlangan boʻlishi lozim.
279. Taʼmirlash ishlari yer sathi, maydoncha yopqichi yoki qoplamadan 5 metr yuqori balandlikda bajarilganda, balandlikda ishlarni bajarish uchun ruxsat berilgan xodim bajarishi lozim. Bunday ishlarni himoya kamari va muhofaza arqonini ishlatmasdan bajarish taqiqlanadi.
280. Ogʻirligi 50 kg dan yuqori uskuna qismi va tarmogʻini yechish va oʻrnatish mexanizatsiyalangan usulda bajarilishi lozim.
3-§. Uskuna va moslamani taʼmirlash va uni foydalanishga topshirish
281. Xodimlar bajariladigan ish xususiyatiga muvofiq soz asbob va moslamalar jamlamasi bilan taʼminlanishi lozim.
282. Asbob va moslamalar holati bir oyda bir martadan kam boʻlmagan davrda tekshirilishi lozim.
283. Texnik xizmat koʻrsatish, davriy va kapital taʼmir boʻyicha ishlarni bajarish tartibida, ishlab chiqaruvchi — zavod tasdiqlagan taʼmirlash va foydalanish hujjatida belgilangan zarur ish hajmini koʻrsatish lozim.
284. Texnologik uskuna taʼmirlangandan soʻng sinash va ishlatib koʻrishdan oʻtkazilishi zarur. Qism va agregatlarni ishlatib koʻrish avvalo 2 soat davomida “Boʻsh” harakatda, soʻng 10 soat davomida ish yuklovi ostida amalga oshiriladi.
285. Ishlatib koʻrish uchun mexanizmlarni yoqishdan oldin, tarmoqlar toʻgʻri yigʻilgani, begona jismlar yoʻqligini koʻrish va ishonch hosil qilish, havo uzatish pnevmatik tizimi toʻgʻri ulanib, mustahkam qotirilganligiga ishonch boʻlishi lozim.
286. Sinov va ishlatib koʻrish davrida taʼmirlangan tarmoq va agregatlarni barcha yigʻish defekti, elektrodvigatel va tarmoq podshipniklarini qizish darajasi, moy oqishi bartaraf qilinishi kerak.
287. Uskunani taʼmirdan soʻng foydalanishga yaroqliligi, qabul qiluvchi komissiyani dalolatnomasida qayd qilinishi lozim.
288. Uskuna yigʻilgandan yoki taʼmirlangandan soʻng foydalanish uchun yoqishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
a) odamlarni xavfsiz joyga oʻtkazish;
b) mashina tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olib tashlash;
v) himoya toʻsiqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
g) harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
d) himoya saqlovchi va nazorat oʻlchov asboblarini sozligini tekshirish;
e) uskuna yigʻilishining toʻgʻriligini tekshirishda, oʻzaro bogʻliq harakatlanuvchi mexanizmlarni toʻliq siklida uni harakatlanuvchi qismini aylantirish;
j) uskunani boʻsh harakatda va ish yuklovi ostida sinash.
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
289. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
290. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(290-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII. Yakuniy qoida
291. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “Oʻzqurilishmateriallari” Aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 8-fevral
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 8-fevral
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2010-yil 8-fevral
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 8-fevral
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
2010-yil 8-fevral
“Oʻzqurilishmateriallari” AK Boshqaruvi raisi E. AKRAMOV
2010-yil 8-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 10-11-son, 82-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son; 19.05.2026-y., 10/26/3834/0502-son)