Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 04.02.2010 yildagi PQ-1277-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 05.10.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TOShKENT IEM” OAJDA KOGENERATSION GAZ TURBINASI TEXNOLOGIYASINI JORIY ETISh LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009 — 2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2009-yil 12-martdagi PQ—1072-sonli qaroriga muvofiq hamda “Oʻzbekenergo” DAK generatsiya quvvatlarini yanada rivojlantirish, respublika energetika tarmogʻiga yangi texnologiyalarni joriy etish va Toshkent shahri isteʼmolchilarining issiqlik va elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Yangi energetika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish tashkiloti (Yaponiya) oʻrtasida “Yuqori unumdorlikka ega kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyasini joriy etgan holda Toshkent IEMda energiya samaradorligini oshirish” model loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Yangi energetika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish tashkiloti oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandum imzolandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent IEMda yuksak samarali kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyasini joriy etish hisobiga energiya hosil qilish samaradorligini oshirish model loyihasi” investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi belgilangan tartibda tasdiqlandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi energetika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish tashkiloti yetkazib beradigan asosiy uskunalarni oʻrnatish boʻyicha pudratchi etib Yaponiya tarafidan Yaponiyaning “TOHOKU Electric Power Co., Inc” kompaniyasi belgilandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” DAK bilan Yaponiyaning “TOHOKU Electric Power Co., Inc” kompaniyasi oʻrtasida Toshkent IEMda yuksak samarali kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyasini joriy etish hisobiga energiya hosil qilishni koʻpaytirish boʻyicha model loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-oktabrdagi PQ-1624-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent IEMda yuksak samarali kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyasini joriy etish hisobiga energiya hosil qilishni oshirish borasidagi model loyihasi boʻyicha quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi etib — “Oʻzbekenergo” DAKka qarashli “Toshkent IEM” OAJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyihachi etib — “Issiqlikelektrloyiha” OAJ;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-oktabrdagi PQ-1624-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekenergo” DAK vakolatli ekspertiza organlari bilan birgalikda 2010-yilning 31-dekabrigacha model loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin, obyektning 2013-yil 1-iyulgacha foydalanishga topshirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Istisno tariqasida mazkur model loyihasi amalga oshirilishini tezlashtirish maqsadida “Oʻzbekenergo” DAK va Yaponiyaning “TOHOKU Electric Power Co., Inc” kompaniyasiga loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangunga qadar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu model loyihasini amalga oshirish doirasida 2013-yilning 1-iyuligacha quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” DAK va Yaponiyaning “TOHOKU Electric Power Co., Inc” kompaniyasi olib keladigan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha “vaqtincha olib kirish” rejimida olib kelinadigan uskunalar, materiallar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek avtotransport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiyaning “ TOHOKU Electric Power Co., Inc” kompaniyasi va subpudratchilarning transport tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun olinadigan yigʻimdan, shuningdek ogʻir yukli hamda katta hajmli transport vositalarining umum foydalanadigan yoʻllardan oʻtish haqini toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiya tarafi jalb etadigan xorijiy fuqarolar jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi energetika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish tashkiloti (Yaponiya), Yaponiyaning “TOHOKU Electric Power Co., Inc” kompaniyasi va boshqa xorijiy yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan daromadlari boʻyicha yuridik shaxslarning foyda soligʻini toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi energetika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish tashkiloti tomonidan berilgan mablagʻlar hisobiga “Toshkent IEM” oladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarning qiymati foyda soligʻidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi, bosh loyihachi va bosh pudratchi tomonidan amalga oshiriladigan loyiha-qidiruv, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash ishlari, qoʻldan-qoʻlga oʻtgan,shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarid qilinadigan uskunalar, materiallar, ehtiyot qismlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan va budjetdan tashqari Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga toʻlanadigan majburiy ajratmalardan ozod etilsin.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzstandart” agentligi “Toshkent IEM” OAJning buyurtmalariga binoan, majburiy sertifikatsiyadan oʻtishi kerak boʻlgan uskunalar va butlovchi buyumlarning oʻz vaqtida sertifikatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK Yaponiyaning “ TOHOKU Electric Power Co., Inc” kompaniyasi tomonidan mazkur model loyihasi doirasida olib kelinadigan uskunalar, materiallar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab temir yoʻl orqali tashishni tashkil etishda hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun qoʻllaniladigan tariflarga muvofiq amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Sof rivojlanish mexanizmi SRM doirasida mazkur model loyihasini amalga oshirish BMTning hadli Konvensiyasi Ijroiya qoʻmitasida belgilangan tartibda maʼqullangan taqdirda model loyihasini amalga oshirish natijasida havoga chiqariladigan moddalarning sertifikatlangan qisqartirilishi umumiy hajmi tasdiqlangan butun kredit davrida Yangi energetika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish tashkiloti foydasiga begʻaraz berib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi model loyihasi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin, shuningdek bajarilayotgan qurilish ishlarining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi mazkur model loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil va undan keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” DAK talabnomalariga koʻra model loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning, shuningdek ularning oila aʼzolarining koʻp martalik kirish vizalarini konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” DAK talabnomalariga koʻra, model loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek muvaqqat yashash joyida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur .qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 4-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1277-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 2-son, 75-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda)