Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.05.1997 yildagi 241-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-YIL 1-ChORAGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh YAKUNLARI VA IQTISODIY ISLOHOTLARNING BORIShINI BAHOLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, joriy yilning birinchi choragida 1997-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini bajarishga qaratilgan qayta oʻzgartirishlarning izchil yoʻli amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1,7 foizga, sanoat mahsuloti hajmi 4,2 foizga, isteʼmol tovarlari 9,1 foizga, aholiga pulli xizmatlar koʻrsatish 12,4 foizga oʻsdi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, chakana savdo tovar oboroti hajmlari oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo oborotining ijobiy saldosiga erishildi. Budjet kamomadi prognoz parametrlaridan oshmadi, inflatsiyaning oʻrtacha oylik darajasi izchil pasaymoqda. Investitsiyalar hajmi oʻsdi, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlar ikki baravardan ziyod koʻpaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, koʻpgina korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvoli murakkabligicha qolmoqda. Oʻz vaqtida oʻzaro hisob-kitoblar qilish va toʻlovlar muammolari sust hal etilmoqda. Investitsiya dasturida nazarda tutilgan bir qator obyektlar boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlashni boshlash sababsiz choʻzib yuborilmoqda. Ayrim xoʻjaliklarda qishloq xoʻjaligi texnikasini boshoqli don ekinlari hosilini oʻrib-yigʻishga tayyorlash sustkashlik bilan olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil uchun belgilangan dasturiy chora-tadbirlarni bajarishni faollashtirish hamda iqtisodiy islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliya vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Markaziy bank hamda tijorat banklari bilan birgalikda paxta xomashyosi, gʻalla va boshqa ekinlar uchun kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha avanslar toʻlashning ahvolini tahlil qilsinlar va ularning natijalari toʻgʻrisida 1997-yil 20-maygacha axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 1997-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-maydagi 231-son qarorida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv shu yil 20-maygacha konserva va vinochilik zavodlarining 1997-yilgi sabzavot, meva va uzum hosilini qabul qilib olishga hamda qayta ishlashga tayyorligini taʼminlasinlar. Oʻrash-qadoqlash idishlarining zarur zaxiralarini yaratishga alohida eʼtibor berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari V. A. Chjen “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining ishlab turgan tizimini hududiy-tarmoq jihatidan monopoliyadan chiqarishga doir takliflarni ishlab chiqishni va Vazirlar Mahkamasiga kiritishni tezlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari va manfaatdor idoralar — buyurtmachilar bilan birgalikda ikki hafta muddatda investitsiya dasturiga kiritilgan qurilish obyektlari boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlashni boshlashni nihoyasiga yetkazish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturiga kiritilgan va budjet manbalaridan hamda bankning markazlashtirilgan kreditlaridan mablagʻ bilan taʼminlanadigan obyektlar roʻyxatini aniqlashtirish yuzasidan takliflarni 1-yarim yillik yakunlari boʻyicha kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qurilishda narx belgilash tartibini aniqlab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat ehtiyojlari uchun tovarlar (xizmatlar)ni mablagʻ bilan taʼminlashning markazlashtirilgan manbalari hisobiga tanlov asosida xarid qilish tizimini tashkil etish yuzasidan takliflarni 1997-yil 1-sentabrgacha ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar va birlashmalar kuz-qish davrlariga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida aniq tadbirlar ishlab chiqsinlar va ularni amalga oshirishga kirishsinlar. Qilingan ishlar haqida Vazirlar Mahkamasi har oyda xabardor qilib turilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda shu yilning may oyida 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozini hamda Davlat budjetini ishlab chiqish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 13-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241-son