04.03.2010 yildagi 118-F-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmoyishi

Qadimiy va milliy qadriyatlarimizdan boʻlgan Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish, uni har tomonlama yuksak darajada, uyushqoqlik va koʻtarinki ruhda oʻtkazish, jamiyatimizda mehr-oqibat va oʻzaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash, xalqimizga xos boʻlgan ezgu fazilatlarni yanada yuksaltirish, umumxalq bayrami arafasida qishloq va shaharlardagi mahallalar hududlarini, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, respublikadagi sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash hamda “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida koʻzda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Sogʻliqni saqlash, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, mahalliy hokimliklar, jamoatchilik vakillarining 2010-yil mart-aprel oylarida mamlakatimizning qishloq, shaharlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyliklari hamda 13-14-mart kunlari umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi (A.Ahmedov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyliklari hamda umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutsinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq va shahar mahallalari, aholi yashash punktlari, koʻp qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar hamda lotoklarni tozalash, bolalar maydonchalarini tartibga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turar joy mavzelari va mahallalarda gul koʻchatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butash, koʻcha hamda yoʻlaklarni tartibga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar va nogironlar, yolgʻiz qariyalar, boquvchisini yoʻqotgan kam taʼminlangan koʻp bolali oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumxalq xayriya hashari qatnashchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda obodonlashtirish ishlari oʻtkazilishi jarayonida toʻplangan qurilish va maishiy chiqindilarni mahalliy hokimliklar va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan tashkiliy ravishda alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Meva- sharbat” bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi, Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi qishloq va mahallalar hududlarini koʻkalamzorlashtirish hamda yangi bogʻlar barpo etish uchun zarur boʻladigan manzarali, mevali va tut daraxti koʻchatlarini, tegishli tashkilot hamda korxonalarga oʻrnatilgan tartibda shartnoma asosida oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi (A.Ahmedov), “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi (A.Alimov) va mahalliy hokimliklarga obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi hamda umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish tadbirlariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, korxonalar, tashkilotlar, taʼlim muassasalari va harbiy qismlarni, shuningdek, respublikaning barcha aholisi, ayniqsa yoshlarni keng jalb qilish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar hamda barcha korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablagʻlari “Mahalla” jamgʻarmasining respublika boshqaruvi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlim, boʻlinmalari boshqaruvlarining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Mahalla” jamgʻarmasi (A.Ahmedov) xayriya hasharidan tushgan mablagʻlar “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish, kam taʼminlangan oilalarga, nogironlar va yolgʻiz keksalarga moddiy hamda maʼnaviy yordam koʻrsatish, xususan, yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, mahallalardagi mavjud sport maydonchalarini joriy taʼmirlash hamda ularni kerakli sport inventarlari bilan jihozlash, mahallalarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash kabi tadbirlarga sarflanishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki ishlar vazirligi (B.Matlyubov) obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyliklari davomida, ayniqsa umumxalq xayriya hashari kunlari jamoat tartibini saqlash, yongʻin hamda harakat xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrsin va tadbirlarda texnik soz boʻlgan texnika vositalaridan foydalanilishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M.Hazratqulov) va boshqa ommaviy axborot vositalariga obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligining borishini hamda umumxalq xayriya hasharining oʻtkazilishini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu farmoyish ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118-f-son