Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
GERMANIYADA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SAVDO UYINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Savdo aloqalarini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yevropaning menejment tajribasini oʻrganish masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasidagi aloqalar va amaliy munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbeksavdo” va “Oziqovqatsanoat” uyushmalari, “Oʻzbekmebel” birlashmasining Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt-Mayn shahri, Grosser Xirshgraben koʻchasi, 1560311-raqamli yer uchastkasida umumiy maydoni 940 kv. metr boʻlgan Savdo uyi ochish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi Savdo uyi uchun ijaraga olinadigan binoning bosh ijarachisi etib belgilansin, uyushma “Oziqovqatsanoat” uyushmasi va “Oʻzbekmebel” birlashmasi bilan subijara shartnomalari tuzadi.
Belgilab qoʻyilsinki, maydonni ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar ijarachilarning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etilayotgan Savdo uyining taʼsis hujjatlari toʻplamini Germaniya Federativ Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda Savdo uyining Germaniya Federativ Respublikasida va Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Hans Carl Jenissh GmbH & Co. KG. firmasiga Savdo uyi uchun binoni ijaraga olish kontraktining amal qilishi butun muddatiga 54,6 ming Germaniya markasi summasida kafolat bersin.
6. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi Savdo uyi yuridik roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan keyin barcha xarajatlarga oʻzining valyuta tushumlari hisobidan haq toʻlagan holda Savdo uyining toʻliq xoʻjalik hisobiga oʻtishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 14-fevral,
81-son