Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JENEVA SHAHRIDAGI BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI BOʻLIMI VA BOSHQA XALQARO TASHKILOTLAR HUZURIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DOIMIY VAKOLATXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Hamkorlikni kengaytirish va uning yangi sohalarini aniqlash, shuningdek, vazirliklar va idoralarning Jeneva shahrida joylashgan xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro aloqalarini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzurida Oʻzbekiston Respublikasining Doimiy vakolatxonasi taʼsis etilsin.
2. Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Doimiy vakolatxonasining shtat jadvali va 1997-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Doimiy vakolatxonasi xodimlari soni 1997-yil uchun 5 kishidan iborat qilib belgilansin, ulardan diplomatik tarkib xodimlari — 4 kishi, maʼmuriy-texnik xodimlar — 1 kishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1997-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Doimiy vakolatxonasining diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan takliflar kiritsin.
4. Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Doimiy vakili maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 6-yanvar,
2-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-yanvardagi 2-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Doimiy vakolatxonasining shtat
JADVALI
|
(hisob-kitoblar AQSH dollarida) | |||||
| № |
Lavozimi |
Shtatdagi xodimlar soni | Elchining maoshi (2200)ga nisbatan xodimlarning maoshi, foizlarda | Oylik maoshi | 1997-yil uchun |
| Diplomatik xodimlar tarkibi | |||||
| 1. | Vakil | 1 | 100% | 2 200 | 26 400 |
| 2. | Butunjahon savdo tashkilotidagi maslahatchi-vakil | 1 | 85% | 1 870 | 22 440 |
| 3. | Maslahatchi | 1 | 85% | 1 870 | 22 440 |
| 4. | Uchinchi kotib | 1 | 65% | 1 430 | 17 160 |
| Jami: | 4 | | 7 370 | 88 440 | |
| Maʼmuriy-texnik xodimlar tarkibi | |||||
| 1. | Katta buxgalter | 1 | 65% | 1 430 | 17 160 |
| 2. | Xodimlarning oilalari yoki mahalliy xodimlardan ish yurituvchi-kotib, haydovchi, farrosh va boshqalar (soatbay haq toʻlanadi) | | | 3 000 | 36 000 |
| | Jami: | | | 4 430 | 53 160 |
| | Hammasi: | | | 11 800 | 141 600 |
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-yanvardagi 2-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Doimiy vakolatxonasining 1997-yil uchun xarajatlar
SMETASI
| № |
Moddalar nomi |
Xarajatlar summasi | |
|
AQSH dollarida |
soʻmlarda | ||
| 1. | Ish haqi fondi | 141 600 | |
| 2. | Tibbiy sugʻurta qilish yoki tez tibbiy yordam (10 %) | 14 160 | |
| 3. | Moddiy-xoʻjalik xarajatlari | 224 690 | |
| shu jumladan: | | | |
| a) bino, qarorgoh va uy-joylarni ijaraga olish | 126 000 | | |
| b) bino, qarorgoh va uy-joylar xarajatlari | 31 200 | | |
| v) telefon, faks, teleks, elektron pochta uchun abonent haqi toʻlash xarajatlari | 31 890 | | |
| g) kanselyariya va pochta-telegraf xarajatlari | 9 600 | | |
| d) tillarni oʻrganish, maʼlumotnoma adabiyoti, davriy nashrlarga obuna boʻlish | 2 000 | | |
| e) xodimlarning bolalarini maktabda oʻqitish (yiliga 2400 dollar × 10 bola) | 24 000 | | |
| 4. | Asbob-uskunalar va jihozlar sotib olish, shu jumladan: | 118 000 | |
| a) bino uchun | 77 600 | | |
| b) uy-joylar uchun | 40 400 | | |
| 5. | Avtotransport sotib olish va uni saqlash, shu jumladan: | 184 580 | |
| a) sotib olish uchun | 135 000 | | |
| b) saqlash xarajatlari | 49 580 | | |
| 6. | Bino va qarorgoh xavfsizligini taʼminlash va muhandislik himoyasi | 15 000 | |
| 7. | Xizmat safari xarajatlari | 65 220 | 1 587 650 |
| 8. | Vakillik xarajatlari | 15 000 | |
| 9. | Suvenirlar sotib olish | | 100 000 |
| 10. | Respublika gazeta va jurnallariga obuna boʻlish | | 8000 |
|
Jami: |
778 250 AQSH dollari | 1 695 650 soʻm | |