Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ELEKTR ENERGETIKASI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Elektr energetikasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi OʻRQ-225-son Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organ;
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi) elektr energetikasi sohasidagi davlat nazorati organi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yagona elektr energetika tizimining xavfsiz va ishonchli faoliyat koʻrsatishini, isteʼmolchilarning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji qondirilishini hamda “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan boshqa vazifalar va vakolatlar samarali amalga oshirilishini taʼminlasin.
3. “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi hududiy boʻlinmalar bilan birgalikda oʻz vakolatlari doirasida elektr energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda va isteʼmol qilishda xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilishi, yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali foydalanilishi, shuningdek “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalari va talablariga ogʻishmay rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi rahbarlari “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vakolatli organlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-fevral,
23-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 3-ilovaning 18-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatib turish shartlari qonunda belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 2004-yil 1-martdagi 96-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 18-modda):
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Quyidagilar Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
elektr energiyasi, issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, isteʼmol qilinishini va koʻmirdan foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
elektr energiyasini, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda, isteʼmol qilishda va koʻmirdan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, isteʼmol qilish va koʻmirdan foydalanish sohasida zarur normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini taʼminlash;
energetika tekshiruvlari va ekspertizalari oʻtkazish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash”;
b) 4-ilovada (Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi Nizomda):
1-bandda — rus tilidagi matnda “transportirovki” soʻzi “peredachi” soʻzi bilan almashtirilmoqda;
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Quyidagilar Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
elektr energiyasi, issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, isteʼmol qilinishini va koʻmirdan foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
elektr energiyasini, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda, isteʼmol qilishda va koʻmirdan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, isteʼmol qilish va koʻmirdan foydalanish sohasida zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
energetika tekshiruvlari va ekspertizalari oʻtkazish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, energiyani ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi”;
sakkizinchi xatboshidagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning uchinchi xatboshida — rus tilidagi matnda “transportirovki” soʻzi “peredachi” soʻzi bilan almashtirilmoqda;
ikkinchi xatboshidagi “normativ hujjatlar va qoidalarni” soʻzlari “normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “respublika standartlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshida — rus tilidagi matnda “transportirovki” soʻzi “peredachi” soʻzi bilan almashtirilmoqda;
oltinchi xatboshidagi “energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar” soʻzlari “hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirma yettinchi xatboshida — rus tilidagi matnda “transportirovki, realizatsii” soʻzlari “peredachi, sbita” soʻzlari bilan almashtirilmoqda;
uchinchi xatboshidagi “normativ hujjatlar” soʻzlari “normativ-huquqiy hujjatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, isteʼmol qilish va koʻmirdan foydalanish sohasida korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarining toʻliq bajarilishi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 21-iyundagi 290-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi energetika tizimini rivojlantirish va isloh qilishning qabul qilingan bosh dasturiga muvofiq energetika tarmogʻi korxonalarini monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirish, tarmoqning energiya ishlab chiqarishni (IES, GES, IEM), uni uzatishni (magistral elektr tarmoqlari), uni taqsimlashni va sotishni taʼminlovchi (hududiy elektr tarmoqlari) yagona elektr energetika tizimi korxonalari funksiyalarini aniq belgilash, ularning oʻzaro bogʻliq, mutanosib va oʻzaro hamkorligi boʻyicha ishlarni izchil amalga oshirsin”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qaroriga 2-ilovaning 23-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Hisobga olish va yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi boʻyicha hisobotlarning ishonchliligi, shuningdek yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining va ularning elektr bilan taʼminlovchi korxonalari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari hamda boshqa mansabdor va moddiy javobgar shaxslari zimmasiga yuklanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 53-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)