Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Neft mahsulotlar narxini va ularni berish tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Jahon bozorida neft mahsulotlari narxlari konyunkturasining oʻzgarishini hisobga olgan holda, shuningdek, yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlashni tartibga solish va ulardan maqsadsiz foydalanishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2000-yil 1-fevraldan boshlab yoqilgʻi-moylash materiallarining barcha ulgurji va chakana isteʼmolchilari uchun neft mahsulotlarining yagona narxlari joriy etilsin.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, qishloq xoʻjaligi korxonalariga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan yoqilgʻi-moylash materiallariga qoʻshilgan qiymat soligʻining nol stavkasini qoʻllashning amaldagi tartibi saqlanib qolsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
bir hafta muddatda yoqilgʻi-energetika resurslarini, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilari uchun mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslari chiqarishning (sotishning) yagona tartibini ishlab chiqsin;
barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlarga neft va neft mahsulotlarining yagona ulgurji narxlarini, shuningdek, benzinning yangi chakana narxlarida belgilangan tartibda yetkazsin;
neft va neft mahsulotlariga aksiz soligʻi stavkalarini ushbu qarorda belgilangan benzin narxlari darajasiga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.
5. “Oʻzneftmahsulot” AJ va uning mahalliy organlari 2000-yil 1-fevral holatiga koʻra qayta baholashni oʻtkazsin:
avtobenzinning qolgan qismini naqd pulga sotadigan yoqilgʻi quyish shoxobchalarida qoʻshimcha bahoning toʻliq miqdori davlat budjeti daromadlariga kiritilgan holda;
belgilangan tartibda boshqa turdagi neft mahsulotlari.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-yanvar,
32-son