Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2021 08.02.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1927-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2021
Hujjat 18.02.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOLALIKDAN NOGIRONLARGA NAFAQALAR TOʻLASh BOʻYIChA XARAJATLARNI MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 8-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1927-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 19-noyabrdagi 74-sonli ““Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1927-4, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-sonli “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009-yil 24-fevraldagi 27-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927, 2009-yil 27-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 151-modda) bilan tasdiqlangan “Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 20-yanvardagi 5-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kirish qismidagi “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda)” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-sonli “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda)” soʻzlar qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-banddagi “tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot” soʻzlari “Jamgʻarmaning tuman (shahar)” soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Jamgʻarmaning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 11-banddagi “Tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot” soʻzlari “Jamgʻarmaning tuman (shahar)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidan “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot” soʻzlari “Jamgʻarmaning tuman (shahar)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Agar yil mobaynida nogironlar miqdorining oʻzgarishi nafaqa toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan xarajatlarning oshishiga (kamayishiga) olib kelsa, Jamgʻarma oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga nafaqalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritish uchun nafaqa oluvchilarning oʻzgargan miqdoriga zarur boʻlgan mablagʻlarni asoslangan hisob-kitoblarini taqdim qiladi. Xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritish avvalo, respublika budjetida nafaqalarni toʻlash uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma xarajatlar smetasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar, oʻrnatilgan tartibda gʻaznachilik boʻlinmalari bilan kelishilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nafaqalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasi nafaqa oluvchilarning miqdori boʻyicha maʼlumotlarni ilova qilgan holda, Jamgʻarmaning tegishli tuman (shahar) boʻlimlari bosh hisobchilari va rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan har bir tuman (shahar) boʻyicha nafaqalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasi Jamgʻarmaning hududiy boshqarmalari orqali Jamgʻarmaga umumlashtirish va respublika boʻyicha jamlangan xarajatlar smetasini tuzish uchun taqdim qilinadi. Jamgʻarma tegishli tekshirishlar va umumlashtirishlardan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha tuman va shaharlarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari nusxalarini ilova qilgan holda jamlangan xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlaydi hamda oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tarmoqlarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmasiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha tuman va shaharlarining tasdiqlangan xarajatlar smetalari nusxalarini ilova qilgan holda jamlangan xarajatlar smetasini taqdim qiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 15-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamgʻarmaning tegishli hisobvaraqlariga tushgan mablagʻlar Jamgʻarma budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda Jamgʻarma daromadi sifatida aks ettiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“17. Jamgʻarma har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Gʻaznachiligi bilan kelishilgan nafaqalarning hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha hisobotni tuman (shahar) va oylar boʻyicha tuzib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 19-banddan “va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 20-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 55-modda)