Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FUQARO AVIATSIYASINING 243-SON AVIATAʼMIRLASH ZAVODI BAZASIDA GʻARBDA ISHLAB CHIQARILGAN SAMOLYOTLARGA TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarning kengayib borayotgan parkiga texnik xizmat koʻrsatuvchi oʻz bazasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish markazini tashkil etish boʻyicha loyiha buyurtmachisi etib “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi belgilanganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
loyihaning umumiy summasi 18,80 mln AQSH dollari boʻlgan hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlarni uch bosqichda, shu jumladan:
1-bosqich —1999-yil — 5,00 mln AQSH dollari;
2-bosqich — 2000-2001-yillar — 6,50 mln AQSH dollari;
3-bosqich — 2001—2003-yillar — 7,30 mln AQSH dollari miqdorida jalb qilgan holda amalga oshirilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun buyurtmachi tomonidan Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi bazasida tashkil etilayotgan Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish markazini jihozlash va texnik qoʻllab-quvvatlash uchun “Lyuftganza Texnik” va “Gidro-Geratebau” kompaniyalari (Germaniya) bilan umumiy summasi 5,00 mln AQSH dollari boʻlgan kontraktlar tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, tuzilgan kontraktlarni birinchi bosqichda mablagʻ bilan taʼminlash quyidagicha amalga oshiriladi:
kontraktlar qiymatining 0,75 mln AQSH dollarini tashkil etadigan 15 foizi “KFW” (Germaniya) banki mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, shu jumladan:
“Lyuftganza Texnik” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 0,56 mln AQSH dollari;
“Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 0,19 mln AQSH dollari;
kontraktlar qiymatining 4,25 mln AQSH dollarini tashkil etadigan 85 foizi “Germes” (Germaniya) jamiyati sugʻurta qoplamasi ostida “KFW” banki mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, shu jumladan:
“Lyuftganza Texnik” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 3,17 mln AQSH dollari;
“Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 1,08 mln AQSH dollari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi bilan birgalikda loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichlarini mablagʻ bilan taʼminlash sxemasini loyihadagi quvvatlarni ishga tushirishga muvofiq muddatlarda ishlab chiqsin;
bir oy muddatda kredit bitimlarini tuzsin va birinchi bosqich boʻyicha Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodiga “KFW” banki mablagʻlarini qayta moliyalashtirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyiha uchun jalb qilinadigan kreditlar boʻyicha: xorijiy bankka — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari boʻyicha va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatlar berishga vakil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan xorijiy bank uchun maqbul boʻlgan shakl boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
6. Belgilansinki, asosiy qarz, foizlar, vositachilik haqlari va kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni toʻlash kredit bitimlari shartlariga muvofiq Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi xoʻjalik faoliyati hisobiga 1 va 2-ilovalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-oktabr,
483-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 483-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi bilan “Lyufganza Texnik” va “Gidro- Geratebau” (Germaniya) firmalari oʻrtasidagi kontrakt qiymatining 15 foizini toʻlash uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan “KFW” banki kreditini toʻlash prognoz jadvali
Keyingi tahrirga qarang.
| Kredit summasi | — | 750 000 AQSH dollari |
| Kreditning foiz stavkasi | — | Libor+2 % (“Oʻzmilliybank”ning marjasini hisobga olgan holda) |
| Kreditni toʻlash muddati | — | 2 yil |
| Majburiyat uchun vositachilik haqi | — | yillik foydaning 0,25 % |
| Tashkil etish uchun vositachilik haqi | — | kredit summasining 0,75 % |
| | | | | | | | |
AQSH dollarida | |
| | Yillar | Hammasi | |||||||
| 1999 | 2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 | 2005 | 2006 | ||
| Asosiy qarz | 0 | 187 500 | 3750 00 | 187 500 | 0 | 0 | 0 | 0 | 750 000 |
| Foizlar | 0 | 52 393 | 35 408 | 7 035 | 0 | 0 | 0 | 0 | 94 836 |
| Vositachilik haqlari | 5 781 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 781 |
| Jami | 57 81 | 239 893 | 410 408 | 194 535 | 0 | 0 | 0 | 0 | 850 617 |
Izoh: Koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan “KFW” (Germaniya) banki oʻrtasida kredit shartnomalari tuzilgandan soʻng aniqlashtiriladi va toʻlov sanasidagi Libor stavkasi darajasiga bogʻliq boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 483-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Fuqaro aviatsiyasining 243-son aviataʼmirlash zavodi bilan “Lyufganza Texnik” va “Gidro- Geratebau” (Germaniya) firmalari oʻrtasidagi kontrakt qiymatining 85 foizini toʻlash uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan “KFW” bankining “Germes” jamiyati sugʻurta qoplamasi ostidagi kreditini toʻlash prognoz jadvali
Keyingi tahrirga qarang.
| Kredit summasi | — | 4 250 000 AQSH dollari |
| Kreditning foiz stavkasi | — | Libor+1% (“Oʻzmilliybank”ning 0,5 % marjasini hisobga olgan holda) |
| Kreditni toʻlash muddati | — | 5 yil |
| Majburiyat uchun vositachilik haqi | — | yillik foydaning 0,25 % |
| Tashkil etish uchun vositachilik haqi | — | kredit summasining 0,125 % |
| | | | | | | |
AQSH dollarida | |
|
Toʻlov nomi |
Yillar |
Hammasi | ||||||
| 1999 | 2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 | 2005 | ||
| Asosiy qarz | 0 | 0 | 850 000 | 850 000 | 850 000 | 850 000 | 850 000 | 4 250 000 |
| Foizlar | 20 721 | 186 488 | 146 398 | 176 462 | 129 600 | 82 696 | 35 275 | 777 640 |
| Vositachilik haqlari | 7 697 | 1 830 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 527 |
| Jami | 28 418 | 188 318 | 996 398 | 1 026 462 | 979 600 | 932 696 | 885 275 | 5 037 167 |
Izoh: Koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan “KFW” (Germaniya) banki oʻrtasida kredit shartnomalari tuzilgandan soʻng aniqlashtiriladi va toʻlov sanasidagi Libor stavkasi darajasiga bogʻliq boʻladi.