28.05.2009 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Braziliya Federativ Respublikasi Rivojlantirish, sanoat va tashqi savdo vazirligi oʻrtasida anglashuv Memorandumi
Кучга кириш санаси
28.05.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Braziliya Federativ Respublikasi Rivojlantirish, sanoat va tashqi savdo vazirligi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANGLAShUV MEMORANDUMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SAVDO VA INVESTITSIYaLARNI RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Braziliya Federativ Respublikasi Rivojlantirish, sanoat va tashqi savdo vazirligi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash istagida, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzarolik va oʻzaro manfaatlilikka asoslangan yangi hamkorlik sohalarini rivojlantirish istagi mavjudligini eʼtiborga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Qoʻshma ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar savdo va investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Qoʻshma ishchi guruh tuzishni kelishib oldilar (bundan keyin “Ishchi guruh” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar faoliyatini rivojlantirish maqsadida ikkala davlatning davlat va xususiy sektorlari oʻrtasida maʼlumotlar va fikrlar almashinuviga koʻmaklashish, savdo va investitsiyalarni ragʻbatlantirish va ikki tomonlama savdo operatsiyalarini yengillashtirish yoʻlida faoliyat olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Yigʻilishlarni oʻtkazish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh har yili kamida bir marotaba yoki zaruriyat tugʻilganda navbatma-navbat Braziliyada va Oʻzbekistonda mazkur Memorandumni tatbiq etish va uning ijrosini taʼminlash maqsadida yigʻilishlarini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ishchi guruh aʼzosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Braziliya Federativ Respublikasi rivojlantirish, sanoat va tashqi savdo vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri yoki ular tomonidan tayinlangan vakillar Ishchi guruhga hamraislik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruhning har bir raisi Ishchi guruh ishida qatnashish uchun davlat organi va xususiy sektor vakillarini taklif qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Kun tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishchi guruh yigʻilishi davomida ishbilarmon doiralar faoliyatini rivojlantirish hamda savdo va investitsiyalarga koʻmaklashish bilan bogʻliq mavzular Ishchi guruh tomonidan muhokama qilinadi va zarur ichki maslahatlashuvlar oʻtkazilgandan soʻng har bir yigʻilish masalalari boʻyicha qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar Ishchi guruhning muhokamasiga savdo, investitsiyalar va ikki tomonlama ishbilarmon doiralarga tegishli masalalarni maʼlumot uchun yoki ilgari surish uchun kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruh faqat shu sohalar bilan cheklanmagan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, tekstil, kimyo mahsulotlari, avtomobil va avtomobil ehtiyot qismlari, telekommunikatsiya jihozlari, ofislarni avtomatlashtiruvchi asboblar, elektron mahsulotlar va boshqa sohalarda savdo va investitsiyaviy imkoniyatlarni rivojlantirishga eʼtibor qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Boshqa ikki va koʻp tomonlama yigʻilishlar bilan muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh oʻz faoliyatini Iqtisodiy va savdo sohasida hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining yigʻilishlari kabi boshqa davlat yoki xususiy sektorning ikki va koʻp tomonlama yigʻilishlari natijalari bilan muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Memorandum imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va cheklanmagan muddatda amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq mazkur Memorandumga istalgan vaqtda yozma ravishda va diplomatik kanallar orqali oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlardan har biri istalgan vaqtda ikkinchi Tomonni mazkur Memorandumni bekor qilish istagi haqida yozma ravishda va diplomatik kanallar orqali xabardor qilishi mumkin. Tegishli xabarnoma olingan kundan 90 kundan keyin ushbu Memorandum oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Memorandumni qoʻllash yoki talqin qilishda yuzaga keladigan nizolar Tomonlar oʻrtasida diplomatik kanallar orqali toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Brazilia shahrida 2009-yil 28-may kuni ikki nusxada har biri oʻzbek, portugal va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Memorandumni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2009-y., 2-3-son)