05.05.2009 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI BILAN MISR MILLIY KUTUBXONASI VA ARXIVLARI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Memorandum
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anglashuv

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va Misr Milliy kutubxonasi va Arxivlari, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida madaniy hamkorlik toʻgʻrisida Qohira shahrida 2003-yil 6-noyabrda imzolangan Bitim,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2007 — 2010-yillarga moʻljallangan madaniy hamkorlik toʻgʻrisida Qohira shahrida 2007-yil 18-aprelda imzolangan Ijroiya Protokoli doirasida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq arxiv ishi sohasida oʻzaro hamkorlikni amalga oshirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar hujjatlardan nusxa olish va ularni taʼmirlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha tajriba almashish maqsadida mutaxassislar almashinuvini kelishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklif etayotgan Tomon oʻz davlatida mutaxassisning turarjoy xarajatlarini oʻziga oladi, mutaxassisni yuborayotgan Tomon esa, belgilangan joygacha borish-kelish yoʻl xarajatlarini, shuningdek ushbu Memorandum doirasidagi boshqa xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tashriflar dasturi, shartlari va muddatlarini tashrif boshlangunicha, 3 oydan kechikmagan muddatda kelishish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar arxiv ishi boʻyicha hamkorlikda konferensiyalar, seminarlar, oʻquv kurslarini uyushtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar hujjatshunoslik sohasida arxiv hujjatlarini saqlash, soʻnayotgan matnlarni tiklash borasida oʻzaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar har ikkala tarafning milliy arxiv fondini raqamli koʻrinishga oʻtkazish sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini oʻrganadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Memorandum imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va uch yillik muddatga amal qiladi. Agar Tomonlardan biri ikkinchi Tomonni muddat tugashiga olti oy qolganda yozma ravishda ogohlantirmasa, Memorandum keyingi uch yillik muddatga avtomatik ravishda uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 5-mayda Qohira shahrida har biri ikki nusxada, matnlari teng huquqiy kuchga ega boʻlgan oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Ushbu Memorandumni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2009-y., 2-3-son)