“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2073]
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
1. Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-dekabr,
271-son
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 21-dekabrdagi 271-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar sirka kislotasi ishlab chiqaruvchi barcha turdagi tashkilotlar (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Mehnatni muhofaza qilish holatini oʻrganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) namunaviy nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
maʼmuriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat).
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oʻz vaqtida, toʻgʻri oʻrganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga boʻysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-3, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2073-3/0117-son)
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
12. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda qayta attestatsiyadan oʻtishlari lozim.
13. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Maʼmuriyat barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishlari shart.
15. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining roʻyxati
16. Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun quyidagi asosiy xavfli va zararli omillar xosdir:
ish joyi hududi havosining changlanishi va gazlanishi (sirka kislotasi, atsetaldegidi, azot oksidi, metilatsetat marganets karbonati, nikel karbonati, kalsiyli soda va boshqalar);
shovqin, tebranish, issiqlik nurlanishi va noqulay mikroiqlim (harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi).
17. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
18. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻirligi ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
19. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bugʻ, gaz, chang koʻrinishida ajratishi mumkin boʻlgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga muvofiq boʻlishi lozim.
20. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
21. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bogʻliq xavflar hisobga olinishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar hamda amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
22. Oʻta xavfli ishlarga faqat maxsus oʻqitilgan, ushbu ishlarni bajarish huquqini beruvchi hujjatga ega boʻlgan xodimlar qoʻyiladi.
23. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
24. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda masʼul xodim qoʻl qoʻyib rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
25. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
26. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
27. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
28. Jamoaviy himoya vositalari (ventilyatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, mahalliy soʻrgʻichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
29. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
30. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qoʻllanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
31. Tashkilot rahbariyati quyidagilarni taʼminlashi shart:
amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
32. Ish beruvchi Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) muvofiq ishchi va xizmatchilarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlashi lozim. Ish joyiga mos maxsus kiyimi, maxsus poyabzal va shaxsiy himoya vositalari toʻplami boʻlmagan shaxslarni ishga qoʻyish taqiqlanadi.
6-§. Kasbiy tanlov
33. Oʻta xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
34. Oʻta xavfli ishlarga xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan, maxsus oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
35. Tashkilot xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga oʻqitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan oʻtkazilgandan soʻng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Kasbiy tanlovdan soʻng ishga qabul qilingan xodimlarning kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat oʻrnatish, zarur boʻlganda qayta yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish lozim.
37. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq 18 yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2073-3, 10.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2073-3/0117-son)
39. Tashkilot maʼmuriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshirish uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
7-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
40. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 9-yanvardagi 4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2073-1, 15.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 3-son, 41-modda)
42. Tibbiy koʻrikdan oʻtishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan boʻyin tovlagan xodimlarni maʼmuriyat ishga qoʻymaslikka haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga oʻtkazishi shart.
44. Tibbiy koʻriklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud boʻlmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkazilishi lozim. Tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
48. Ishlab chiqarish binolari, inshootlari, uskunalari, texnologik jarayonlari ishlovchining sogʻligʻi va mehnatini himoyalash talablariga javob berishi kerak va QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
50. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
51. Oʻtish, chiqish yoʻllari, koridor va tambur, narvonlar, turli predmetlar, asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilishiga ruxsat etilmaydi. Evakuatsiyaga chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha oson ochilishi kerak.
52. Pollar tekis, yoriqlarsiz, teshiklarsiz va qavariq joylari boʻlmasligi, QMQ 2.03.13 “Pollar” talablariga binoan bajarilgan boʻlishi kerak. Pollarni taʼmirlashda pollar qanday materiallardan tayyorlangan boʻlsa, xuddi shu materiallarni qoʻllash zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Portlash xavfi boʻlgan va portlash xavfi boʻlmagan xonalar orasidagi ichki devorlar gazlarni oʻtkazib yubormaydigan qilib qurilgan boʻlishi kerak. Devorlarning suvogʻi va choklarning ulanish holatiga jiddiy eʼtibor qaratish va ular buzilganda shikastlangan joylarni tezda tuzatish kerak.
54. Bir xodimga ishlab chiqarish xonalari hajmi 15 m³. dan, maydoni 4,5 m². dan kam boʻlmasligi lozim.
55. Evakuatsiyaga chiqish yoʻllarining soni, ularning joylanishi QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” va SHNK 2.01.02-97 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” talablariga muvofiq bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Boshqarish pultlari — zararli va portlash xavfi boʻlgan bugʻ, gaz va changlar ajralib chiqadigan, shuningdek yuqori vibratsiyaga ega boʻlgan texnologik asbob-uskunalar oʻrnatilgan ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi taqiqlanadi.
57. Xom ashyo va tayyor mahsulot yetkazib beriladigan devordagi ochiq teshiklar yongʻin, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishiga yoʻl qoʻymaydigan moslama va qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
58. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsiyalash” talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m. balandlikda bajarilishi lozim.
60. Oʻtish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga oʻxshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga oʻxshashlar), ruxsat etilgan oʻtish yoʻlkalarining enini kamaytirmasligi kerak.
61. Ishchi joylariga ochiq darvoza, eshik yoki texnologik teshikdan keluvchi havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishda 21°C, oʻrta ogʻir ishda 17°C, ogʻir ishda 16°C dan past boʻlmasligi kerak.
62. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.
63. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarning isinish xonalarigacha boʻlgan masofa 75 m., tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m. dan koʻp boʻlmasligi kerak.
10-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
64. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Tashkilotning ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
66. Tozalangandan soʻng suvda zararli moddalarning tarkibi sanoat tashkilotlarini loyihalashtirish sanitar normalari oʻrnatgan, chegaralangan ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshib ketmasligi lozim.
67. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari boʻlmagan taqdirda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
68. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m. dan oshmasligi kerak.
69. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
70. Sanoat tashkiloti hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiyalangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi boʻlmaganida Sanitariya-epidemiologiya xizmatlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-3, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2073-3/0117-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
72. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
73. Yoritish uskunalarini oʻrnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos boʻlishi kerak. Montaj paytida va undan soʻng ham har qanday oʻzgarish va qoʻshimchalar amaldagi meʼyorlarga javob berishi va loyihaga tegishli oʻzgartirish kiritilgan holda amalga oshirilishi kerak.
74. Bir tekis taqsimlangan umumiy yorugʻlik qandillari mashinalar guruhi orasidagi yoʻlaklarda, poldan 4—6 m. balandlikda, lokallashgan umumiy yorugʻlik qandillari esa ish kameralari tarafidan shneklarni boshqarish balandligida va operator tarafidagi maydonchadan 2—2,5 m. balandlikda joylashtiriladi.
75. Ishlab chiqarish sexlaridagi, xom ashyo omborlari va yuk tushirish-ortish maydonlaridagi texnologik uskunalar umumiyga qoʻshimcha ravishda koʻchma yoritish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
76. Avariya yoritish tarmoqlariga birorta elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
77. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni har yili ikki martadan kam boʻlmagan holda tozalash lozim. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
78. Uchastkalarda va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar miqdori yigʻilishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan himoyalangan holda bajarilishi kerak.
79. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V. dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Oʻta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V. dan oshmasligi kerak. Barcha koʻchma yoritqichlar metall himoyalanish toʻri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
80. Shovqin darajasi ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida GOST 12.1.003-83, tebranish darajasi esa GOST 12.1.012-90 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
81. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agar u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (ventilyator, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, ventilyatorlar va shunga oʻxshashlar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak. Bu agregatlarni bino konstruksiyalariga qattiq mahkamlab qoʻyish taqiqlanadi;
ishchilar dam olishi uchun shovqindan izolyatsiyalangan xonalar tashkil qilish;
ishchilarning eshitish aʼzolarini shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash.
82. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaxsiy himoyalanish vositalaridan foydalanish kerak.
13-§. Maishiy xonalarga, ularning soniga, holatiga va joylashishiga qoʻyiladigan talablar
83. Sanitariya-maishiy xonalar tarkibiga: kiyim almashtirish, yuvinish, choʻmilish, ayollarning shaxsiy gigiyenasi, chekuvchilar, ishlovchilarning isinish, dam olish, quritish, ish kiyimini changsizlashtirish va yogʻsizlantirish, kir yuvish xonalari kiradi va ular QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga javob berishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
84. Ovqat isteʼmol qilish uchun maxsus binolar jihozlanadi. Suvni faqat ichimlik favvoralaridan yoki gazlangan suv avtomatidan ichishga ruxsat etiladi.
85. Ishlab chiqarish binolarining ish joylaridan hojatxona, chekish joylari, isinish xonasi, dushxona, ichimlik suvi taʼminoti moslamalarigacha boʻlgan masofa 75 m. dan koʻp boʻlmasligi, ishlab chiqarish maydonchalaridagi ish joylaridan 150 m. dan koʻp boʻlmasligi lozim.
86. Kiyim yechish xonasi, dushxona va dushxona oldi xonasi, yuvinish xonasi, hojatxona, maxsus kiyimning changdan tozalash, quritish uchun xonalarning devorlari va toʻsiqlari, yuvish vositalarini qoʻllab, issiq suv bilan yuvish mumkin boʻladigan materiallardan qilingan, balandligi kamida 2 m. boʻlishi lozim.
87. Ishlab chiqarish xonalarida koʻzni yuvish uchun favvorachalar, terini yuvish uchun bosimi katta boʻlgan dushlar, shuningdek sexda dori qutichasi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
88. Har bir smenadan keyin ishchilar dush qabul qilishi lozim.
14-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
89. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 59-sonli (roʻyxat raqami 2073-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 677-modda)
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim boʻlgan xavfsizlik talablari
90. Sirka kislotasi ishlab chiqarish texnologik jarayonlari ushbu Qoidalarga, SanQvaM 0208-06 “Texnologik jarayonlarni tashkillashtirish sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish jihozlariga gigiyenik talablar”ga muvofiq tashkil qilinishi va oʻtkazilishi lozim.
91. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish tizimi, avtomatik, avtomatlashtirilgan va masofadan boshqarish tizimlari, avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimi (AQAH tizimi), shuningdek avariya holatlaridan xabar beruvchi va aloqa (aloqa va xabar berish tizimi) tizimlari, shu jumladan asbob-uskunalar bilan komplekt yuborilayotganlar tizimlar amaldagi normativ-texnik hujjat, loyiha, reglamentlar talablariga javob berishi va texnologik parametrlarni berilgan aniqlikda ushlab turish, texnologik jarayonlarni ishonchli va xavfsiz olib borilishini taʼminlashi lozim.
92. Tarkibiga asboblar, regulatorlar, signalizatorlar va boshqa avtomatlashtirish, masofadan boshqarish vositalari kiradigan texnologik jarayonlar avtomatlashtirilishi uchun moslamalar kompleksi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
a) nazorat va jarayonlarni boshqarish xavfsizligini;
b) suyuqliklar toʻkilishining oldi olinishini;
v) chegaraviy qiymatlarga yetganda yoki mexanizm buzilganda uzuvchi blokirovkalar ishga tushishligini;
g) sex boʻyicha xizmat koʻrsatadigan xodimlarning ortiqcha harakatlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun nazorat va jarayonni boshqarishning markazlashtirilishini.
93. Sirka kislotasi ishlab chiqarishda asosiy texnologik parametrlar meʼyordan ogʻganda uskunani xavfsiz holatga avtomatik tarzda oʻtkazish uchun moʻljallangan blokirovka sxemalari boʻlishi kerak.
94. Quyidagi texnologik koʻrsatkichlar blokirovka qilinishi kerak:
a) oksidlovchi moddalar kengaytirgichida himoyalovchi azotning sarflanishi;
b) kislorod kollektorida va oksidlash kolonnasi kengaytirgichida bosimlar farqi;
v) oksidlash kolonnasi kengaytirgichidagi bosim;
g) oksidlash kolonnasining istalgan qavatidagi (sargasidagi) harorati;
d) oksidlash kolonnasiga katalizatorli eritmaning berilishi;
e) atsetaldegid toʻplagichidagi sathi.
95. Avariya — ogohlantirish signalizatsiyasi (yorugʻlik va tovush yordamida) quyidagi texnologik parametrlar uchun moʻljallanilishi kerak:
a) sexga kirish joyida nazorat oʻlchov asboblari va avtomatikada havo bosimi;
b) sexga kirish joyida aylanma suvning bosimi;
v) oksidlash kolonnasi kengaytirgichidagi sath;
g) atsetaldegid toʻplagichidagi sath;
d) oksidlash kolonnasidan keyingi sirka kislotasi toʻplagichidagi sath;
e) oksidlash kolonnasida katalizatorli eritmaning sarflanishi;
j) oksidlash kolonnasi istalgan qavatidagi harorat;
z) oksidlash kolonnasi qavatiga azot berilishi toʻxtatuvchisining ochilishi;
i) blokirovkalovchi parametrlar zanjiridagi nosozlik;
k) sirka kislotasi saqlanadigan toʻplagichdagi sath;
l) rektifikatsiya kolonnasidan keyin kub suyuqlik toʻplagichidagi sath;
m) tayyor sirka kislotasi yigʻuvchi — toʻplagichidagi sath;
n) haydash kubidagi sath;
o) rektifikatsiya kolonnalaridan keyin yengil uchuvchan fraksiya toʻplagichidagi sath;
p) yengil uchuvchan fraksiya toʻplagichidagi sath;
r) rektifikatsiya kolonnalari avariyali boʻshatilishi uchun idishdagi sath;
s) sirka kislotasi toʻplagichidagi, oʻlchov idishidagi va reaktordagi sath.
96. Saqlovchi klapanlar soni va ularni oʻtkazish qobiliyati GOST 12.2.085-82 “Bosim ostida ishlaydigan idishlar. Saqlovchi klapanlar. Xavfsizlik talablari”ga muvofiq hisob boʻyicha tanlab olingan, sozlangan va rostlangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
97. Analizatorlarning oʻlchov asboblari, avtomatik gazoanalizatorlar va unga tegishli boshqa asboblar portlash xavfi boʻlgan xonalarda va ochiq portlash xavfi boʻlgan qurilmalarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini hisobga olgan holda qulflanadigan shkaflarda joylashtirilishi kerak.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-3, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2073-3/0117-son)
98. Gazoanalizatorlarning datchigi eng kam masofada gaz va bugʻlarning chiqish ehtimoli koʻp boʻlgan joyda oʻrnatilishi, asboblarga xizmat koʻrsatish va rostlash uchun qulay boʻlishi lozim.
2-§. Sirka kislotasi ishlab chiqarishning qisqacha tavsifi
99. Sirka kislotasi — tez alangalanuvchi, rangsiz, shaffof va oʻtkir hidli suyuqlik. Formulasi — SN3SOON.
100. Sirka kislotasi TSh64-0397360201-2005 “Sintetik ozuqa sirka kislota” texnik shartlari talablariga javob berishi kerak.
101. Sirka kislotasi kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat va yengil sanoatda ishlatiladi. Sirka kislotasining tuzlari — qoʻrgʻoshin va mis atsetatlari pigmentlar tayyorlanishida koʻp ishlatiladi. Sirka kislotasi murakkab efirlar (atsetatlar), atsetilsellyuloza, atsetilxlorid, monoxlor sirka kislota, dori vositalari (atsetil salitsil kislota, fenatsetin), oʻsimliklarni himoyalash vositalari ishlab chiqarishda qoʻllaniladi, shuningdek laklar va lateks koagulyanti erituvchisi sifatida foydalaniladi.
102. Sirka kislotasi sanoatda butan, pentan, geksanni oksidlashda, metanolni karbonillashtirishda, spirtli suyuqliklarni achitishda hamda katalizator ishtirokida texnik kislorod bilan suyuq fazali oksidlash orqali atsetaldegid olishda ishlatiladi.
103. Sirka kislotasini ishlab chiqarish oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan texnologik reglament boʻyicha olib borilishi kerak.
104. Kislorod bilan atsetaldegidni suyuq fazali oksidlash usuli boʻyicha sirka kislotasi ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
a) katalizator eritmasini tayyorlash (marganets atsetatining sirka kislotasidagi eritmasi yoki tarkibida marganets, nikel, kobalt atsetati aralashmasi boʻlgan eritma);
b) atsetaldegidni oksidlash;
v) sirka kislotasi xom ashyosini rektifikatsiya qilish;
g) permanganat kaliy bilan texnik sirka kislotasini kimyoviy tozalash;
d) tozalangan sirka kislotasini rektifikatsiya qilish;
e) kub qoldiqlarini qayta ishlash;
j) sirka kislotasini saqlash uchun kichik idishlarga (1 litrdan kam boʻlmagan hajmda), butil, sisternalarga va omborxona rezervuarlariga quyish.
105. Sirka kislotasini ishlab chiqarishda inson organizmiga toksinli taʼsir qiladigan moddalar ishlatiladi va hosil boʻladi (atsetaldegid, sirka kislotasi, marganets karbonati, nikel karbonati, kalsiyli soda).
106. Sirka kislotasi ishlab chiqarishi yongʻin va portlash uchun xavfli hisoblanadi. Atsetaldegid va sirka kislotasi uchun portlashning past chegarasi mavjud. Kommunikatsiyalar, gardishli birikmalar va apparatlar orqali atsetaldegid yoki sirka kislotasining sizib chiqib ketishi portlash, yongʻin, shuningdek atrof- muhitning gazlanishiga olib kelishi mumkin.
107. Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari tomonidan xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi, texnologik tartib meʼyorlari buzilishi quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
a) portlashga;
b) atsetaldegid, sirka kislotasi, marganets, nikel, kobalt tuzlari, sirka kislotasi xom ashyosi bilan zaharlanishga;
v) azot bilan boʻgʻilishga;
g) teriga xom ashyo va mahsulotlar (atsetaldegid, sirka kislotasi, katalizatorli eritma) tushishi natijasida kimyoviy kuyishlarga;
d) bugʻ, bugʻli kondensat, qaynoq suv bilan termik kuyishga;
e) elektr toki taʼsiridan tan jarohati olishga;
j) mexanik jarohat olish yoki yonishga.
3-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
108. Ishlab chiqarish jarayonlarining yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borish GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablar” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablar” iga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
109. Har bir sex, uchastka, omborda mavjud meʼyorlar asosida mahalliy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma hamda yongʻin sodir boʻlgan vaqtda xodimlarni evakuatsiya qilish chizmasi ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
110. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomasi ishlab chiqarishdagi oʻqitish tizimiga kiritilgan boʻlishi lozim.
111. Har bir tashkilotda maʼmuriyat tomonidan tayinlangan barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yongʻin xavfsizligiga masʼul xodim boʻlishi lozim. Yongʻin xavfsizligiga masʼul shaxs familiyasi, yongʻin xavfsizligi xizmati qutqaruv telefonlari yozilgan peshtaxtalar koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
112. Yongʻin xavfsizligiga masʼul shaxs majburiyatlari yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan boʻlishi lozim.
113. Har bir tashkilotda yongʻinga qarshi asboblar toʻplami, yongʻin oʻchirish vositalari, soni va joylashtirilishi mahalliy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan boʻlishi lozim.
114. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha xodimlar bilan belgilangan dasturlar boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va mashgʻulotlar oxirida xodimlarning olgan bilimlari sinovdan oʻtkazilishi hamda sinov natijalari hujjatlashtirilib, unda oʻtilgan mavzular boʻyicha baholar koʻrsatilishi lozim. Yongʻinga qarshi tayyorgarlikdan oʻtmagan shaxslar ishga qoʻyilmaydi.
115. Ishlab chiqarish uchastkasida, laboratoriyada, omborda va maʼmuriy binolarda (egallagan lavozimidan qatʼi nazar) ishlayotgan har bir xodim yongʻin xavfsizligi qoidalarini aniq va qatʼiyan bajarishi, yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi lozim.
116. Boʻlinmalar rahbarlari quyidagilarni bajarishlari shart:
a) barcha ishchi va muhandis xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi qoidalarini oʻrganish va bajarishni tashkil qilishlari;
b) ishlab chiqarishni portlash xavfi va yongʻin xavfi kamayishiga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqishi va tatbiq etishni taʼminlashi;
v) hamma boʻlinmalarda yongʻinga qarshi qattiq rejim oʻrnatish (chekish uchun joyni aniqlash va jihozlamoq, olovli ishlarni bajarish tartibini oʻrnatish, ish tugaganidan soʻng binolarni koʻrib chiqish va yopish tartibi) va uni bajarilishini doim nazorat qilishi;
g) yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun javobgar shaxslarni tayinlashi;
d) yongʻinga qarshi yoʻriqnomalardan va yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishini tashkillashtirishi.
117. Xodimlar:
a) yongʻin xavfsizligi qoidalarini bilishlari va bajarishlari, mahsulot va xom ashyoni zaharlovchi va yonish - portlash xavfi xususiyatlarini bilishlari:
b) yongʻin oʻchirish vositalarining joylashgan joylarini, ularning mavjudligini va soz holatda ekanligini hamda ulardan foydalanish qoidalarini bilishlari;
v) yongʻinga olib keladigan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi lozim.
118. Chekishga ruxsat etilgan joylarda plakatlar osilgan boʻlishi shart. Chekish uchun joylar “Yongʻin xavfsizlik qoidalari”ga koʻra jihozlangan boʻlishi shart.
119. Elektr uskunalarda yongʻin sodir boʻlganda birinchi galda elektr manbasidan oʻchirish lozim. Yongʻinni oʻchirish uchun quruq qum yoki uglekislotali yongʻin oʻchiruvchilardan foydalanish kerak.
120. Ishlab chiqarish binolarida yongʻin manbai paydo boʻlganda, tezda shamollatgichni oʻchirish zarur va harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismiga xabar qilib, “Yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma” ga koʻra yonish manbaini bartaraf etishga kirishish kerak. Hamma yonish holatlar haqida ishlab chiqarish rahbariga xabar berish zarur.
4-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalari avtomatik oʻchishini taʼminlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari
121. Portlash jihatidan xavfli texnologik jarayonlar uchun texnologik uskunalarda avariyaga qarshi himoya tizimlari nazarda tutiladi.
122. Avariyaga qarshi himoya tizimlari texnologik jarayonni boshqarishning umumiy tizimiga ulangan holda boʻladi.
123. Avariyalarni oldini olish maqsadida texnologik tizimlarda avariyaga qarshi qurilmalarni, jumladan qulflash, qulflash-tartibga solish temirini, klapanlarni, ajratuvchi va boshqa oʻchiruvchi qurilmalarni hamda bosim qiymati oshib ketishiga qarshi saqlovchi qurilmalarini qoʻllash tavsiya qilinadi.
124. Texnologik jarayonni olib borish xavfsizligi aniq bir parametrlar (harorat, bosim, namlik va boshqalar) bilan belgilanadigan barcha apparatlarda (signal beruvchi asboblar, rostlovchi asboblar, oʻzi yozar asboblar va koʻrsatuvchi asboblar) oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
125. Mehnat sharoitlari xavfsizligini taʼminlash va texnologik jarayonning fizikaviy-kimyoviy parametrlarini nazorat qilish uchun, ishlab chiqarishlar nazorat-oʻlchov asboblari, avariya, ogohlantiruv va texnologik signalizatsiyalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
126. Apparatlar ichidagi toksik tez alangalanuvchi va oʻyuvchi suyuqliklarning sathini oʻlchash ishlari sath oʻlchagich yordamida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
127. Tashkilot va sex rahbariyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq, zararli ish sharoitlarini bartaraf etish, baxtsiz hodisalarni oldini olish va ish joylarini tegishli sanitariya-gigiyena holatda saqlanishini taʼminlash boʻyicha zaruriy choralarni koʻrishi shart.
(127-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
5-§. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelganligi haqida oʻz vaqtida xabar berish usullari
128. Yonuvchi gazlar ajralib chiqishi ehtimoli boʻlgan ishlab chiqarish xonalarida havo tarkibida gazlarning portlash xavfi darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun (gazlarning ajralish ehtimoli yuqori boʻlgan joylarda) avtomatik signalizatorlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Signalizatorlar avariya ventilyatsiyasiga ulangan boʻlishi zarur.
129. Avariyani bartaraf etish planida, ishchi zonasi uchun zararli moddalarning sizib chiqishi va yigʻilishi, chegaraviy ruxsat etilgan havodagi konsentratsiyalaridan oshib ketganida, chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.
130. Avariya yoki boshqa nosozliklar aniqlangan holda, avariya vaziyati masʼul shaxslar tomonidan baholanishi, shuningdek, sexda avariya holati eʼlon qilinishi hamda bu toʻgʻrisida tashkilotning rahbari xabardor qilinishi lozim.
6-§. Maxsus talablar
131. Ximik moddalar bilan ishlarni xavfsiz tashkillashtirish amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
132. Bir ishlab chiqarish xonasida har xil zararli moddalar bilan ishlovchi ishlab chiqarish uchastkalari joylashganda, ishlab chiqarish xonalariga zararli moddalarni tarqalib ketmaslik choralari nazarda tutilishi lozim.
133. Pollarni qoplovchi materiallari ximiyaviy taʼsirga chidamli va zararli moddalarni shimmasligi lozim.
134. Havo almashuvi tashkil qilinganida zararli moddalari koʻp boʻlgan yoki portlashga xavfli gazlar, bugʻlar va changi boʻlgan xonadagi havoni boshqa xonalarga chiqib ketishini bartaraf etish uchun, keyingi xonalarda havoning ortiqcha bosimini ushlab turish lozim (berilayotgan havo hajmi chiqarib yuborilayotganidan koʻp boʻlishi lozim).
135. Ishlab chiqarish xonalari ventilyatsiyasining loyihasi eng koʻp xavfli va zararli moddalar ajraladigan, ishlarni ogʻirlik kategoriyasini hisobga olgan holda, muayyan ishlab chiqarish uchun hisoblanishi lozim.
136. Umumiy soʻrma qurilmalariga chang va yengil kondensatsiyalanadigan bugʻlar soʻrmalari, bundan tashqari aralashganda zararli aralashmalar yoki kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi moddalarni birlashtirilishi man etiladi.
137. Kimyoviy moddalar bilan ish olib borish xonalarida, ventilyatsiya tizimida va havo bilan isitilganda havoni retsirkulyatsiyasi man etiladi.
138. Isitish-ventilyatsiya jihozlari, quvurlari va havo quvurlari, agressiv muhitli xonalarda joylashtirilganida, ular korroziyalanmaydigan materialdan qilinishi nazarda tutilishi lozim.
139. Berilayotgan havoni uzatilishi asosan sozlanadigan havo taqsimlagichlar orqali ish zonasiga, mahalliy soʻrmalarni ishiga taʼsir qilmaydigan qilib berilishi nazarda tutilishi lozim.
140. Kutilmaganda katta miqdorda zararli yoki yonuvchi gazlar, bugʻlar yoki aerozollar birdaniga kirib qolishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish xonalariga, avariya ventilyatsiyasi nazarda tutilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
141. Sirka ishlab chiqarishining elektr simlari va elektr qurilmalari, elektr tarmoqlarini montaj qilish va foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarida belgilangan xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilinishi lozim.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2073-3, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2073-3/0117-son)
142. Xonaning havo muhiti xarakterini hisobga olib (ishlab chiqarish xonasining havosida chang, namlik, agressiv moddalarni boʻlishi) himoyalangan yoritgichlar nazarda tutilishi kerak (chang-nam oʻtkazmaydigan, oʻtga va portlashga xavfsiz).
143. Avariya yoritish (xavfsizlik va evakuatsiya yoritish) yoritgichlari ishchi yoritish tizimiga bogʻlanmagan holda ulangan boʻlishi lozim.
144. Chang va yengil yonuvchi bugʻlarning soʻrmalarini, ular aralashganda zararli aralashma yoki kimyoviy birikmalar hosil qilsa, umumiy soʻrma qurilmasiga birlashtirish man etiladi.
145. Kimyoviy moddalar bilan ish olib boriladigan xonadagi ventilyatsiya tizimlarida va havo bilan isitilganda havo retsirkulyatsiyasi man etiladi.
146. Berilayotgan havoni asosan ishchi zonaga sozlanuvchi havo taqsimlovchi orqali shunday uzatilishi kerakki, mahalliy soʻrmalar ishini buzmasligi lozim.
147. Soʻrma tizimlarining jihozlari uchun xonalar, oʻt portlashi va oʻtga xavfli har xil toifali bir nechta xonalarga xizmat koʻrsatsa, xavfli toifali deb hisoblanishi kerak.
148. Kutilmaganda katta miqdorda zararli yoki yonuvchi gazlar, bugʻlar yoki aerozollar kirishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish xonalariga avariya ventilyatsiyasi oʻrnatilishi lozim.
149. Xonaning havo muhitini hisobga olgan holda (ishlab chiqarish xonasining havosidagi chang, namlik, agressiv moddalar boʻlishi) yoritgichlar himoyalangan (chang, namlik oʻtkazmaydigan, oʻt va portlashga xavfsiz) boʻlishi kerak.
150. Avariya holatida yoritish (xavfsizlik va evakuatsiya yoritish) yoritgichlari ishchi yoritish tizimiga bogʻlanmagan holda tizimga ulangan boʻlishi lozim.
151. Oʻtga va portlashga xavfli xonalarning elektr sim oʻtkazilishi portlashga xavfsiz qilib ishlangan boʻlishi lozim. Bu xonalarda oʻchiruvchi elektr moslama, saqlagichlar va hokazolar oʻrnatilishi taqiqlanadi.
152. Zararli kimyoviy moddalar bilan ish olib boriladigan ishlab chiqarish xonalarida koʻz va tanani yuvish uchun dush va favvoralar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
153. Kimyoviy moddalarning ishchi aralashmasi ish joyiga ishlatishga tayyor holda berilishi lozim.
154. Kimyoviy moddalarning ishchi aralashmalarini tayyorlash markazlashgan boʻlib, maxsus xizmatchilar tomonidan texnolog boshchiligida amalga oshirilishi lozim.
155. Ish joyiga berilayotgan kimyoviy moddalarning miqdori bir smenada ishlatiladigan miqdordan ortiq boʻlmasligi lozim.
7-§. Korroziyadan himoyalash
156. Ishlab chiqarishning bino ichida va ochiq maydonchalarda joylashgan barcha asbob-uskunalari, kommunikatsiya va metall konstruksiyalari loyihaga binoan tashqi korroziyadan himoyalangan boʻlishi kerak.
157. Quvurlarning tashqi yuzasini korroziyadan himoya qilish tizimi va turini tanlash, ularni oʻtkazilish sharoitlari va usullari, tashqi muhitning korroziyaga aktivlik darajasi va xususiyati, elektr korroziyaga xavflilik darajasi, tashiladigan moddalarning turlari va parametrlariga bogʻliq holda amalga oshiriladi.
158. Ishlab chiqarishda atrof muhitni agressiv taʼsiri darajasini baholash, yer ustidagi quvurlarning tashqi yuzasini, shuningdek, qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoyalash. Loyihalash meʼyorlari” va QMQ 3.04.02-97 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish. Bajarilgan ishlarni qabul qilish qoidalari” talablariga muvofiq metall va nometall himoya qoplamalar ishlatish bilan amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
159. Ishlab chiqarishda agressiv muhit taʼsiriga uchraydigan apparat, kommunikatsiya va ularning birikmalari maxsus qoplamalar bilan himoyalangan, korroziyaga uchramaydigan materiallardan qilingan boʻlishi kerak.
160. Korroziya keltirib chiqaradigan sharoitlarda ishlaydigan apparaturalar holati ustidan, davriy reglamentlangan koʻrikdan oʻtkazish va apparat devorlari qalinligi va yoyilish kattaligini (tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan jadval boʻyicha) aniqlash yoʻli bilan, bosh mexanik xizmatining maxsus nazorati oʻrnatilishi kerak. Apparatlar holatini tekshirish natijalari maxsus jurnal yoki pasportda yozilgan boʻlishi zarur.
161. Devorlar qalinligini tekshirish usuli, joyi va davriyligi aniq sharoitlarga bogʻliq holda, tashkilot bosh mexanigi xizmati tomonidan belgilanadi.
162. Agressiv muhitlar uchun moʻljallangan apparaturalarni tayyorlash uchun materiallar, shu muhitning agressiv taʼsiriga ularning chidamliligini hisobga olgan holda, tanlanishi kerak. Sirka ishlab chiqarishda kimyo apparaturalarini tayyorlash uchun materiallarni tanlashda quyidagilar hisobga olinishi kerak: korroziyaga chidamliligi, mustahkamliligi, yuqori haroratga bardoshliligi, materiallarga ishlov berish va payvandlash mumkinligi, uning qulayligi va bahosi.
163. Pana joy, havo quvuri, tortuvchi ventilyatorlar va boshqa materiallar ventilyatsiya qurilmalari chiqarib tashlayotgan havo gaz aralashmasi tarkibidagi korroziyalovchi moddalarga nisbatan chidamli boʻlishi kerak.
164. Kondensatli havoni soʻrib oladigan ventilyatorlarning gʻildiragi va gʻilofi korroziyadan saqlash uchun himoya qoplamalariga ega boʻlishi kerak.
165. Ishlab chiqarish xonalari havosida agressiv moddalarning bugʻlari mavjudligini hisobga olib, apparaturalar sirtini korroziyaga chidamli qoplamalar bilan himoya qilish kerak. Izolyatsiya qoplamalarining tashqi qatlamidagi barcha nuqsonlar tezda, kechiktirmasdan bartaraf etilishi zarur.
IV. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
166. Barcha qoʻzgʻalmas uskunalar, agregat va dastgohlar ishlab chiqargan zavod koʻrsatmasiga binoan mustahkam asoslarga va poydevorlarga oʻrnatilishi lozim.
167. Barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlar (vallarning chiqib turgan uchlari, harakat uzatuvchi tasmalar va boshqalar) toʻsilgan boʻlishi kerak.
168. Toʻsiqlar mustahkam, yengil, ishonchli ravishda mahkamlangan boʻlishi va qisib qoluvchi tirqishlari, kesib oluvchi va oʻtkir burchaklari boʻlmasligi kerak.
169. Ogʻirligi 5 kg dan ortiq boʻlgan toʻsiqlar ushlash uchun qulay dastaklarga ega boʻlishi kerak.
170. Oʻzidan changli havo chiqaruvchi ishlab chiqarish uskunalari zichlab berkitilishi va chang havoni soʻrish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
171. Yangi oʻrnatilgan yoki kapital sozlashdan chiqqan uskunalarni xavfsizlik texnikasi muhandisi ishtirokida dalolatnoma tuzilgandan keyin ishlatishga ruxsat berilishi lozim.
172. Mashinani sozlash, tozalash, moylash va kamchiliklarini bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni bajarish elektr taʼminotidan uzib qoʻyilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan va ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyilgan holatda bajarilishi lozim. Mashinani yurgazish belgini osib qoʻygan shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak.
173. Toʻsiqlarning va himoyalovchi moslamalarning hamda asboblarning sozligi sex (boʻlinma) rahbariyati tomonidan muntazam tekshirib turilishi kerak.
174. Montaj va demontaj vaqtida qoʻllanadigan tagliklar va koʻtarish mexanizmlari ish boshlashdan avval sinab koʻrilishi kerak.
175. Ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanishda:
a) mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va masofadan boshqarishni qoʻllash;
b) ergonomik talablarni qoʻllash;
v) foydalanish, taʼmirlash, yigʻish, transportda tashish va saqlash boʻyicha xavfsizlik talablariga amal qilish lozim.
176. Ishlab chiqarish uskunasini tozalash ishlari maxsus asboblar yordamida (shyotka, qirgʻich, ilmoq va boshqalar) amalga oshirilishi lozim. Ishlab turgan uskunada tozalash va yigʻishtirish ishlarini bajarish taqiqlanadi.
177. Uskuna ishlab turgan vaqtda uning harakatlanuvchi qismlarini qoʻlda moylash taqiqlanadi.
2-§. Ishlab chiqarish uskunasini joylashtirishdagi xavfsizlik talablari
178. Ishlab chiqarish xonalarida va ish joylarida ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirilishi xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun xavf tugʻdirmaydigan boʻlishi lozim.
179. Sexda oʻtish yoʻlaklari kengligi quyidagidan kam boʻlmasligi lozim:
a) magistral oʻtish yoʻlaklari — 1,5 m;
b) uskunalar oraligʻidagi oʻtish yoʻlakchalari — 1,2 m;
v) devorlar va uskunalar oraligʻidagi oʻtish yoʻlaklari — 1,0 m;
g) uskunaga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan oʻtish yoʻlaklari — 0,7 m.
180. Ishlab chiqarish binolari, galereya, tunnellar va estakadalarda konveyerlar tuzilmasi va joylashtirilishi GOST 12.2.022-80 “Konveyerlar. Xavfsizlik umumiy talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
181. Oʻtish yoʻllarining bir tomonida joylashgan ish joylaridagi oʻtish yoʻlakchalarining kengligi 0.75 m. dan va oʻtish yoʻlining ikki tomonida joylashgan ish joylaridagi oʻtish yoʻllarining kengligi esa 1,5 m. dan kam boʻlmasligi lozim.
182. Konveyerlarga xizmat koʻrsatish uchun oʻtish yoʻlaklari kengligi quyidagilardan kam boʻlmasligi lozim:
a) bir tomondan xizmat koʻrsatiladigan konveyer uchun — 0,7 m.;
b) parallel joylashgan konveyerlar oraligʻida — 1,0 m.;
v) qattiq yoki toʻrsimon toʻsiqlar bilan butun trassa boʻyicha yopilgan parallel joylashtirilgan konveyerlar oraligʻi — 0,7 m.;
g) konveyerlar oraligʻida joylashgan oʻtish yoʻlaklaridagi ustunlar boʻlganda ustun va konveyer oraligʻi — 0,6 m.;
d) ikki tomondan xizmat koʻrsatiladigan parallel joylashtirilgan plastinasimon konveyer oraligʻi — 1,2 m.;
e) yuk yuklovchi yoki tushiruvchi qurilmalar ustidan oʻtuvchi konveyer trassa uchastkalari ikki tomonida — 1 m.;
183. Konveyer boʻylab oʻtish yoʻlagini balandligi quyidagidan kam boʻlmasligi lozim:
a) ishlab chiqarish xonalarida — 2,2 m.;
b) galereya, tunnel va estakadalarda — 1,8 m.
184. Ishlaganda chang chiqaruvchi (maydalash, elash, transport va boshqa) uskuna zich yopilgan boʻlishi lozim. Chang chiqaruvchi uskunani zich yopish uchun moʻljallangan qoplamalar aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
185. Gaz-chang ushlovchi qurilmalardan foydalanishda amaldagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish lozim.
186. Bosim ostida ishlovchi qurilma, moslama hamda ularni taʼmirlash va foydalanish amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
187. Ishchi bosimi 0,07 MPa (0,7 kgs/sm2)dan yuqori boʻlgan bugʻ qozonlari, bugʻ isitgichlari, ekonomayzerlari va suv harorati 115oS dan yuqori boʻlgan suv isitish qozonlarini tuzilishi, joylashtirilishi va ulardan foydalanish, amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
188. Quvvati 14 kW va yuqori boʻlgan statsionar va porshenli kompressorlar, shuningdek 0,2 dan 40 MPa gacha bosimli havo va inert gazlarda ishlovchi, havo uzatish va gaz uzatishlarni joylashtirish va foydalanish, amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
3-§. Nasoslar
189. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni haydash uchun qoʻllaniladigan nasoslar GOST 15110-87 “Kimyoviy ishlab chiqarishlar uchun markazdan qochma nasoslar” va GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
190. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni bir joydan boshqasiga oʻtkazadigan nasoslar, uchqun paydo boʻlishini yoʻqotadigan konstruksiyaga ega boʻlishi kerak.
191. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni bir joydan boshqasiga oʻtkazish uchun — qochma bessalnikli ikki gʻoʻlali zichlash yoki boshqa konstruksiyalar bilan jihozlarni zichlaydigan yuqori mustahkam nasoslar ishlatilishi lozim.
192. Salniklar orqali — tez alangalanuvchi suyuqliklar chiqib ketishi mumkin boʻlgan nasoslarni ishlatilishi man etiladi.
193. Qoidaga koʻra, soʻrib oladigan yoʻlni minimal masofasini taʼminlash uchun nasoslar texnologik topshiriq boʻyicha guruhlar boʻyicha joylashtirilgan boʻlishi kerak.
194. Nasoslarda taglik, ishlatish jarayonida suyuqliklarni salniklardan qaytarish va yigʻish uchun hamda, yuvdirish va taʼmirlash paytida drenaj sigʻimida qiyalik boʻlishi kerak.
195. Oquvchi-soʻruvchi ventilyatsiya oʻchirilgan yoki tuzatilmagan tizimlarda tez alangalanuvchi suyuqliklarni bir joydan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha nasosli stansiyalarni ishlatilishi man etiladi.
196. Joydagi salniklardan bugʻlarni soʻruvchi, tez alangalanuvchi suyuqliklarga moʻljallangan nasoslar joydagi soʻruvchilar ishlagan vaqtida ishga tushirilishi kerak.
197. Nasoslarni ishlash vaqtida — ishqalanadigan sirtni moylanishi, nasoslarni salniklari va podshipniklari harorati doimo kuzatib borilishi lozim. Nasoslarni pastida moylanadigan materiallar va tashiladigan tez alangalanuvchi suyuqliklarning toʻplanishi, sepilishi va tarqalishi man etiladi.
198. Nasoslarni normal ish tartibini buzadigan nosozliklar aniqlangan taqdirda nasosni toʻxtatish va nosozlikni bartaraf qilish zarur. Nasoslar, agregatlar va quvurlarni oʻchirmasdan, yuvdirmasdan va inert gaz bilan puflamasdan taʼmirlov ishlarini olib borish taqiqlanadi.
199. Nasoslar texnologik qurilmalarning ostida joylashganda ularni masofadan boshqarish moslamalar orqali toʻxtatilishi inobatga olinishi kerak.
200. Nasoslarning poydevorlari, suv yigʻilish chuqurchalari, nov va pollari doimo tozalikda saqlanishi va toʻkilgan mahsulot va moylardan darhol tozalanishi lozim.
201. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni boshqa joyga oʻtkazish uchun nasosxonalarni havo muhiti nazorat qilinishi va tegishli asboblar bilan jihozlanishi kerak.
202. Nasosxonalarda tez alangalanuvchi suyuqliklar va shunga oʻxshash materiallarni saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qopqogʻi zich yopiladigan maxsus metalldan tayyorlangan idishlarda bir sutkalik ehtiyoj boʻlgan moylash materiallari saqlanishi mumkin.
203. Har bir markazdan qochuvchi nasos agregati ish vaqtida nasos toʻldirilmaganda, zatvor suyuqligining bosimi belgilangan birlikdan past boʻlganida, podshipnik harorati belgilangan birlikdan yuqoriga koʻtarilganida, ishlab turgan nasosning ishini blokirovka va himoya qiluvchi avtomatlashtirilgan tizim bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
204. Nasos qismlarining materiallari statistik elektrlarning koʻpayishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
4-§.Ustunli apparatlar (oksidlovchi ustun, rektifikatsion ustun)
205. Rektifikatsion kolonnaning issiqlik izolyatsiyasi, kimyoviy mustahkam boʻlishi kerak.
206. Atsetaldegidni oksidlanish jarayoni xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagilar zarur:
a) azotni yoʻqligida oksidlanish boʻlinmasi ishiga yoʻl qoʻymaslik;
b) portlash xavfi boʻlgan aralashmalar kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tarkibida atsetilen boʻlgan atsetaldegidni oksidlangan uskunaga berishga yoʻl qoʻymaslik;
v) reaksiyali zonada sirkali kislota tagida va uning portlashda parchalanishini oldini olish uchun, oksidlangan uskunada haroratni kamida 50oS pasayishiga yoʻl qoʻymaslik;
g) reaksiya zonada haroratni 80oS dan koʻp koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaslik;
d) oʻz-oʻzidan yonish va portlash roʻy bermasligi uchun, gazda kislorodni hajmiy qismi 10 % dan koʻp koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaslik.
207. Asbob-uskuna zichligining buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Zichligini buzilishiga quyidagilar sabab boʻlishi mumkin:
a) texnologik jarayon meʼyorining buzilishi;
b) apparatlar, quvurlar, armaturalarni mexanik shikastlanishi;
v) yemirilishi;
g) tebranishi va boshqalar.
208. Bosimni juda koʻtarilib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, uskunalar blokirovkalar bilan taʼminlangan, oqim tizimiga mahsulotlarni bugʻini yuboradigan, ajratadigan liniyalar va saqlaydigan qopqoq bilan jihozlangan boʻlishi hamda tashlama liniyalarda oʻt toʻsiqlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
209. Tozalash ustuni ishga tushishidan oldin, uni azot bilan puflash zarur.Tozalash ustunini ishga tushirish paytida texnologik qoʻllanma boʻyicha ish bajarilishi ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilish kerak.
210. Suyuqli kuchli zarbani oldini olish va bunda kondensatni yoʻq qilish uchun bugʻni bugʻlatgichga berishdan oldin bugʻ tarmogʻini puflash zarur, shundan soʻng bugʻ armaturani sekin ochgan holda sekin bugʻ berilishi kerak.
211. Tozalash ustunidan foydalanish jarayonida apparatlar majmui tuzatilganligi va jarayon koʻrsatkichi doimo nazorat qilinishi lozim.
212. Sirka kislotasini tozalash uskunasida havo olib boradigan tarmoqda oʻt toʻsiqlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
213. Ishlab chiqarish binosi ortiqcha issiqlik oʻtkazmaydigan boʻlishi kerak.
214. Tozalash boʻlim apparaturasi muntazam katalizator tuzlaridan va kubli qoldiqlardan tozalab turilishi kerak.
5-§. Reaktorlar
215. Oʻtga xavfi boʻlgan texnologik jarayonlarni aralashtiradigan qurilmalar bilan reaktorlarda ishonchli avtomatik nazorat vositalari boʻlishi kerak.
216. Oʻchirilgan yoki buzuq nazorat oʻlchov asbobi va himoya moslamasi bilan reaktorlardan foydalanish man etiladi.
217. Reaktordan buzuq sinalgan moslama orqali sinovlarni tanlab olinishi man etiladi.
218. Foydalanish jarayonida aralashtirgichlar salnik zichlanishini germetigligi nazorat qilinishi lozim.
6-§. Rezervuarlar
219. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni (sirka kislotasi, atsetaldegid) saqlash uchun rezervuarlar armatura va asboblar bilan (sath oʻlchagichlari, maxsus toʻplagichga chiqish bilan toshish quvurlari, toʻldirish darajasini chegarali signalizatsiyalari, saqlagich qopqoqlari, havo quvuri bilan ulangan, tashqariga chiqarilgan va oʻt toʻsiqlari bilan) taʼminlangan boʻlishi kerak.
220. Havo olish klapan qurilmasi har bir rezervuarni foydalanadigan sharoitiga muvofiq boʻlishi kerak.
221. Tez alangalanuvchi suyuqliklar bilan rezervuarlarni belgilangan chegaradan koʻp toʻldirilishi man etiladi. Idishni toʻldirish chegarasining darajasi texnologik ish tartibida koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Toʻldirishning chegarasi avtomatik tartibga keltirish tizimi bilan taʼminlanishi shart.
222. Rezervuarlardan tez alangalanuvchi suyuqliklarni toʻldirish yoki boʻshatish vaqtida sinash tanloviga yoʻl qoʻyilmaydi. Suyuqlik harakati toʻliq toʻxtatilgandan soʻng sinovlar tanlovini ishlab chiqishi tavsiya etiladi.
223. Rezervuarlarning koʻrigida, daraja oʻlchovida yoki sinovlarni tanlovida uchqun bermaydigan moslama yoki asboblarni ishlatish tavsiya etiladi.
224. Rezervuarlarni qopqogʻini ehtiyotlik bilan zarbasiz ochish va yopish kerak.
225. Sirka kislotasini saqlash uchun moʻljallangan rezervuarlar, kislotani isitish uchun (reshiferlar) qurilmalar yoki gʻiloflar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
226. Har bir rezervuarga tayyorlash boʻyicha, foydalanish va taʼmirlov boʻyicha texnikaviy hujjatlar tutilishi shart.
7-§. Quvurlar
227. Quvurlarni joylashishi, yotqizish usullari, qurilmalar QMQ 2.04.10-96 “Zararli, yonuvchi va siqilgan gaz quvurlarining xavfsiz ishlashi va qurilma qoidalari”, “10 MPa gacha bosim ostidagi poʻlat quvurlarni texnologik rejalashtirish boʻyicha yoʻriqnoma” va QMQ 3.05.05-97 ning “Texnologik moslamalar va texnologik quvurlar” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
228. Quvur materiallarini, qismlari va armaturalarini tanlashda quvurlarning tasnifi hisobidan tashqari, ularning shartli oʻtish va transportlash parametrlari, ularning agressiv va nurash xususiyatini inobatga olish, hamda sirka kislotasini kimyoviy tarkibining saqlanishini hisobga olgan holda, faqat temirdan boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
229. Quvurlarni montajida material sifati, quvur qismlari va armaturalarini ularning sertifikatlari, standartlari, texnik shartlari va boshqa texnik hujjatlarga muvofiq kirish nazorati hamda normativ-texnik hujjatlarga muvofiq bajarilgan ishlar sifati operatsiya nazorati oʻtkazilishi kerak. Kirish nazorati natijalari buyum sifatini tasdiqlovchi barcha hujjatlar ilovasi bilan dalolatnoma orqali rasmiylashtirilishi lozim.
230. Tashkilot ishlab chiqaruvchining hujjatlarida koʻrsatilgan (bunday koʻrsatmalar yoʻqligida — ishlab chiqarish sanasi mobaynida) kafolat muddati tugagan material va buyumlar faqat taftish, nuqsonlarni bartaraf etish, tajriba va boshqa ishlar oʻtkazilgandan keyin montajga topshiriladi. Oʻtkazilgan ishlar natijalaridagi maʼlumotlar tashkilot ishlab chiqaruvchi ilova hujjatlariga kiritilishi kerak.
231. Xodimlarni evakuatsiya yoʻllarida (koridorlarda), kompleks transformator kichik stansiyalarida, taqsimlovchi qurilmalar, elektrpodstansiyani tashqi devorlaridan, maishiy, maʼmuriy, xoʻjalik binolari, elektr binolari, texnologik jarayon bilan boshqariladigan binolar, shamollatish kameralari, issiq punktlar va shunga oʻxshash boshqa binolardan — yonuvchi, tajovuzkor va zaharli moddalarni transportlantiruvchi texnologik quvurlarning oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
232. Sexlar ichidagi atsetaldegid va sirka kislotasi quvurlari qoidaga koʻra, yer ustida tayanchlarga oʻtkazilishi tavsiya etiladi.
233. Quvurlar va zanglamaydigan poʻlat va ularning tayanchi orasiga prokladka joylashtirish tavsiya etiladi.
234. Atsetaldegid oʻtkazgichlar — kislota oʻtkazgichlar yoki tepaligining harorati 50o dan koʻp isitilgan apparatlar va quvurlar yonida oʻtkazilishiga ruxsat etilmaydi.
235. Tashqi material oʻtkazgichlar — payvandlangan boʻlishi kerak, ularni yonmaydigan materiallardan tayyorlangan estakadalarda oʻtkazish mumkin.
236. Sirka kislotasini ishlab chiqarish tashqi quvurlarini oʻz ishlab chiqarish binolarini korpus devorlari boʻyicha kranshteynlarga yotqizish mumkin, quvurlar deraza oʻrnini kesib oʻtmasligi lozim.
237. Quvurlarni idish yoki sex apparatiga toʻliq boʻshatish imkoniyatini taʼminlanadigan, qiyalik bilan loyihalash lozim. Asosli hollarda quvurlarni boʻshatishini taʼminlaydigan, kichkina qiyalik bilan quvurlarning yotqizilishiga yoʻl qoʻyiladi.
238. Sirka kislotasini transportlovchi quvurlarni yotqizish vaqtida korpusda, etajerkada, ochiq maydonda, estakadada quyidagilarni bajarish kerak:
a) barcha gardish ulanishlarni — ulardan kislotani yoʻq qilinishi bilan himoya qoplamasi bilan taʼminlash;
b) kislota oʻtkazishning barcha koʻlamida xizmat koʻrsatish va koʻrib chiqish imkoniyatini taʼminlash;
v) ularni boshqa birga yotqizilgan quvurlardan past va chetidan joylashtirish (estakadada oʻtkazish vaqtida) ;
g) ularni bugʻ yoʻldoshi bilan birgalikda yotqizish (sirka kislotasining muzlamasligi uchun);
239. Sirka kislotasi oʻtadigan quvurlar, payvandlangan choklarni eng kam soni boʻlishi kerak.
240. Sexlarda kirish quvurlarida texnologik tugunlar va oʻrnatishlarda — toʻsiqli armatura oʻrnatilishi kerak. Diametri 400 mm va undan koʻp boʻlgan tez alangalanuvchi suyuqliklarni transportlash uchun quvurlarda — qoʻl bilan qayta takrorlash va masofadan boshqarish bilan toʻsiqli armatura oʻrnatilishi kerak.
241. Quvurlarni belgilanishi va boʻyalishi, mahsulot harakat yoʻnalishi koʻrsatgichlari GOST 14202 ning “Sanoat korxonalari quvurlari. Tanish boʻyoqlari, ogohlantirish belgilari, belgilash toʻsiqlari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
242. Quvurlardan foydalanishda, quvurlarni tashqi yuzasining ahvoliga va uning detallariga (armatura, krepej, gardish ulamalari, payvand choklari) antikorrozion himoyasi va izolyatsiyasiga, drenajli moslamalarga, moslashtirgichlarga, tirgovuch qurilmalar va boshqalarga puxta nazoratni amalga oshirish zarur. Koʻriklar natijalari jurnalda qayd qilinishi har smenada bir martadan kam boʻlmasligi kerak.
243. Portlash xavfi boʻlgan texnologik tizimlarda, qoidaga koʻra, egiluvchan shlanglarni qoʻllash man etiladi, toʻkish-quyish hollarida egiluvchan shlanglarni qoʻllash mumkin.
244. Sirka kislotasini nostatsionar moslamalarga (temir yoʻl sisternalar) quyish va toʻkish ish jarayoni uchun, hamda yordamchi ish jarayoni uchun egiluvchan shlanglar ishlatilishi mumkin. Yordamchi ish jarayonini bajarish uchun egiluvchan shlanglarni ulash — faqat shu ishlarni oʻtkazish davrida ruxsat etiladi. Quvurlar bilan shlanglarni ulanishi, standart boʻlinmalar yordamida amalga oshiriladi.
245. Shlanglarning tanlanishi — transportlanuvchi mahsulotning xususiyati va jarayoni oʻtkazish koʻrsatgichlarining hisobi bilan amalga oshiriladi. Shlanglarning xizmat muddati amaldagi texnikaviy shartlar bilan oʻrnatiladi.
8-§. Laboratoriyada tez alangalanuvchi suyuqliklar bilan ishlash
246. Laboratoriya binolarida tez alangalanuvchi suyuqliklar (atsetaldegid va sirka kislotasi) bilan ishlash paytida kimyoviy moddalar va materiallarni yongʻin xavfini bilish shart.
247. Tez alangalanuvchi suyuqlik faqat qoʻllanmada aniqlangan idishda saqlanishi shart. Tez alangalanuvchi suyuqlik bilan shisha idish maxsus — zich yopiladigan qopqoqli, devor va tagi asbest bilan yopilgan va isitish manbaidan uzoq oʻrnatilgan metalli qutida joylashtirilishi lozim. Qopqoqni ichkari tomonidan tez alangalanuvchi suyuqlikni umumiy mumkin boʻlgan saqlash meʼyori va nomlanishi koʻrsatilgan aniq yozuv qoʻllanadi. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni saqlash meʼyori laboratoriya boshligʻi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni zichlik probkalari bilan taʼminlangan, sigʻimi 1 dm3 dan koʻp boʻlmagan, qalin shisha idishlarda saqlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
248. Tez alangalanuvchi suyuqliklarning isitilishi faqat paydo boʻladigan bugʻlarni toʻliq kondensatsiyalanishini taʼminlaydigan qurilma va asboblarda tavsiya etiladi. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni isitishi bilan bogʻliq jarayonlarni bajarganda, suv muzlatgichdan foydalanish tavsiya etiladi.
249. Isitish asboblari vazifasida ochiq spiralli eletroplitkani hamda ochiq alangani ishlatilishi mumkin emas.
250. Laboratoriya binolarida va tortish javonlarining elektr yorituvlari portlash himoyasiga ega boʻlishi kerak, vklyuchatellar tortish javonlaridan tashqarida oʻrnatiladi.
251. Laboratoriyada tez alangalanuvchi suyuqlikni saqlanishi — tasdiqlangan meʼyorlar bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. Tez alangalanuvchi suyuqliklarning sigʻimi 1 dm3 dan koʻp boʻlmagan zichli probkalari bilan taʼminlangan, qalin shisha idishlarda saqlanishiga yoʻl qoʻyiladi va shisha idishlar isitish maydonlaridan uzoqda oʻrnatilgan maxsus qutiga joylashtirilishi lozim.
252. Tez alangalanuvchi suyuqliklarning chiqindilarini kanalizatsiyaga toʻkish man etiladi. Ishlatilgan suyuqliklar maxsus zich yopiladigan idishlarda saqlanishi va ish kuni oxirida idish laboratoriyadan regeneratsiya yoki yoʻqotish uchun beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
253. Tez alangalanuvchi suyuqliklar tasodifan toʻkilganda, toʻkilgan joyni qum bilan qoplash tavsiya etiladi.
9-§. Saqlash
254. Sirka kislotasi tayyorlovchi tashkilot qadogʻida yoki (GOST 5632 ning “Markalar. Issiqqa chidamli, Nurashbardoshli qotishmalar va yuqori legirlangan poʻlatlar”), 12X18N10T, 12X21N5T, 10X17N13M3T, 10X17N13M2T markali poʻlatdan tayyorlangan zichlik sigʻimida yopiq omborli binolarda yoki nam tegmaydigan soyabon tagida saqlanadi.
255. Sirka aldegidi (atsetaldegid) ning harorati 40oS dan yuqori boʻlmagan, bosimi 2,94 105 Ra (3 kg/sm2) dan koʻp boʻlmagan azotli yostiqcha tagida, rezervuarlarda saqlanadi. Saqlash uchun sigʻimlar saqlagich qopqoqlari bilan taʼminlangan hamda 50oS da sirka aldegid bugʻ bosimiga bardoshli boʻlishi va binodan tashqarida joylashtirilishi lozim. Sirka aldegidini saqlash uchun, foydalanishda boʻlgan 12X18N10T va 12X18N9T markali poʻlatdan tayyorlangan rezervuarlarni ishlatishga yoʻl qoʻyiladi. 1-chi navli sirka aldegidni karbonli poʻlatdan tayyorlangan rezervuarlarda saqlash mumkin.
256. Sirka aldegidni sisternalarda, namuna uchun idishlarda, saqlash vaqtida, azotli yostiqni yaratishda qoʻllaniladigan azotda kislorodni hajmiy qismi 2% dan koʻp boʻlmasligi kerak.
257. Karbonat angidrid marganets, karbonat angidrid nikel va sirkanordon kobalt ishlab chiqaruvchining qadoqlarida yopiq omborli binolarida saqlanadi.
258. Tez alangalanuvchi suyuqliklar joyini almashtirish va saqlash boʻyicha texnologik ishlar bajarilishi, statsionar, joyini almashtiradigan, rezervuar-saqlagichlarni toʻldirish va boʻshatish tartibi, bu ishlarni xavfsiz bajarilishini aniqlaydigan jarayonni oʻlchamlari tanlovi tez alangalanuvchi suyuqliklarning fizik-kimyoviy xususiyati hisobida amalga oshiriladi va qatʼiy belgilanadi.
259. Sirka kislotasining rezervuar-saqlagichlari, atsetaldegid va toʻkib-toʻldirgich punktlari nazorat vositalari va jarayonni xavfli oʻlchamlarini boshqarilishi bilan jihozlanadilar.
260. Avariya holatlarida tez alangalanuvchi suyuqliklarni boʻshatish uchun ularning rezervuarlarini avariya sharoitlarida xizmat koʻrsatishi uchun mumkin boʻlgan joylarda distansion boshqaruv bilan tez harakatchan, oʻchiradigan armatura bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
261. Toʻsiq devorlaridan yoki oʻpirilishdan oʻtish uchun (toʻsiqqa qarama-qarshi) zinalar, rezervuarlarni guruhi uchun 4 dona va alohida turgan rezervuarlar uchun 2 donadan kam boʻlmagan oʻtish joylari oʻrnatilishi tavsiya etiladi.
262. Rezervuar parklarining maydonlari quruq barglar, quruq oʻtlar va axlatlardan tozalangan boʻlishi shart, ularning darajasi suvni koʻtarilishisiz chetlatishini taʼminlovchi kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
263. Quyosh nurlarining taʼsirini oldini olish uchun yerdagi rezervuarlar och boʻyoq bilan boʻyalgan boʻlishi kerak.
264. Har bir rezervuarga rezervuar raqami, uning vazifasi, quyishning maksimal darajasi, minimal qoldigʻi, toʻldirish va boʻshatish tezligi koʻrsatilgan texnologik xaritasi tuzilgan boʻlishi kerak.
265. Texnologik bloklarni, aylangan mahsulotdan avariyali boʻshatish uchun, texnologik qurilmalarni jihozi yoki avariyali boʻshatishni maxsus tizimini ishlatish mumkin. Avariyali boʻshatishni maxsus tizimlari doimiy tayyorgarlikda boʻlishi kerak.
266. Avariyali boʻshatishni maxsus tizimining sigʻimi, texnologik jarayoni xavfsiz toʻxtatilishning shartlari bilan aniqlanadigan, miqdorda yonuvchi mahsulotlarni qabul qilinishiga moʻljallangan boʻlishi lozim.
267. I-II toifali portlash xavfli texnologik bloklarni avariyali boʻshatish tizimi distansion (yoki) avtomatik boshqariladigan uzatmali toʻsiqli qurilmalar bilan taʼminlanadi, III toifa uchun xavfsiz joyda joylashtirilgan va yeyilish vaqti minimal reglamentlangan qoʻl uzatmali vositalar ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
268. Binolarda oʻrnatilgan xarajatli rezervuarlarni oʻzidan toʻkilib boʻshatilishining iloji boʻlmaganda, boshqa binoda yoki binodan tashqarida joylashgan nasoslar bilan suyuqliklarni tortib chiqarilishi oldindan eʼtiborga olinishi kerak.
269. Rezervuarlardan tez alangalanuvchi suyuqliklarning bugʻini, oʻzlari oʻrnatilgan binolarga chiqarishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
270. Rezervuarlarni toʻldirilishi va boʻshatilishi, faqat muvofiq zulfinlarning ochilishi va yopilishini toʻgʻriligi tekshirilgandan keyin mumkin. Mahsulot suyuqlik qatlamining tagiga qabul qilinishi shart.
271. Rezervuarlardan foydalanish jarayonida doim rezervuarlarni zichligini, sifon joʻmraklarning holatini, gardish qistirmalarni ulanishlarini, salnikli zulfinlarni doimiy nazorat qilish zarur.
272. Olov toʻsiqlar va havo olish quvurlari toʻgʻrilangan va soz holda saqlanishi kerak. Ular joylashgan maydoncha, rezervuarning zinapoyali maydoni bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak. Rezervuarning tom qismida yurish man etiladi.
273. Rezervuarlar, quvurlar va boshqa moslamalarni tozalash mexanizatsiyalangan usullarda portlash va yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Qoʻlda tozalash uchun asbob-uskunalar uchqun bermas materiallardan boʻlishi kerak.
274. Rezervuarlarni toʻldirishdan oldin oʻlchov qurilmasini sozligini tekshirish kerak. Rezervuar oʻlchov teshigida oʻlchov tasma bilan oʻlchanganda, uchqun bermas metalldan yasalgan halqa yoki randa dastasi boʻlishi kerak.
275. Rezervuarlarning darajasini oʻlchashda, tez alangalanuvchi suyuqliklarning namunasini tanlashda, toʻkib-toʻldirish ishlarida, faqat portlashdan himoyalangan akkumulyatorli (toʻplagichli) fonarlar qoʻllaniladi. Yoritish uchun gugurt, sham, mashʼal, kerosin lampa, chiroq va oddiy fonarlardan foydalanish man etiladi.
276. Tortib chiqarish yoki yuborish vaqtida namuna uchun tez alangalanuvchi suyuqliklarni ajratish man etiladi.
277. Taʼmirlov, tiklov, tozalashdan keyin statsionar yoki joyini almashtiradigan rezervuarlarni sirka kislotasi bilan toʻldirishga tayyorlashda, shu qurilmada portlashni oldini oluvchi choralar oldindan koʻrilishi shart. Toʻldirishga tayyorlash vaqtida, portlash xavfini aniqlaydigan oʻlcham nazorati aniq belgilanadi.
278. Sisternaga tez alangalanuvchi suyuqliklarni toʻldirish va sisternadan toʻkish maxsus toʻkish-toʻldirish punktlarida amalga oshirilishi kerak.
279. Toʻkish-toʻldirish ishlarida, qatʼiy yongʻinga qarshi tartib oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Toʻkish-toʻldirish ishlari vaqtida taʼmirlov ishlarini bajarish, chekish, ochiq olovni ishlatish man etiladi.
280. Toʻkish-toʻldirish ishlarini bajarishda, atmosferali va statik elektrdan himoya choralari oldindan koʻrilgan boʻlishi kerak.
281. Toʻkish-toʻldirish ishlarini chaqmoq vaqtida bajarish man etiladi.
282. Tez alangalanuvchi suyuqlikli temir yoʻl sisternalarni boʻshatish joyida, estakada chegaralaridagi relslar yerga mustahkam ulangan boʻlishi kerak.
283. Toʻkish-toʻldirish qurilmalari joylashgan temir yoʻllarda teplovoz va parovozlarning harakati man etiladi.
284. Toʻkish-toʻldirish estakadalari yon tomonida yonmaydigan materialli zinapoyalar boʻlishi hamda uzunligi boʻyicha bir-biridan 100 m. dan koʻp boʻlmagan masofada boʻlishi kerak. Vagon-sisternalarni ajratish, ulash va tartiblanishi toʻkish-toʻldirish punktlaridan tashqarida amalga oshirilishi kerak.
285. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni toʻkish va toʻldirish uchun transport vositalarini uzatish, faqat maydonchani va temir yoʻlni oldindan toʻkilgan suyuqliklardan tozalanganidan keyin ruxsat etiladi.
286. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni toʻkish va toʻldirish uchun temir yoʻl sisternalarini uzatish va ularni chiqarish, sekin va siltanishsiz amalga oshirilishi kerak.
287. Toʻkish-toʻldirish qurilmalari hududida temir yoʻl sisternalarini metall boshmoq bilan toʻxtatish man etiladi. Toʻxtatish uchun, toʻxtash vaqtida uchqun bermaydigan material ishlatilishi shart.
288. Vagon-sisternalarni toʻkish-toʻldirish joyiga dumalatish va joyidan qoʻzgʻatish uchun dastak sifatida poʻlatli buyumlarni ishlatish man etiladi.
289. Agar vagon-sisternalarni toʻkish-toʻldirishga uzatish va chiqarish parovozlar bilan amalga oshirilsa, ikki qoʻsh oʻqli gʻovakdan qoplamalar yoki yonmaydigan yuk bilan yuklangan vagonlar (platformalar) boʻlishi kerak. Agar sisternalarni uzatilishi teplovozlar bilan amalga oshirilsa, qoplamalar talab qilinmaydi.
290. Toʻkish-toʻldirish qurilmalari hududida parovoz mashinistlarining sifonlash, oʻt qalashni ochish va jadallashtirish, oʻtxona teshigini ochiq tutish, mashʼal yoki olovni boshqa turlaridan foydalanish man etiladi.
291. Toʻkish-toʻldirish vaqtida estakadada manyovr ishlarini yoki boʻsh yoʻlga ayrim temir yoʻl sisternalarini uzatish man etiladi.
292. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni toʻkish va toʻldirish vaqtida xizmat qiluvchi xodimlar sisternalarni teshik va qopqoqlarini sekin ochishi va yopishi, sisternalarga shlang va boshqa asboblar ulash vaqtida zarbaga yoʻl qoʻymaslik kerak. Foydalanadigan asbob uchqun bermas materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak. Statik elektr paydo boʻlishini oldini olish va purkashning oldini olish maqsadida, tez alangalanuvchi suyuqliklarni quyish vaqtida shlangning uchi sisternani tagigacha tushirilishi kerak.
293. Toʻkish-toʻldirish ishlari vaqtida sirka kislotali sisternani liq toʻldirib yuborish man etiladi. Sisternani liq toʻldirishga yoʻl qoʻymaslik uchun, sirka kislotasini toʻkib-toʻldirish punktlari ishonchli avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
294. Temir yoʻlda yuklarni tashish qoidalariga muvofiq, tez alangalanuvchi suyuqliklar uchun sisternalar armatura, nazorat vositalari, toʻkib-toʻldirish, himoyalovchi va boshqa qurilmalar bilan jihozlanishi shart.
295. Texnik koʻrikni belgisiz, sizish alomatlari va boshqa nosozliklarsiz vagon-sisternalarni toʻldirishga qabul qilinishi man etiladi. Toʻkib-toʻldirish ishlarini boshlashdan oldin, toʻkib-toʻldirish qurilmalarining sozligini, qoʻshuvchi ventillarni, surilmalarni, shlanglarning zichligini va teleskopik quvurlarni tuzatilganligini tekshirish zarur. Nosozliklar aniqlanganda ularni tezda bartaraf etish kerak.
296. Temir yoʻl sisternalarini tez alangalanuvchi suyuqliklarni toʻkish va toʻldirishga oʻrnatish tartibi, ushbu ishlarni xavfsiz bajarilishini taʼminlashi kerak. Temir yoʻl sisternalarini toʻkish va toʻldirish vaqtida sisternalarni oʻz-oʻzidan joyini almashtirish, tez alangalanuvchi suyuqliklar bugʻini atmosferaga tashlanishi va toʻkish-toʻldirish qurilmalarini germetikligini buzilishi hamda zaharli gazlar bilan ifloslanishi mumkin boʻlgan zonalarda doimiy yoki tasodifan yondirish manbalari (mexanik, elektr va boshqa) mavjudligini bartaraf qiladigan choralar oldindan koʻrilishi shart.
297. Statsionar, omborli (chiqimli) sigʻimlar sifatida temir yoʻllarda boʻlgan temir yoʻl sisternalaridan foydalanish man etiladi.
298. Toʻkish-toʻldirish punktlarida vosita va usullar oldindan koʻrilishi shart, shu bilan birga shikastlangan sisternalarni avariyaviy boʻshatish boʻyicha ishlarni bajarish uchun maxsus jihozlangan joylar oldindan koʻrilishi kerak. Ushbu ishlarni bajarishdagi xavfsizlik choralari tashkilotni bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomada ifoda etilishi lozim.
299. Toʻkish-toʻldirish tizimi sisternalari, saqlagichlari, quvurlari va boshqa moslamalari ishlatilishda zich, mustahkam, oddiy va qulay boʻlishi kerak.
300. Toʻkish-toʻldirish ishlari oʻtkazilishida, atmosfera va statik elektrdan himoya choralari oldindan koʻrilishi shart.
301. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni omborlarda saqlanishi QMQ 2.09.14-97 ning “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari” talablariga muvofiq amalga oshirish tavsiya etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
302. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni yertoʻla va yarim yertoʻlali binolarda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
303. Omborli binolarni eshiklari yopiq holatda boʻlishi kerak. Ish kuni tamom boʻlgandan keyin eshiklar qulfga yopiladi va muhrlanadi, kalit, muhr va tamgʻalagich — moddiy javobgar shaxsga topshiriladi. GOST 12.4.026-76 “Signal ranglar va xavfsizlik belgilari” omborlarda saqlanadigan materiallarni omborda saqlashda xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqnomaga binoan har bir omborda koʻrinadigan joyda xavfsizlik belgilari osilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
304. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni mineral kislotalar, siqilgan va suyultirilgan gazlar, yonuvchi moddalar hamda organik moddalar bilan portlash xavfi boʻlgan aralashmani beradigan noorganik tuzlar bilan birgalikda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
305. Sirka kislotasini idishda omborlarda saqlanishi tagliklarda, gʻaram taxlamlarda yoki javonlarda amalga oshirilishi kerak. Javonlar yonmaydigan va barqaror boʻlishi kerak.
306. Ombor binolari olov bardoshlilik chegarasi 0,75 soatdan kam boʻlmagan, tez alangalanuvchi suyuqliklarni omborxonalarining har birini sigʻimi koʻpi bilan, 200 m3 boʻlgan yonmaydigan devorlar (toʻsiqlar) bilan boʻlinishi kerak. Tez alangalanuvchi suyuqliklar uchun ombor binolarining umumiy sigʻimi 1200 m3 dan oshmasligi kerak.
307. Yuk ortish va tushirish mexanizmlarining oʻtishi uchun javonlar bilan gʻaram taxlam oʻrtasidagi masofa 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak, oʻtish yoʻllari 0,8 dan 1,0 m gacha boʻlishi kerak. Bundan tashqari, har bir omborda oʻtish yoʻllari boʻlishi kerak, butun ombor boʻyiga 1,5 — 2 m kenglikda boʻylanma va koʻndalang — eshik oʻrni toʻgʻrisi kengligi shu eshik oʻrnidan kam boʻlmasligi kerak.
308. Polda, gʻaram taxlamda sirka kislotali bochkalarni qoʻlda taxlashda qatorlar orasidagi qistirma bilan bochkalarni gorizontal holati boʻyicha ikki qatlamdan oshmasligi va balandlikda bochkalarni vertikal holati boʻyicha bir qatordan oshmasligi kerak.
309. Polda sirka kislotali bochkalarni mexanizatsiyalashtirilgan taxlashda, qatlamlarning soni qatorlar orasidagi qistirma bilan uchtadan ortmasligi kerak.
310. Sirka kislotali bochkalarni taxlanishi har bir javon qatlamida, balandlik boʻyicha bir qatorda bajariladi.
311. Javon yoki gʻaram taxlamining kengligi boʻyicha sirka kislotali ikkita bochkadan koʻp boʻlmay taxlanishi tavsiya etiladi.
312. Sirka kislotali bochkalarni saqlagichlarga yuklash va yumalatish vaqtida bochkalar zarbalarga va uchqun paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ehtiyotkorlikni saqlash zarur.
313. Sirka kislotali bochkalarning tiqinlari tepaga qaratib taxlanishi shart. Metall bochka idishlarning tiqinlari uchqun paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan rezbali va bevosita maxsus kalitlar bilan ochiladigan boʻlishi kerak. Tiqinlarni bolgʻa, keskich va boshqa asboblar yordamida ochish hamda yogʻoch tiqinlarni qoʻllash man etiladi.
314. Sirka kislotasini shisha idishlarda saqlashda, ular yonmaydigan panjara taxtada joylanishi kerak.
315. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni isitish asboblari oldiga taxlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Javon yoki gʻaram taxlamdan isitish unsurigacha masofa 1 m. dan kam boʻlmasligi kerak.
316. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni omborlardan ochiq usul bilan boʻshatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
317. Tez alangalanuvchi suyuqliklardan boʻshatilgan idish, omborlar va ishlab chiqarish binolaridan 30 m. dan kam boʻlmagan masofada, maxsus yopiq maydonlarda saqlanishi kerak.
318. Idishni tez oʻt oluvchi suyuqliklardan tozalash va yuvish uchun, soʻruvchi-tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan maxsus joy (bino) boʻlishi kerak.
319. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni sexdagi omborxonalarda va omborli binolarda saqlash meʼyorlari, oʻt xavfsizligi bilan kelishuv asosida maʼmuriyat tomonidan oʻrnatiladi va tasdiqlanadi.
320. Sirka kislotasini ishlab chiqarish omborlarida, binodan tashqarida ochiq maydonlarda oʻrnatilgan ichki isitilishi mavjud rezervuarlarda saqlash tavsiya etiladi. Maydonlar (ochiq va soyabon tagidagi) — 0,5 m balandlikdagi yonmaydigan devor yoki tuproq koʻtarma bilan oʻralgan boʻlishi shart. Maydonga transport va odamlarni oʻtishlari uchun panduslar yoki qoʻsh oyoqli narvonlarni oldindan tayyorlash tavsiya etiladi.
321. Idishning tashqi holatini (butunligi, zichligi, tamgʻa mavjudligi) har doim nazorat qilish zarur.
322. Sirka kislotasi maxsus maydonlarda idishlarda (bochka, kanistr, maxsus konteyner va boshqa) saqlanganda, 100 donadan ortiq boʻlmagan guruh bilan amalga oshiriladi, guruhlar orasidagi oraliq 1 m. dan kam boʻlmasligi kerak.
323. Sirka kislotali bochkalarni soyabon tagida va ochiq maydonlarda taxlashda ularni yogʻoch tagliklarda balandlik boʻyicha bir qatorda va kenglik boʻyicha ikki qatorda tiqinlari tepaga qaratilgan holda yotqizish tavsiya etiladi.
324. Kimyoviy laboratoriyalarda tez alangalanuvchi suyuqliklarni sutkali ehtiyojdan oshmaydigan miqdorda metall yoki mustahkam shishali, zich tiqinlangan idishlarda saqlanadi. Tez alangalanuvchi suyuqlikli sigʻimlar 2/3 dan koʻp boʻlmagan holda toʻldiriladi va ichkaridan shishatola yoki asbest bilan qoplangan metall yashikda joylashtirilishi kerak. Yashikni ichkari tomonidan laboratoriya mudiri imzolagan saqlanadigan moddalar roʻyxati biriktirilgan boʻlishi kerak. Yashik qopqogʻining tashqi tomonida “Tez alangalanuvchi suyuqliklar” yozuvi boʻlishi kerak. Yashik qulflanishi kerak.
10-§. Sirka kislotasini qadoqlash, tamgʻalash va transportda tashish
325. Isteʼmol uchun chakana savdoga moʻljallangan isteʼmol sirka kislotasining sigʻimi 200 ± 1 sm3, 330 ± 5 sm3, 500 ± 5 sm3, boʻlgan maxsuslashtirilgan shisha idishlarga qadoqlanadi. Isteʼmol sirka kislotasini turli sigʻimdagi sirka kislotaga chidamli materialli idishlarga qadoqlashga ruxsat etiladi.
326. Sirka kislotali shisha idishlar polietilenli yoki poʻkak qobiqli tiqin bilan zich tiqinlanadi.
327. Yashik uchun bruttoning ogʻirligi 30 kg dan koʻp boʻlmasligi kerak.
328. Har bir sirka kislotali shisha idishga quyidagi koʻrsatmalar bilan etiketka yopishtiriladi:
a) tayyorlash-tashkilot nomlanishi va tovar belgisi;
b) mahsulot nomlanishi va toʻplanmasi;
v) Tsh 64-03973602-01-2005 “Isteʼmol sintetik sirka kislotasi” belgisi;
g) ishlab chiqarish sanasi;
d) sof ogʻirligi;
e) isteʼmoldan oldin suv bilan aralashtirish darajasi (99%, 80%, 70% li sirka kislotasi uchun);
j) tasodifan isteʼmolga yoʻl qoʻymaydigan joylarda saqlash boʻyicha talab.
329. Isteʼmol sirka kislotasi yashiklarining transport tamgʻalanishi GOST 14192-96 “Yuklarni tamgʻalash” talablariga muvofiq boʻlishi, (yopiq yashiklar uchun) —“Baland”, (karton qutilar uchun) — “Namdan saqlash”, “Moʻrt — ehtiyot boʻling” manupulyatsiyaviy belgilar koʻrsatmasi bilan amalga oshiriladi va quyidagi yozuvlar qayd qilinadi:
a) tayyorlash-tashkilot nomlanishi va tovar belgisi;
b) mahsulot nomlanishi va toʻplanmasi;
v) Tsh 64-03973602-01-2005 “Isteʼmol sintetik sirka kislotasi” belgisi;
g) ishlab chiqarish sanasi;
d) partiya raqami;
j) sof ogʻirligi;
z) shisha idishlarning soni.
330. Isteʼmol sirka kislotasining qozoni GOST 5632-88 ning “Yuqori legirlangan poʻlatlar va nurashbardosh, olovbardosh qorishmalar. Tamgʻalar” talablariga muvofiq 12X18N10T, 10X17N13M2T, 12X21N5T, 10X17N13M2T tamgʻali poʻlatdan yasalgan maxsus temiryoʻl sisternalariga qoʻyiladi va sisternani yuklaydigan lyuk (teshik) yopilishi va plombalanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
331. Isteʼmol sirka kislotasini amaldagi barcha transport turida (temir yoʻl, suv va avtomobil) yuk tashish qoidalariga muvofiq, tashiladi.
332. Sanoat tashkilotlarida tez alangalanuvchi suyuqliklarni (tushirish joyida, ombor hududida, ombordan sexga, sexdan sexga) tashish hamda texnologik sxemaga muvofiq, atsetaldegid apparatga yuklanishi mexanizatsiyalangan boʻlishi kerak.
333. Shisha idishda boʻlgan tez alangalanuvchi suyuqliklar joyini almashtirishda, tashish xavfsizligini taʼminlaydigan, shuning uchun moslashtirilgan maxsus arava va zambillarda amalga oshiriladi.
334. Shisha idishda boʻlgan sirka kislotasini avtomobil transportida tashish vaqtida, yuk harakat paytida, toʻxtash va burilishlarda siljimasligi yoki agʻdarilmasligi uchun har bir joyi kuzovga mahkamlanishi kerak.
335. Shisha idishdagi yukni tashish vaqtida pastki qatorni yorilishdan saqlaydigan bir-biriga mustahkam qistirmasiz qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
336. Sirka kislotasini avtomobil transporti yordamida tashish vaqtida baxtsiz hodisaning oldini olish maqsadida yoʻl harakati varaqasida koʻrsatilgan marshrutga muvofiq aniq amalga oshirish lozim.
337. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni tashuvchi avtomobil transportining kuzov va kabinalarida bu ishga daxldor boʻlmagan shaxslarning boʻlishi man etiladi.
338. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni tashuvchi sisternalar quyidagilar bilan taʼminlangan boʻlishi shart:
a) ikkitadan kam boʻlmagan kukunli yongʻin oʻchirgichlar va belkurak;
b) sisternani qobigʻiga bir uchi bilan payvandlangan yoki yopishtirilgan va boshqa uchida metall oʻtkir uchi bilan taʼminlangan metall yertutashli zanjir;
v) ishga yaroqsiz shlangni mustahkamlash uchun moslama;
g) chiqarib yuboriladigan kranlar va shlanglar toʻliq sozlangan boʻlishi hamda ularning holati va mahkamlanishi atsetaldegidni, sirka kislotasini toʻkilishiga va sepilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak;
d) chiqindi quvurlari radiator tagiga chiqarilgan va uchqun oʻchirgichlar bilan taʼminlanishi kerak.
339. Oʻtish yoʻlida tez alangalanuvchi suyuqliklarning idishlardan toʻkilish aniqlansa, darhol toʻxtatish va ushbu yuklarni tashish boʻyicha maxsus yoʻriqnomaga muvofiq, xavfsizlik choralarini koʻrishi kerak.
340. Avtomobil transporti qisqa vaqtga toʻxtatilganida yoki turganida, u qoʻl tormozi bilan toʻxtatib qoʻyilishi lozim.
341. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni yuklash va tushirish vaqtida, agar yuklash yoki tushirishni taʼminlaydigan nasoslarning uzatmalari yoki boshqa moslamalardan foydalaniladigan boʻlsa, avtomobil transporti dvigateli ishlab turmasligi kerak.
342. Odamlarning doimiy qatnov joylarida tez alangalanuvchi suyuqliklarni tashuvchi avtomobil transportlarining toʻxtashi man etiladi.
343. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni avtomobil transportida tashishda, kabinada hamda yuklash va tushirish joylarida (10 m dan kam boʻlmagan masofada) chekish man etiladi.
344. Har bir reysdan oldin yuk yuboruvchi avtomobil transportida himoya vositalari va oʻt oʻchirish vositalari mavjudligini tekshirishi shart.
345. Atsetonni yuklash va tushirish, transportlash ushbu ishlarni amalga oshiruvchi xodimlar maxsus xavfsizlik yoʻriqnomalaridan oʻtkazilgandan keyin amalga oshirilishi kerak. Xodimlarning yoʻriqnomadan oʻtganligi tegishli jurnallarga qayd qilinishi kerak.
346. 50 kg dan ortiq yuklarni 2 m dan yuqori balandliklarga koʻtarish-tushirish koʻtarma transport moslamasi va kichik mexanizatsiya vositalari yordamida mexanizatsiyalangan usulda amalga oshirilishi lozim.
347. Moslama, qurilma va yuk koʻtarish moslamalarini ishlatilishi (tal, telfer, lebedka, barcha turdagi kranlar, yuk elektr aravalari) “Moslama va yuk koʻtarish kranlarini xavfsiz ishlatish qoidalari” ga muvofiq boʻlishi lozim.
348. Yuklash-tushirish ishlar ishlab chiqarish joylari xavfsizlik belgilari bilan jihozlangan va tungi vaqtda ishlarni bajarish uchun yetarlicha yoritilgan boʻlishi lozim.
349. Yuklarni tashkilot hududida joylashtirish jarayonlari GOST 12.3.020-80 “Yuklarni tashkilotda joylashtirish jarayonlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
350. Yuklash-tushirish ishlari “Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari” (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
1-§.Taʼmirlash ishlarini tashkil etishda xavfsizlik talablari
351. Tashkilot hududida ishlab chiqarishni (sex) yoki sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni taʼmirlashga toʻxtatish uchun tashkilot (sex) boʻyicha buyruq (farmoyish) chiqarilishi lozim. Buyruqda pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek, koʻrsatilgan ishlarga uskunalar va obyektni toʻliq tayyorlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish va pudratchilar yoki buyurtmachining taʼmirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar shaxslar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
352. Barcha uskunalarda tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan jadval boʻyicha belgilangan muddatlarda rejali taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi.
353. Taʼmirlash ishlarida band boʻlgan pudratchining barcha xodimlari taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu sexda ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha kirish yoʻriqnomasidan oʻtkazilishi lozim. Yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
354. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan oʻtkazilishi lozim.
355. Pudratchi ishlayotgan hududda buyurtmachi tomonidan zararli va yonish xavfi boʻlgan moddalarni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan meʼyoriy sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi kerak.
356. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin quyidagilar bajarilishi lozim:
a) elektr energiya taʼminotidan oʻchirish;
b) asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz mahsulotlaridan boʻshatish;
v) taʼmirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va oʻralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish.
357. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan taʼminlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
358. Tashkilot hududida qazish ishlarini bajarishda buyurtmachi pudratchiga naryad-ruxsatnoma bilan birga tegishli sex va xizmatlar bilan kelishilgan ruxsatnomani yozma tarzda topshirishi kerak.
359. Pudratchining ehtiyojlari uchun elektr energiyani ulash, shuningdek, ish tugaganidan keyin uzish, sex boshligʻining ruxsati boʻyicha buyurtmachining bosh energetik xizmati tomonidan bajariladi.
360. Taʼmirlash ishlari tugallanganidan soʻng asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni qabul qilish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, ushbu asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish haqida farmoyish chiqqandan soʻng, foydalanishga qabul qilinishi lozim.
2-§.Uskuna va moslamani taʼmirlashga topshirish va uni foydalanishga qabul qilish tartibi
361. Bajariladigan ish xususiyatiga muvofiq soz asbob va moslamalar jamlamasi bilan taʼminlanishi lozim.
362. Asbob va moslamalar holati bir oyda bir martadan kam boʻlmagan davrda tekshirilishi lozim.
363. Texnik xizmat koʻrsatish, davriy va kapital taʼmir boʻyicha ishlarni bajarish tartibida, ishlab chiqaruvchi — zavod tasdiqlagan taʼmirlash va foydalanish hujjatida belgilangan zarur ish hajmini koʻrsatish lozim.
364. Texnologik uskuna taʼmirlangandan soʻng sinovdan oʻtkazilishi va ishlatib koʻrilishi zarur.
365. Ishlatib koʻrish uchun mexanizmlarni yoqishdan oldin, ularni tarmoqlari toʻgʻri yigʻilganligiga, begona jismlar yoʻqligiga, havo uzatish pnevmatik tizimi toʻgʻri ulanganligi va mustahkam qotirilganligiga ishonch hosil qilish lozim.
366. Agregatni harakatlantiruvchi elektrodvigatellarni yoqishdan oldin, yirik aralov va fugoval dastgoh ventilyatori patrubkalarini koʻzdan kechirish lozim.
367. Sinov va ishlatib koʻrish davrida taʼmirlangan tarmoq va agregatlarni barcha yigʻish defekti, elektrodvigatel va tarmoq podshibniklarini qizish darajasi, moy oqishi bartaraf qilinishi kerak.
368. Uskuna yigʻilgandan yoki taʼmirlangandan soʻng foydalanish uchun yoqishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
a) odamlarni xavfsiz joyga oʻtkazish;
b) mashina tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olib tashlash;
v) himoya toʻsiqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
g) harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
d) himoya saqlovchi va nazorat oʻlchov asboblarini sozligini tekshirish;
e) uskuna yigʻilishini toʻgʻriligini tekshirishda, oʻzaro bogʻliq harakatlanuvchi mexanizmlarni toʻliq siklida uni harakatlanuvchi qismini aylantirish;
z) uskunani boʻsh harakatda va ish yuklovi ostida sinash.
369. Uskunani taʼmirdan soʻng foydalanishga yaroqliligi, qabul qiluvchi komissiya tomonidan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
VI.Mehnat muhofazasi boʻyicha qoidalarni buzganligi uchun javobgarlik
370. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
371. Mansabdor shaxslar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 32-modda; 2014-y., 3-son, 41-modda; 2017-y., 28-son, 677-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 10.02.2022-y., 10/22/2073-3/0117-son; 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son; 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)