08.01.2010 yildagi PQ-1257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA SOLIQ ORGANLARI TIZIMINI YANADA MODERNIZATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, mustaqillik yillarida mamlakatda bozor tamoyillariga javob beradigan soliq tizimi shakllandi, Oʻzbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi qabul qilindi, soliqlarni boshqarishning zamonaviy metodlari va mexanizmlari joriy etildi, soliq organlarining yaxlit tizimi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatimizda toʻplangan va chet el tajribasining tanqidiy tahlili respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilishning zarurligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlarining funksiyalari, vakolatlari va tuzilmasi zamonaviy talablarga javob bermaydi, ular fiskal-moliya organlari tuzilmasida, eng avvalo, soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, Davlat budjetining daromad qismini barqaror shakllantirishning belgilangan topshiriqlarini bajarish masalalarida hali yetakchi oʻrinni egallagani yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakl va metodlaridan zarur darajada foydalanilmayapti, soliq qonunchiligi buzilishlarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha axborot-tahliliy ishlar sust olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish ishlari aniq-puxta muvofiqlashtirilmayapti, bozorlar hududlaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatiga turli tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy aralashish holatlari mavjud. Shu bilan bir qatorda, bozorlarda soliq qonunchiligini buzish, turli yigʻimlarni undirish, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar va kontrafakt mahsulotlarning noqonuniy muomalada boʻlishi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oshirilgan narxlarda qayta sotish, olingan naqd tushumni toʻliq inkassatsiya qilmaslik hollari davom etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda toʻplangan va chet el tajribasini hisobga olgan holda soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish, nazorat qiluvchi organlar funksiyalaridagi bir-birini takrorlashlarni bartaraf etish, respublika fiskal-moliya organlari tuzilmasida soliq organlarining, eng avvalo, qabul qilingan soliq qonunchiligini va Davlat budjetining daromad qismini shakllantirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarni bajarish masalalaridagi vakolatlarini kengaytirish va rolini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 773-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobil toʻxtash joylari, shuningdek, ular hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqi faqat davlat soliq xizmati organlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, bozorlar va savdo komplekslarida sanitariya norma va qoidalariga, shuningdek, standartlarga, yongʻin xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya xizmati organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar oʻz xodimlari va mutaxassislarining bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish boʻyicha qonun hujjatlari talablari bajarilishini taʼminlash uchun davlat soliq xizmati organlari tomonidan tashkil etiladigan guruhlar tarkibida qatnashishini taʼminlasinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 773-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 773-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlari joylashtirilishini tashkil etsin, ularni moddiy-texnik baza va yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boʻlinmalarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga tegishli qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining yangi kiyim-bosh formasi namunasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, uning 2010-yil 1-iyuldan boshlab joriy etilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2010-yil 1-apreldan boshlab davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, soliq toʻlovchilar bilan ish olib borish boʻyicha kasbiy qobiliyatlari har yili test sinovidan oʻtkazilishi asosida belgilanadigan maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalar joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi test sinovidan oʻtkazish natijalari boʻyicha berilgan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha miqdorda Maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalarni qoʻllash tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va sinovdan oʻtkazilgandan keyin belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari lavozim maoshlariga maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalar toʻlash, shuningdek yangi namunadagi kiyim-bosh formasi qiymatini qisman qoplash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1257-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 4-modda; 2013-y., 4-son, 44-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 31-son, 773-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 07/17/3376/0211-son; 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)