Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-son Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (Sh.H. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 11-yanvar,
PQ-1259-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 11-yanvardagi PQ-1259-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2005-yil 14-martdagi PQ-29-son qarori 4-bandidagi “professional boshqaruvchi kompaniyalarga” soʻzlari “investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-330-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniyalar” soʻzlari “investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning sarlavhasidagi “boshqaruvchi kompaniyalar” soʻzlari “investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 5-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)