05.09.2002 yildagi PF-3127-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JISMONIY ShAXSLARNING JAMI DAROMADINI DEKLARATSIYALASh TIZIMINI BOSQIChMA-BOSQICh JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1997-yil 24-aprelda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi 397-1-sonli qarorga oʻzgartish kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrdagi 321-II-sonli qaroriga muvofiq hamda jismoniy shaxslarning jami daromadini deklaratsiyalash tizimini respublikada bosqichma-bosqich joriy etishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2002—2005-yillardagi davrda Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarning jami daromadini deklaratsiyalashning xalqaro meʼyorlarga mos keladigan tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan tayyorgarlik chora-tadbirlari majmuini amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi bir oy muddatda jismoniy shaxslarning jami daromadini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni taʼminlaydigan 2002—2005-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlarning aniq dasturi va jadvalini 2003-yil 1-yanvaridan boshlab olingan daromadlar boʻyicha ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari, chet el iqtisodiy tuzilmalari va ekspertlarini jalb etgan holda ikki oy muddatda “Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiyalash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jami daromadni deklaratsiyalash mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish chogʻida fuqarolarning konstitutsiyaviy va mulkiy huquqlari buzilishiga, ularning daromadlari va mol-mulki miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etilishiga, fuqarolarning shaxsiy turmushiga aralashishga hamda boshqa suiisteʼmolchiliklar va huquqbuzarliklarga qatʼiyan yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning daromadlari va mol-mulki bilan bogʻliq axborot hamda hujjatlardan foydalanish tartibini buzishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-dekabrdagi PF-4261-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 511-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga jismoniy shaxslarning jami daromadini deklaratsiyalash tizimi joriy etilgunga qadar fuqarolarning daromadlarini ixtiyoriy ravishda deklaratsiyalash tizimini puxtalashtirish boʻyicha tanlab olish yoʻli bilan tajriba tariqasida ish olib borish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi xorijiy mamlakatlarda jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiyalash tajribasini chuqur oʻrgansin hamda ularni inobatga olgan holda deklarantlar tomonidan oʻz daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etilishini ragʻbatlantirish mexanizmini, shuningdek ularning javobgarlik choralarini, jumladan zarur maʼlumotlarni taqdim etmaganlik va daromadlarni atayin yashirganligi uchun qonunchilikda koʻzda tutilgan jazolarni qoʻllash choralarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, fuqarolarning respublika tijorat banklaridagi depozit hisobvaragʻlariga qoʻyiladigan naqd mablagʻlari deklaratsiya qilinmaydi va ularning kelib chiqish manbalari tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi bilan birga jismoniy shaxslarning jami daromadlarini deklaratsiyalash tizimini joriy etish maqsadlari haqida ommaviy axborot vositalari orqali aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yilning 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzurida jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan daromadlar (daromad manbalari) toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni hamda deklaratsiyalash bilan bogʻliq boshqa axborotni qayta ishlash Markazini tashkil etish va uni deklaratsiyalarni qayta ishlash uchun zarur texnika bilan jihozlashni koʻzda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yilning 1-sentabriga qadar soliq organlariga maʼlumotlarni elektron vositalar yordamida taqdim etish hamda soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida ularga ishlov berish imkonini yaratadigan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va ulardan tajriba tariqasida foydalanishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Farmon matbuotda eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3127-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 173-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 511-modda)