Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2024 07.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2060
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining buyrugʻi, 07.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2060
Кучга кириш санаси
17.01.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.06.2024
Hujjat 28.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISh SOHASIDAGI EKSPERT KENGAShLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 7-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2060]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3520, 19.06.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y. 4-son, 140-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2009-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
534-son

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 11-dekabrdagi 534-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y. 4-son, 140-modda) muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarining faoliyatlarini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari (bundan keyingi oʻrinlarda kengash deb yuritiladi) umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va maxsus texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ularni bekor qilish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengash oʻziga yuklatilgan asosiy vazifalardan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining asosiy yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha ish rejalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha tarmoq va tarmoqlararo texnika qoʻmitalariga belgilangan tartibda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi reja va tadbirlar ishlab chiqishda uslubiy yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlar ishlab chiqishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlarni ishlab chiqishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda tegishli maʼlumotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, amaldagi texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoki ularni bekor qilish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga texnik reglamentlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

5. Kengash oʻz faoliyati davomida texnik tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash texnik reglament loyihalarining tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan kelishilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kengashni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kengash tarkibi rais, rais oʻrinbosari va aʼzolardan iborat boʻladi. Ish yuritishni tashkillashtirish uchun kotib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbarining oʻrinbosari — kengash raisi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiy tuzilmasining rahbari — kengash raisining oʻrinbosari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiy tuzilmasining masʼul xodimi – kengash kotibi etib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash aʼzoligiga texnik reglamentlarni joriy etuvchi tashkilotlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, texnik reglamentlar qabul qilinishi munosabati bilan qayta koʻrib chiqilishi, oʻzgartirish kiritilishi yoki bekor qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar boʻyicha oʻzaro bogʻliq normativ hujjatlarni tasdiqlagan tashkilotlar, standartlashtirish boʻyicha bazaviy hamda tarmoqqa oid tashkilotlar vakillari tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kengash aʼzolari ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan tashkilotlarning taqdimoti boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbarining buyrugʻi (farmoyishi) bilan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash aʼzolari kengash ishida ishtirok etadi, kengash tomonidan qaror qabul qilishda ovoz beradi, texnik reglamentlarning loyihalari boʻyicha tegishli takliflarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida tuziladigan kengash ishida qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kengash faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash oʻz faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengash raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengash ishini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengash majlisi boʻladigan sana va joyni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengash majlislarida raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi boʻlmagan hollarda uning vazifalarini kengash raisining oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash kotibi oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan majlislar toʻgʻrisida kengashning barcha aʼzolarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Texnik reglament loyihalari texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlariga muvofiq kengash tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kengash tuziladigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi texnik reglamentlar ishlab chiqilishi toʻgʻrisidagi xabarlarni belgilangan tartibda nashr qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kengash texnik reglamentning talablari tatbiq etiladigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning guruhi va turlarini aniqlaydi. Mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash usullari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Texnik reglamentning loyihasi kelishilishi lozim boʻlgan tegishli tashkilotlarning roʻyxati kengash tomonidan belgilanadi va ularga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Texnik reglament loyihalari 30 kun mobaynida kelishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Texnik reglament loyihasi boʻyicha kelishilishi lozim boʻlgan tegishli tashkilotlarda taklif va eʼtirozlar mavjud boʻlmasa, bu haqda kengashga xabar berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kengash tomonidan ishlab chiqilgan texnik reglament loyihasi boʻyicha kelib tushgan barcha taqrizlar kotib tomonidan umumlashtiriladi va bu haqda 5 kun mobaynida maʼlumot tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kelib tushgan taqrizlar kengash majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taqrizlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra texnik reglamentning yakuniy loyihasi tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Texnik reglamentlar loyihalari aniq ifodalanishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelishi, koʻrib chiqilayotgan masalaning puxta tahlilini va xolis bahosini oʻz ichiga olgan boʻlishi, texnik reglamentdan foydalanuvchilar oldiga aniq maqsad va vazifalarni qoʻyishi, shuningdek, ularning talablarini bajarishning aniq muddatlarini belgilashi lozim.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Texnik reglament loyihasiga kengash raisi, uning oʻrinbosari va barcha aʼzolari tomonidan rozilik imzosi qoʻyiladi. Rozilik imzosi qoʻyilgan loyiha belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtish uchun tayyor deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Texnik reglamentlarning yakuniy loyihasi 3 ish kuni mobaynida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli vakolatli davlat organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Texnik reglamentlar loyihalarining ekspertizasi faoliyatlarining yoʻnalishlari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi tomonidan texnik reglament loyihasi belgilangan talablarga nomuvofiqligi haqida xulosa qabul qilingan taqdirda, ushbu xulosa kelib tushgan kundan boshlab 15 kun mobaynida texnik reglament loyihasi kengash tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Texnik reglamentning oxiriga yetkazib ishlab chiqilgan loyihasi ushbu Nizomning 25 va 26-bandlariga asosan qayta ekspertizadan oʻtkazish uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Texnik reglament loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturida oʻrnatilgan muddatlarda kengash tomonidan ishlab chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. I. Ikramov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 5-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B.A. Xoʻjayev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 9-dekabr

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi N. M Umarov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 9-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 9-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)