Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
FUQAROLARNING PENSIYA TAʼMINOTI TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya taʼminoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan oʻz vaqtida moliyalashtirish hamda ularni toʻliq hajmda toʻlash, shuningdek, respublika fuqarolarining pensiya taʼminotiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining viloyatlar, shaharlar va tumanlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlinmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash, moliyalashtirish, ularning toʻlanishini hisobga olish va monitoringini yuritish Pensiya jamgʻarmasining tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari fuqarolarning pensiya taʼminoti masalalarining butun kompleksi uchun masʼul boʻlgan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimiga kiruvchi funksiyalar hamda tegishli tuzilmalarni topshirish hisobiga tashkil etiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining topshiriladigan tuzilmalari shtat soni oʻrta hisobda 20 foiz qisqaradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklansin:
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning davlat pensiya taʼminotini tashkil qilish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalar hamda boshqa toʻlovlarning miqdorlari qayta hisoblab chiqilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
pensiyalar hamda boshqa toʻlovlarni toʻliq hajmda moliyalashtirish va toʻlanishini tashkil qilish, ular boʻyicha hisob va hisobotni yuritish;
pensiyalar tayinlanishi va qayta hisoblab chiqilishini tizimli asosda doimiy tahlil qilish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya taʼminotiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan qatʼiyan maqsadli foydalanilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
mehnat mayibligi yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik boʻyicha tayinlangan pensiyalarni toʻlashga mablagʻlarni daʼvolar boʻyicha aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PF-5216-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning pensiya taʼminoti sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini taʼminlash;
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni, xususan, pensiyalar hamda boshqa tegishli toʻlovlarni tayinlash va toʻlashda oʻrnatilgan qoidalarni qoʻllanish qismida ularning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish yuzasidan qoʻshimcha vazifalar yuklansin.
5. Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tarkibida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida tegishli boʻlimlar tashkil qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi zimmasiga:
yangi tayinlangan pensiya va nafaqalarning hisoblab chiqilishi, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilishi toʻgʻriligini, shu jumladan, fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildida birlamchi hujjatlarning toʻliqligi va ishonarliligini tekshirish yoʻli bilan yoppasiga tekshiruvlarni amalga oshirish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan ishlovchi pensionerlarga pensiyalar hamda nafaqalarning hisoblab yozilishi va toʻlanishi toʻgʻriligini reja asosida tekshirib turish;
fuqarolarga pensiya va nafaqalar, shu jumladan, bank va pochta muassasalari tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishining tizimli monitoringini olib borish, qoidabuzarliklar aniqlanganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrish;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan berilgan tekshiruv hujjatlari va xulosalarni, zarurat tugʻilganda, mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda takroriy ekspertizalarni oʻtkazish yuzasidan qoʻshimcha vazifalar yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda taqdim etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-dekabr,
PF-4161-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)