1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, basharti bu harakatlar to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek budjetga va budjetdan tashqari fondlarga soliqlarni, boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarini hamda boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etish, xuddi shuningdek kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlar asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik”;
Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida qonun hujjatlariga muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish tartibining ko‘rsatilgan axborotni taqdim etmaslikda, o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib ko‘rsatgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi —
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 264-moddaning birinchi qismi “(aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlar qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan yoki muomalaga kiritilgan hollarda)” degan so‘zlardan keyin “2153-moddasida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“8) soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilingan yoki davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq hududlar, binolar, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun kirishi rad etilgan hollarda soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar ko‘rish, bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari mustasno. Soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib turish quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organlarining qarorlari asosida ham amalga oshirilishi mumkin:
soliq va (yoki) moliyaviy hisobot uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n besh kun ichida soliq to‘lovchi — yuridik shaxs tomonidan taqdim etilmaganda;
“6) soliq to‘lovchi — mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari berish, o‘tkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir operatsiyalarni davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi bo‘yicha to‘xtatib qo‘yadi. Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, ushbu Qonun 5-moddasi birinchi qismining 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.