Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2017 01.07.2002 yildagi PF-3102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2017
Hujjat 01.07.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA ENGIL SANOATINI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-sonli “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika toʻqimachilik, trikotaj, tikuvchilik va chinni sanoati tarmoqlarini yanada rivojlantirish hamda ularni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, paxta tolasini chuqur qayta ishlash hisobiga yengil sanoat mollari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (Oʻzbekyengilsanoat)ni Engil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi "Oʻzbekyengilsanoat" (“Oʼzbekyengilsanoat”) etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksining, Davlat mulki qoʻmitasi va "Oʻzbekyengilsanoat" uyushmasining takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Engil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi "Oʻzbekyengilsanoat" (“Oʼzbekyengilsanoat”) faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, toʻqimachilik, trikotaj, tikuvchilik va chinni sanoati mollariga boʻlgan ehtiyojning oʻsishini oʻrganish hamda bashorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika isteʼmol bozorining aholi oʻrtasida xaridorgir boʻlgan vatanimiz yengil sanoatining yuqori sifatli mollari bilan toʻldirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqning eksport salohiyatini mustahkamlash, kompaniya korxonalari tomonidan raqobatbardosh mollar ishlab chiqarilishini butun choralar bilan koʻpaytirish hamda ularning jahon bozorlariga kirib borishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasidan, boshqa mahalliy xomashyo va materiallar manbalaridan foydalanishni chuqurlashtirish hamda uning kompleksliligini oshirish, hozirgi vaqtda import boʻyicha olib kelinayotgan butlovchi buyumlar va yordamchi ashyolar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqda yagona texnika va investitsiya siyosatini oʻtkazish, toʻqimachilik, trikotaj va tikuvchilik sanoati korxonalarining kooperatsiyalashuviga, ishlab chiqarishni respublikaning aholi zich yashaydigan tumanlarida mahalliylashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi buyumlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, tarmoq korxonalarini yangilash va texnika bilan qayta qurollantirish uchun toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy sarmoyalarni keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor islohotlarini oʻtkazishda, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda kompaniya korxonalariga yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston SSR Engil sanoat vazirligi negizida Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi ("Oʻzbekyengilsanoat")ni tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-maydagi PF-202-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3102-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 118-modda)