Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSIGA VA “BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 77-moddaning:
birinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarining oʻquvchilarini ularning sogʻligʻiga hamda maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni oʻqishdan boʻsh vaqtida bajarishi uchun — ular oʻn besh yoshga toʻlganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi”;
2) 80-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi “oʻrta maxsus” degan soʻzlardan keyin “kasb-hunar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 103-modda ikkinchi qismining 4-bandidagi “oʻrta maxsus” va “oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini, hunar-texnika bilim yurtlarini” degan soʻzlar tegishincha “oʻrta maxsus, kasb-hunar” va “oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 107-moddaning toʻrtinchi qismi “oʻrta maxsus” degan soʻzlardan keyin “kasb-hunar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 143-modda:
uchinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “hunar-texnika bilim yurtlarida, oliy va oʻrta maxsus” degan soʻzlar “oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va oʻrta maxsus” degan soʻzlar “oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 149-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “253” raqami chiqarib tashlansin;
7) 242-moddaning birinchi qismidagi “(taʼtil davrida ishlayotgan oʻn toʻrtdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 252-moddaning:
birinchi qismidagi “XI (XII) sinfda” va “IX sinfda esa sakkiz ish kunidan kam boʻlmagan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
9) 253-modda chiqarib tashlansin;
10) 254-moddaning:
nomidagi “va oʻrta maxsus” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
matnidagi “oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga kirish uchun esa, kamida oʻn kalendar kun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11) 255-moddaning nomi va matni “oʻrta maxsus” degan soʻzlardan keyin “kasb-hunar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12) 257-moddaning birinchi qismidagi “va oʻrta maxsus” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-139-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda) 20-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
uchinchi qism chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarining oʻquvchilarini ularning sogʻligʻiga hamda maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni oʻqishdan boʻsh vaqtida bajarishi uchun — ular oʻn besh yoshga toʻlganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi”.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-dekabr,
OʻRQ-239-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 554-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)