Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 23.12.2009 yildagi 327-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 21.08.2017 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

ALKOGOLLI MAHSULOTLAR UCHUN ENG KAM ULGURJI-SOTISH VA CHAKANA NARXLARNI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2010-yil 1-yanvardan boshlab alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun ularning 1-ilovaga muvofiq narxlardan past narxlarda sotilishi mumkin boʻlmagan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar, mahsulotlarni sotish narxlari va hajmi oʻzgarishidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlardan past narxlarda sotish holatlari aniqlangan taqdirda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga va chakana savdo korxonalariga nisbatan tegishli jarima sanksiyalari qoʻllanadi, aybdor shaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar boʻyicha belgilangan talablarga 2010-yil 1-yanvardan boshlab rioya etilishini taʼminlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi korxonalarga va chakana savdo korxonalariga 2010-yil 1-yanvardan boshlab alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar joriy etilishi toʻgʻrisida oʻn kun muddatda maʼlum qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar joriy etilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2010-yil 1-yanvardan boshlab, belgilangan tartibda monitoring va tekshirishlarni amalga oshirishda alkogolli mahsulotlarning belgilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlardan past narxlarda sotilishi hollarini aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2010-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sotilayotgan tovarning nomi‎

Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi‎ Eng kam chakana narx‎
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida‎ 1800‎ 2400
Konyak, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida‎ 3800‎ 5000‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2010-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari 60-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qonun hujjatlarida belgilangan eng kam chakana narxdan past narxlar boʻyicha”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 569-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda, 42-43-son, 364-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)