O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 6-MODDASIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi O‘RQ-982-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi 818-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 138-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda) 6-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
to‘rtinchi va beshinchi qismlar quyidagi mazmundagi to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Vazirlarning va davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining a’zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruvlarining a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
oltinchi qism yettinchi qism deb hisoblansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-dekabr,
O‘RQ-233-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 50-51-son, 532-modda)