24.12.2002 yildagi PF-3183-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.12.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKROIQTISODIYOT VA STATISTIKA VAZIRLIGINI QAYTA TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotga bozor mexanizmi va uslublarini joriy qilishni davom ettirish, jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish talablariga muvofiq iqtisodiyot va statistika organlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tugatilib, uning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi hamda kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, quyidagi gʻoyat muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan chuqur oʻylangan va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib va jadal surʼat bilan rivojlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp ukladli va samarali faoliyat koʻrsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchi rolini taʼminlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boy tabiiy va mineral-xomashyo zaxiralaridan, bunyod etilgan ishlab chiqarish va fan-texnika salohiyatidan samarali hamda oqilona foydalanishga qaratilgan aniq maqsad yoʻlidagi strukturaviy siyosatni amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish hamda mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga keng miqyosda integratsiyalashuvini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ish joylarini yaratish, mehnat resurslarini oqilona band qilish muammosini hal etish, aholini aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, aholining turmush darajasi barqaror, jadal oʻsishini, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining kompleks rivojlanishini, ishlab chiqaruvchi kuchlarning mamlakat hududi boʻyicha maqbul hamda samarali rivojlantirish va joylashtirishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatni rivojlantirish hamda demokratik qayta oʻzgartirishlarning maqsad va ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va isloh qilishning, iqtisodiyotni boshqarishda bozor uslublari va mexanizmlarini joriy etishning chuqur oʻylangan strategiyasini ishlab chiqishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni, respublika, mintaqalar hamda tarmoqlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini kompleks sistemali tahlil qilib borish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yoʻllarini asoslab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni rivojlantirishning koʻp variantli ssenariylarini, mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari boʻyicha mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa muddatli va oʻrta muddatli prognozlari hamda dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng muhim qiymat, moddiy va mehnat balanslarini ishlab chiqishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni pul-kredit agregatlari, davlat budjeti parametrlari, tashqi savdo, toʻlov va tarmoqlararo balanslar bilan oʻzaro bogʻlanishini taʼminlaydigan taʼsirchan mexanizmni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demografik prognozlar, aholining aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ichki isteʼmol bozorini toʻldirish, xalq farovonligini oʻstirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlarning oʻrta muddatli prognozlarini, tarmoqlarni rivojlantirish, zamonaviylashtirish va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, resurslarni tejaydigan ilgʻor texnologiyalarni joriy etish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strukturaviy siyosat maqsadlariga erishishni, mintaqalarni kompleks rivojlantirishni taʼminlaydigan qisqa muddatli va oʻrta muddatli investitsiya dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, tashqi savdo va toʻlov balanslarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozini tayyorlash, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid prognozlarni hamda dasturlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy xalqaro talablar va andozalarga mos keladigan statistikani tashkil etishning samarali tizimini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillariga javob beradigan, milliy hisoblar tuzishni taʼminlaydigan hamda xalqaro statistika andozalariga muvofiq boʻlgan yagona statistika metodologiyasi va koʻrsatkichlar tizimini ishlab chiqib, tadbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika va hisobot koʻrsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini taʼminlash, statistika axborotini olish bemalolligi, uning ochiqligi va oshkoraligini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika axborotini yigʻish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashuvlarga yoʻl qoʻymaydigan statistika ishlarini tashkil qilish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika organlarini zamonaviylashtirish hamda ularni statistik axborotlarni tezkor uzatish va qayta ishlashni taʼminlaydigan zamonaviy kompyuter hamda axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalari bilan qayta jihozlash, statistika boʻyicha yagona axborot tizimini yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registrini, iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini yuritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va statistika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan boʻlinmalar negizida quyidagilar tashkil qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida — Iqtisodiyot vazirligi va statistika boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika viloyatlari va Toshkent shahrida — Iqtisodiyot bosh boshqarmalari va statistika boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika shahar va tumanlarida — iqtisodiyot boʻlimlari va statistika boʻlimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot hududiy organlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar, tuman hokimliklariga qarashli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika hududiy organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga qarashlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmlarining sunʼiy ravishda kamaytirilishiga, korxonalar faoliyatiga noxolis baho berilishiga, pul mablagʻlarining bankdan tashqari noqonuniy aylanishiga olib keladigan notoʻgʻri statistik hisobotni taqdim etishda, statistika maʼlumotlarini yashirishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar qonunga muvofiq qattiq javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga statistik hisobotni yashirganlik va buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga oʻzgartirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 15-maydagi PF-1780-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Hukumatning tegishli qarorlarini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3183-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 231-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)