Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 20-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Bosh vazir oʻrinbosari A.A. Axmetov, tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 12-may,
239-son