Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 2-martda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Gretsiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Bosh vazir oʻrinbosari L.A. Axmetov, tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-mart,
115-son