Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
CHIMYON-CHORVOQ KURORT-REKREATSIYA ZONASINING TABIIY BOYLIKLARINI SAQLAB QOLISH HAMDA DAM OLISH VA SOGʻLOMLASHTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasining tabiiy boyliklarini saqlab qolish va uni kompleks oʻzlashtirish, dam olish bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining, 1-ilovaga muvofiq idoralar, korxonalar va tashkilotlarning ustav fondi miqdori 205 mln soʻm, unda davlat ulushi 51 foiz boʻlgan ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Chatqol” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilansinki, “Chatqol” aksiyadorlik kompaniyasi Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi muhandislik tarmoqlari va dam olish obyektlaridan shartnoma asosida foydalanilishini taʼminlaydi, maishiy axlat va chiqindilar toʻplanishini, hududlar va sohil boʻyi suvlari ulardan tozalanishini tashkil etadi, dam oluvchilarga, shu jumladan avtomobillar toʻxtash joylaridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda pulli xizmatlar koʻrsatadi.
2. “Chatqol” aksiyadorlik kompaniyasining xodimlarning cheklangan soni 14 nafardan iborat (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
“Chatqol” aksiyadorlik kompaniyasi muassislari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda 2 oy muddatda kompaniyani tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin, muassislar ulushini va ustav fondiga beriladigan davlat mulki tarkibini aniqlasin, taʼsis yigʻilishi oʻtkazsin va kompaniya Ustavini tasdiqlasin, kompaniyani belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
* 2-ilova berilmaydi.
3. Toshkent viloyati hokimligi:
2002-yilning I yarim yilligida Gʻazalkent-Chorvoq-Baqachoʻl magistral kanalizatsiya kollektori, shu jumladan ikkita kanalizatsiya nasos stansiyasi va Koʻpriksoy ustidagi vant koʻprik qurilishini tugallasin; 2003-yil oxirigacha — Chimyonsoy kollektori qurilishini va Chirchiq kanalizatsiya tozalash inshootlari kengaytirilishini tugallasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda 2001-yil oxirigacha Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasini rivojlantirishning bosh rejasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasida imorat qurilishi uchun yer uchastkalarini faqat tasdiqlangan bosh rejaga muvofiq ajratsin;
2001-yil oxirigacha Chorvoq suv omborining 100 metrlik sanitariya zonasida joylashgan binolar va inshootlar buzilishini (koʻchirilishini) taʼminlasin;
Chorvoq suv omborining oʻng qirgʻogʻida, shu jumladan sharqiy qirgʻoqda 100 metrlik sanitariya zonasida yer uchastkalari ajratilishini taqiqlasin;
yuridik shaxslarga imorat qurish uchun, shuningdek aholining ommaviy dam olishini tashkil etishga faqat Chorvoq suv omborining soʻl qirgʻogʻidan, Baqachoʻldan Burchmullagacha boʻlgan joydan yer ajratsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi bilan birgalikda Ugom-Chatqol Davlat milliy tabiat bogʻi oʻrmon xoʻjaligi korxonalarining kuchi bilan yer uchastkalaridan foydalanuvchi buyurtmachilarning mablagʻlari hisobiga 2002 — 2005-yillarda kurort-rekreatsiya zonasi oʻrmonzorga aylantirilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Toshkent shahrining bosh rejasi ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti bilan birgalikda Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasida joylashgan turar joy va maʼmuriy binolarning energiya taʼminoti manbalarini (issiqlik taʼminoti va ovqat pishirish) variantlarini koʻrib chiqsin va qaror qabul qilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun yer uchastkalariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori qabul qilingan holda kim oshdi savdosi orqali amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi 3 oy muddatda yerlarni xatlovdan oʻtkazishni va qishloq xoʻjalik yer maydonlarini keyinchalik belgilangan tartibda Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasida qurilishga yer ajratish uchun ularning qiymat jihatidan baholanishini tugallasin.
5. Toshkent shahrining bosh rejasi ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti:
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2001-yil oxirigacha Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi yerlarini kadastr jihatidan baholasin;
“Gidroloyiha” instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2001-yil oxirigacha tegishli hujjatni rasmiylashtirgan holda Chorvoq suv omborining butun qirgʻogʻi boʻylab suv gorizontining eng yuqori sathi boʻyicha sanitariya zonasining 100 metrlik chegarasini belgilasin.
6. Quyidagilar oʻz mablagʻlari hisobiga:
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 2002-yil 1-iyungacha — Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi tashqi elektr taʼminoti obyektlarini loyihalashtirsin va qursin;
“Oʻzavtoyoʻl” konserni — 2002-yil 1-avgustgacha Chorvoq-Yusupxona avtoyoʻlini rekonstruksiya qilishni tugallasin;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi — 2002-yil 1-iyungacha Xoʻjakent temir yoʻl stansiyasida avtostansiya qurilishini tugallasin.
7. Toshkent shahar hokimligi:
2002-yil 1-iyungacha Chorvoq suv omborining Baqachoʻl plyaj zonasini obodonlashtirish ishlarini bajarsin va ushbu zonadagi tugallanmagan 3 binoni qurib bitkazsin;
2003-yil 1-sentabrgacha Chimyonda 100 oʻrinli mehmonxonasi boʻlgan 3000 kishini qabul qiluvchi Jamoatchilik markazi qurilishini tugallasin.
8. Nasos stansiyalari qurilishini 2002-yilning I yarim yilligida, suv taʼminoti obyektlari qurilishini esa — 2003-yilda tugallagan holda magistral suv taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha buyurtmachi va pudratchi funksiyasi “Oʻzkommunxizmat” agentligiga, texnik suv taʼminoti nasos stansiyalari boʻyicha esa — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi 2001-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Chimyon—Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasida oʻrmon daraxtlari va manzarali daraxtlarni joylashtirish sxemasini ishlab chiqsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tozalash inshootlari, kanalizatsiya va suv taʼminotining magistral obyektlari qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishini nazarda tutgan holda Chimyon—Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi obyektlari qurilishini mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini aniqlab respublikaning investitsiya dasturlariga kiritishni nazarda tutsin.
11. Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, “Oʻzmetkombinat” birlashmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Paxta-bank”ning Chorvoq suv ombori plyaj zonasining tugallanmagan obyektlari qurilishi oʻz mablagʻlari hisobiga ular tomonidan 2002-yilda tugallanishi toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari bir oy muddatda ushbu obyektlar roʻyxatini aniqlasin va ular ustav fondida davlat ulushini tegishli ravishda koʻpaytirgan holda koʻrsatib oʻtilgan korxonalar balansiga bersinlar.
12. Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasida obyektlar qurayotgan tashkilotlarga ushbu maqsadlar uchun import qilinadigan qurilish asbob-uskunalari, mashina va mexanizmlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona bojlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorining 8-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
“Chatqol” aksiyadorlik kompaniyasi va muassislarning Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi qurilishiga va uni rivojlantirishga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlari soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan istisno tariqasida uch yil muddatga ozod qilinsin, “Chatqol” aksiyadorlik kompaniyasining boʻshab qoladigan mablagʻlari tegishli ravishda davlat ulushi hisobiga uning ustav fondiga kiritilsin.
13. Chimyon-Chortoq kurort-rekreatsiya zonasi obyektlarida loyihalash va qurilish ishlari 2001-yil oxirigacha istisno tariqasida bir paytda olib borilishiga ruxsat berilsin.
14. “Chatqol” aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 2002-yil 1-iyungacha suvda qutqarish xizmatini binolar, suzish vositalari va maxsus gʻavvoslik anjomlari bilan taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasida Boʻstonliq tuman ichki ishlar boʻlimining shtatdagi xodimlari soni 20 nafar boʻlgan militsiya boʻlinmasini tashkil etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasida qurilish tugallangunga qadar militsiya boʻlinmasining shtatdagi xodimlariga sarflanadigan xarajatlarni har yili mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni oʻzlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondashishni taʼminlash choralari toʻgʻrisida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qarori bilan tashkil etilgan respublika shtabining yangilangan tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni oʻzlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondashishni taʼminlash choralari toʻgʻrisida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qaroriga 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Toshkent sh.,
2001-yil 6-sentabr,
362-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-sentabrdagi 362-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Chatqol” aksiyadorlik kompaniyasining muassis korxonalari va tashkilotlari
ROʻYXATI
1. Navoiy kon-metallurgiya kombinati
2. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati
3. “Oʻzmetkombinat” birlashmasi
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
7. “Oʻzsanoatqurilishbank”
8. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”
9. “Paxta-bank”
10. “Asaka” banki
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-sentabrdagi 362-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Chimyon-Chorvoq zonasining tabiiy boyliklarini saqlab qolish hamda dam olish va sogʻlomlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari bajarilishini nazorat qilish va tashkil etish boʻyicha respublika shtabi
TARKIBI
| Joʻrabekov I.H. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, shtab raisi | |
| Xudoybergenov T.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, rais oʻrinbosari | |
| Isayev A.N. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, rais oʻrinbosari | |
| Mirzaqulov U.M. | — | Toshkent viloyati hokimi, rais oʻrinbosari | |
| Toʻlaganov K.N. | — | Toshkent shahri hokimi, rais oʻrinbosari | |
| Alixoʻjayev O.S. | — | Vazirlar Mahkamasining Qurilish, qurilish materiallari sanoati, transport va aloqa kompleksi kotibiyati mudiri, shtab kotibi | |
|
Shtab aʼzolari: |
| ||
| Asatov X.A. | — | Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari | |
| Neʼmatov Oʻ.U. | — | Boʻstonliq tumani hokimi | |
| Oʻtaganov M.I. | — | Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita raisi | |
| Tojibayev A.K. | — | “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi raisi | |
| Toxtayev A.R. | — | “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi | |
| Shoismatov E.R. | — | “Oʻzbekenergo” kompaniyasi raisi | |
| Qurbonov E.Q. | — | Yer resurslari davlat qoʻmitasi raisi | |
| Qosimov B.E. | — | Favqulodda vaziyatlar vaziri | |
| Zohidov R.Q. | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisi | |
| Rahimov Gʻ.A. | — | Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari | |
| Azimov T.S. | — | “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” raisi | |
| Xoʻjayev B.E. | — | Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari | |
| Zinin V.I. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari | |
| Parpiyev B.R. | — | Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari | |
| Azimboyev T.A. | — | “Oʻzavtoyoʻl” konserni raisining oʻrinbosari | |
| Sherimbetov H.S. | — | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi | |
| Niyozmatov B.I. | — | Oʻzbekiston Respublikasi bosh sanitariya vrachi | |
| Xolmuhamedov Oʻ.O. | — | “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori | |
| Julin N.I. | — | “Oʻztransgaz” kompaniyasi bosh direktori | |
| Isayev G.G. | — | “Oʻzbekgidroenergoqurilish” tresti boshqaruvchisi | |
| Akopdjanyan V.A. | — | Toshkent shahrining bosh rejasi ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti direktori | |