30.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2050
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI QAYTA ROʻYXATDAN OʻTKAZISHNI (QAYD ETISHNI) TASHKIL ETISH VA AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 30-noyabrda 2050-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” va 2007-yil 27-iyundagi 131-sonli “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 264-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-dekabrdagi 259-sonli (roʻyxat raqami 2050-1, 10.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/2050-1/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 13-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2009-yil 13-oktabrdagi 107-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” hamda 2007-yil 27-iyundagi 131-sonli “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 264-modda) qarorlariga muvofiq avtomototransport vositalarini (tirkamalarini, yarim tirkamalarini) (bundan keyingi oʻrinlarda transport vositasi deb yuritiladi) qayta roʻyxatdan oʻtkazish (qayd etish), shuningdek, ularning yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qayta taʼmirlash va almashtirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-dekabrdagi 259-sonli (roʻyxat raqami 2050-1, 10.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/2050-1/0538-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining egasi (vakili) — transport vositasining mulkdori yoki qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va doirada transport vositasiga egalik qiluvchi yoki undan foydalanuvchi yoxud uni tasarruf etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari — mexanik ravishda deformatsiyalanganligi, kimyoviy reagentlar taʼsiri ostida boʻlganligi yoki yuqori haroratda (termik) ishlov berilganligi oqibatida tashqi koʻrinishini aniqlay olmaslik darajasida oʻzgargan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta roʻyxatdan oʻtkazish (qayd etish) — tegishli yuridik asoslar mavjud boʻlganida transport vositalarini hisobga olishga doir maʼlumotlar va hujjatlarga oʻzgartirishlar hamda qoʻshimchalar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Yoʻriqnoma talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-iyundagi 131-sonli qarori bilan joriy etilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalariga tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligiga tegishli harbiy transport vositalari, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli traktorlar, traktor tirkamalari va oʻziyurar mexanizmlar, umumfoydalanish yoʻllarida ishlatilmaydigan avtomobillar, shuningdek, tramvay, trolleybuslarning roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 15-iyuldagi 184-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2050-2, 24.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2019-y., 10/19/2050-2/3473-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Transport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish (qayd etish)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor-jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, shuningdek mulkdor-yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish joyini oʻzgartirishni talab qilmagan holda avtomototransport vositasi egasining yashash (turar) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga tegishli yuk avtomototransport vositalarining, avtobus va mikroavtobuslarning saqlab turiladigan joyi oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarining rangi va (yoki) raqamli agregati oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasi qayta jihozlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi yoki roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqam belgisi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki yoʻqolganda.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-dekabrdagi 259-sonli (roʻyxat raqami 2050-1, 10.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/2050-1/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish (qayd etish) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlarining roʻyxatlash va imtihon olish boʻlimlari yoki tumanlararo roʻyxatlash va imtihon olish boʻlinmalari (bundan keyingi oʻrinlarda RIB (TRIB) deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Yoʻriqnomaning 3-bandida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda, transport vositasining texnik holatidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslar oʻn kun mobaynida RIB (TRIB)larga murojaat etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qayta tiklash, shuningdek ularni boshqasiga almashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vositalarining yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qayta tiklash, shuningdek, ularni boshqasiga almashtirish RIB (TRIB)lar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari taʼmirlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqotilgan (oʻgʻirlangan), foydalanish jarayonida standart talablariga rioya etilmasdan buzilgan yoki qasddan buzilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari qayta tiklanmaydi. Ularning oʻrniga yangi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qayta tiklash, shuningdek, ularni boshqasiga almashtirish uchun transport vositalarining egalari yozma ravishda RIB (TRIB)larga murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. RIB (TRIB) tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qayta tiklash boʻyicha murojaatlari umumlashtiriladi hamda bir oyda bir marta Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga (bundan keyingi oʻrinlarda IIV YHXBB deb yuritiladi) buyurtma rasmiylashtiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-dekabrdagi 259-sonli (roʻyxat raqami 2050-1, 10.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/2050-1/0538-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtmaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaroqsiz xolga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli toʻlovni tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi qayd etish guvohnomasining nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Buyurtmalar asosida yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari IIV YHXBB qoshidagi “Uzavtomotobelgi” Davlat unitar korxonasida (bundan keyingi oʻrinlarda Davlat unitar korxona deb yuritiladi) qayta ishlab chiqariladi. Buyurtmalar Davlat unitar korxonaga kelib tushgandan keyin RIB (TRIB)larning vakili ishtirokida mazkur Yoʻriqnomaning 10-bandida koʻrsatilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari hamda hujjatlar tekshiriladi. Taqdim etilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari namunasining haqiqiy holati koʻrib chiqiladi. Yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari yoʻq qilinadi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-dekabrdagi 259-sonli (roʻyxat raqami 2050-1, 10.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/2050-1/0538-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat unitar korxonasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qayta tiklash oʻttiz kun mobaynida amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-dekabrdagi 259-sonli (roʻyxat raqami 2050-1, 10.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/2050-1/0538-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari qayta tiklangandan soʻng, ular RIB (TRIB)larga taqdim etiladi va bu haqda foydalanishda boʻlib shikastlangan va yaroqsiz holga kelib qolgan roʻyxatga olish davlat raqami belgilarini qayd etish kitobiga yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Avtomototransport vositalarining har bir qayta tiklangan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari haqidagi maʼlumot IIV YHXBB va Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi elektron hisob bazasiga kiritiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 28-avgustdagi 220-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2050-3, 03.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 10/20/2050-3/1250-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Transport vositalari roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻttiz kun ichida ishlab chiqarish kamchiligi oqibatida roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari yaroqsiz holga kelsa, bunday roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qayta tiklash toʻlovlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa holatlarda toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qayta tiklash davrida transport vositalariga ilgari foydalanishda boʻlgan yaroqli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari vaqtincha foydalanishga beriladi. Bu haqda Vaqtincha hisobga olishni qayd etish kitobiga belgi kiritiladi. Transport vositasini qayd etish guvohnomasiga vaqtincha foydalanishga berilayotgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining raqamlari, seriyasi hamda uning amal qilish muddati toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritiladi hamda RIB (TRIB) muhri bilan tasdiqlanadi. Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari vaqtincha foydalanishga berilganda toʻlov undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qayta tiklangan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qabul qilib olish vaqtida transport vositalari egalari vaqtincha foydalanishga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qaytaradilar. Ular RIB (TRIB)lar tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisini qisqa muddatda qayta tiklash zaruriyati paydo boʻlganda jismoniy va yuridik shaxslar IIV YHXBBga ariza bilan murojaat etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli toʻlovni tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi qayd etish guvohnomasining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. IIV YHXBB tomonidan uch ish kuni ichida ariza va unga ilova qilingan hujjatlar oʻrganilib, transport vositasi koʻrikdan oʻtkaziladi. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga hamda Davlat unitar korxonasiga tegishli topshiriq yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi shu kunning oʻzida yaroqsiz yoki shikastlangan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qabul qiladi hamda qayta tiklash davrida ilgari foydalanishda boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini vaqtincha foydalanishga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklangan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari besh ish kuni ichida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan beriladi.
(171 va 172-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 1-dekabrdagi 259-sonli (roʻyxat raqami 2050-1, 10.01.2018-y.) buyrugʻiga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/2050-1/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Yoʻriqnoma talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 545-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 10/18/2050-1/0538-son, 24.07.2019-y., 10/19/2050-2/3473-son; 03.09.2020-y., 10/20/2050-3/1250-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 30.07.2025-y., 10/25/2050-4/0664-son; 10.10.2025-y., 10/25/2050-5/0920-son; 01.05.2026-y., 10/26/2050-6/0436-son)