Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OSIYO RIVOJLANISh BANKI IShTIROKIDA “INFRATUZILMALARNI RIVOJLANTIRIShNI, ShUNINGDEK SIRDARYo VILOYATI OQ OLTIN TUMANIDAGI TARKIBI OʻZGARTIRILGAN XOʻJALIKLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh” LOYIHASINI AMALGA OShIRIShGA DOIR BIRINChI NAVBATDAGI ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Osiyo rivojlanish banki bilan hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash maqsadida va Vazirlar Mahkamasining “Osiyo rivojlanish banki bilan hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 30-apreldagi 186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Osiyo rivojlanish banki va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oq oltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda “Loyiha” deb ataladi) amalga oshirish uchun 40 mln AQSh dollariga yaqin miqdorda kredit berilishi toʻgʻrisida kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Osiyo rivojlanish banki (ORB) ishtirokida koʻrsatib oʻtilgan loyihaning samarali amalga oshirilishini taʼminlash uchun ilovaga* muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Muvofiqlashtiruvchi kengashga:
Oq oltin tumanidagi xoʻjaliklarga kredit-moliya xizmatlari koʻrsatish, irrigatsiya va drenaj tizimlari hamda suv taʼminoti tizimlarini tiklash boʻyicha tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni oʻz ichiga oluvchi, Loyihani amalga oshirish doirasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishi;
Osiyo rivojlanish banki ekspertlari bilan birgalikda Loyihani mablagʻ bilan taʼminlashning mukammal rejasi ishlab chiqilishi;
Loyiha mablagʻlarining maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratning amalga oshirilishi uchun masʼuliyat yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-avgustdagi 356-son qarori bilan tashkil etilgan Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish loyihasini amalga oshirish boʻyicha agentlik koʻrsatib oʻtilgan Loyihani amalga oshirish ishchi organi hisoblanadi.
Agentlikka Loyiha komponentlarini boshqarish va joriy etish rejalarini ishlab chiqish, Loyiha qatnashchilariga maslahat yordamini taʼminlash, zarur boʻlgan moliyaviy va boshqa hujjatlarni yuritish masʼuliyati yuklansin.
Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish loyihasini amalga oshirish boʻyicha agentlikka yuridik shaxs maqomi berilsin va u belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Agentlik toʻgʻrisidagi Nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 3-sentabr,
416-son