16.05.2001 yildagi 219-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.03.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIZILQUM FOSFORIT KONLARINI KOMPLEKS OʻZLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Qizilqum mintaqasida nodir fosforit koni bosqichma-bosqich, kompleks va samarali oʻzlashtirilishini taʼminlash, uning negizida respublikada fosforli mineral oʻgʻitlar va eksportga yoʻnaltirilgan boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Qizilqum mintaqasidagi Jeroy fosforit koni zaxiralari va baholangan resurslari, ularning sifati, kon qazishning kon-geologiya va kon-texnika shart-sharoitlariga koʻra MDH mamlakatlarida bunga oʻxshash kon yoʻqligi hamda jahondagi konlarning birinchi oʻnligiga kirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fosforit xom ashyosi zaxirasi sanoat kategoriyalari boʻyicha 40 — 50 metr chuqurlikkacha 303,6 mln tonna ruda, 57,7 mln tonna fosfor besh oksidi miqdorida baholanishi, bu qishloq xoʻjaligining fosforli oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojini 100 yildan ortiq muddatga taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan Qizilqum fosforit kompleksining xom ashyo bazasi Jeroy koni zaxiralariga, shuningdek fosforit rudalarining prognoz resurslari 5,0 mlrd tonnadan ortiq boʻlgan Karakat, Shimoliy Jetimtov kabi va boshqa yangi konlar jalb etilishi hisobiga asoslanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda Qizilqum fosforit kombinatida 1,0 mln tonna fosforit rudasi qazib olinganligi va unga qayta ishlanganligi, “Krup Polizius” firmasi (Germaniya)ning tez kuydiruvchi vertikal pechidan foydalangan holda 27 foiz ozuqa moddasi (P2O5) boʻlgan konsentrat ishlab chiqarish boshlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh jinslar ichki agʻdarilgan qatlam hosil qiladigan qazishning qabul qilingan sxemasi yerning texnik rekultivatsiyasini kon qazish ishlari bilan bir vaqtda bajarish imkonini berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizilqum fosforit kompleksi rivojlanishiga konsentratsiyasiga koʻra turlicha fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish uchun 16 foizdan 28 foizgacha ozuqa moddalari (P2O5) olingan holda jinsni selektiv oʻyishdan tortib fosforit xom ashyosini izchil boyitishgacha boʻlgan butun texnologiya zanjiri boʻyicha ilgʻor texnologiyalardan foydalanilgan ishlab chiqarish quvvatlari yaratish imkonini beruvchi katta hajmda investitsiyalar jalb qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jeroy koni fosforitlaridan oddiy fosfor, azot-fosfor, azot-kalsiy, organik mineral oʻgʻitlar, konsentratsiyalangan fosfor kislota ishlab chiqarish uchun foydalanishning istiqbol yoʻnalishlari va muddatlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Qizilqum fosforit kompleksida Jeroy konining fosforit rudalarini qazib olishni bosqichma-bosqich kengaytirish, ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash hamda respublika kimyo korxonalari tomonidan fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish yuzasidan 2-ilovaga* muvofiq takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnida berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qizilqum fosforit kompleksidan respublika kimyo korxonalariga, ular rekonstruksiya qilingungacha, fosforit xom ashyosini quyidagi yillik hajmlarda yetkazib berishga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand kimyo zavodiga — 200-250 ming tonna kuydirilgan fosforit konsentrati (27-28% P2O5) va 100 ming tonna fosforit kukuni (16 — 18% P2O5), shuningdek zavod buyurtmasi boʻyicha minerallashtirilgan massa (12 — 14% P2O5);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasiga 200 — 250 ming tonna kuydirilgan fosforit konsentrati (27-28% P2O5);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻqon superfosfat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga 200 ming tonna fosforit kukuni (16-17% P2O5).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001 — 2003-yillarda Markaziy Qizilqum konlari yer osti suvlarining tabiiy resurslarini va mintaqaviy foydalanish zaxiralarini qayta baholasin hamda ularni Qizilqum mintaqasining jadal oʻzlashtirilishi va suvdan foydalanishning oʻzgargan shart-sharoitlari munosabati bilan 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilma boyliklar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasida tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002 — 2005-yillarda Karakat va Shimoliy Jetimtov konlarining fosforit zaxiralarini razvedka qilsin hamda ularni 2006-yilda Foydali qazilma boyliklar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasida himoya qilsin, shuningdek Qizilqum fosforit kompleksining moddiy-xom ashyo bazasini mustahkamlash va yanada kengaytirish maqsadida Boʻkantov togʻlaridagi Jaxau va Zirabuloq togʻlaridagi Ziyoviddin istiqbolli maydonlarida fosforit zaxiralarini dastlabki baholasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-martdagi 135-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Qoʻqon superfosfat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida 300 ming tonna kuydirilmagan fosforit konsentratini qayta ishlash loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Jeroy konidan olingan fosforit konsentrantlarining oʻziga xosligini hisobga olgan holda oʻgʻitlar olishning texnologiyalarini ishlab chiqish va keyinchalik doimiy ravishda takomillashtirish maqsadida, 2002-yilning III choragida foydalanishga topshirgan holda, Samarqand kimyo zavodida tajriba-sanoat qurilmasiga ega boʻlgan eksperimental laboratoriya tashkil etish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olti oy muddatda Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasini rekonstruksiya qilish va 500 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosforit konsentratidan (28% P2O5) va 200 ming tonna yuvilgan fosforit konsentratidan (19% P2O5) 200 ming tonna fosforli oʻgʻitlar (100% P2O5) ishlab chiqaruvchi quvvatlar tashkil etish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-martdagi 135-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-martdagi 135-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda fosforit rudasini qayta ishlash chogʻida hosil boʻlgan past navli fosforit xom ashyosidan olingan oʻgʻitlardan foydalanishga doir takliflar tayyorlash uchun maxsus ekspertlar guruhini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001 — 2003-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida oddiy fosforli va azot-kalsiyli oʻgʻitlar qoʻllash samaradorligining dala sinovlarini oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 2001-yildan boshlab yiliga 200 ming tonna hajmida organik mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish maqsadida tarkibida 12—14% P2O5 boʻlgan fosforit xom ashyoni kompostlashni tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2002-yildan boshlab investitsiya dasturlarida Qizilqum fosforit kompleksini kengaytirish, Samarqand kimyo zavodini, Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasi, “Qoʻqon superfosfot zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini rekonstruksiya qilish va zamonaviylashtirish, shuningdek Samarqand kimyo zavodida eksperimental laboratoriya tashkil etish loyihalari amalga oshirilishini nazarda tutsinlar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “Fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 26-noyabrdagi 509-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219-son