Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 13.08.2001 yildagi 334-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM KOʻRSATISH MARKAZINI JIHOZLASH HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAKILLARINING YAPONIYADA TAʼLIM OLISHLARINI TASHKIL ETISH UCHUN YAPONIYA HUKUMATINING BEGʻARAZ YORDAMIDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiya Hukumati tomonidan Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish markazini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun 793 mln. Yaponiya yeni miqdorida va Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiyada taʼlim olishlarini tashkil etish uchun 383 mln. Yaponiya yeni miqdorida begʻaraz asosda ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov har ikki loyiha boʻyicha Ayirboshlash notalarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga begʻaraz yordamni olish va tibbiyot asbob-uskunalarini yetkazib berish hamda respublika vakillarining taʼlim olishlari uchun ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishga doir barcha tartibotlarni Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Yaponiya Hukumatining yuqorida koʻrsatilgan grantlariga hisob-kitob xizmati koʻrsatish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz yordam doirasida kelayotgan asbob-uskunalar, texnika va xizmatlar boj toʻlovlaridan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi grant hisobiga kelayotgan tibbiyot asbob-uskunalarining yuklarning aeroportda va tovar bekatida saqlanishining butun davri mobaynida toʻxtovsiz ortilishi va tushirilishini hamda omborxonaga joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliya vazirligi Yaponiya tomonining begʻaraz yordamga hisob-kitob xizmati koʻrsatganligi uchun vositachilik haqini toʻlashga mablagʻ ajratishini va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining soʻmlardagi mablagʻlari konvertatsiya qilinishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha mazkur loyihalarni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining konsullik yigʻimlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha mazkur loyihalarning xorijiy mutaxassislariga koʻp martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda, taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334-son