Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.10.2025 02.05.2001 yildagi 202-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.10.2025
Hujjat 02.05.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI FUQAROLARI UCHUN VIZA BERISH TARTIBOTLARINI SODDALASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, ish bilan va turistik maqsadda Oʻzbekiston Respublikasiga kelishadigan Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolariga vizalarni rasmiylashtirish tartibotini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bilan Oʻzbekistonga kelishadigan Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolariga bir yil muddatga beriladigan koʻp martalik vizalarni Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin, Oʻzbekiston Respublikasidagi taklif etuvchi yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishini talab etishni bekor qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistlar sifatida Oʻzbekistonga kelishadigan Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolariga bir oygacha muddatga beriladigan koʻp martalik vizalarni 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining yoki boshqa turistik tashkilotlarning turistik vaucherlarini taqdim etish zarurligi toʻgʻrisidagi talablarni bekor qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari oʻzlarining idoraviy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202-son