Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.05.2001 yildagi 202-son
Кучга кириш санаси
02.05.2001
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 17.04.2017 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI FUQAROLARI UCHUN VIZA BERISH TARTIBOTLARINI SODDALASHTIRISH TOʻGʻRISIDA | GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI FUQAROLARI UCHUN VIZA BERISH TARTIBOTLARINI SODDALASHTIRISH TOʻGʻRISIDA |
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, ish bilan va turistik maqsadda Oʻzbekiston Respublikasiga kelishadigan Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolariga vizalarni rasmiylashtirish tartibotini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, ish bilan va turistik maqsadda Oʻzbekiston Respublikasiga kelishadigan Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolariga vizalarni rasmiylashtirish tartibotini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi: | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi: |
ish bilan Oʻzbekistonga kelishadigan Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolariga bir yil muddatga beriladigan koʻp martalik vizalarni Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin, Oʻzbekiston Respublikasidagi taklif etuvchi yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishini talab etishni bekor qilsin; | ish bilan Oʻzbekistonga kelishadigan Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolariga bir yil muddatga beriladigan koʻp martalik vizalarni Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin, Oʻzbekiston Respublikasidagi taklif etuvchi yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishini talab etishni bekor qilsin; |
turistlar sifatida Oʻzbekistonga kelishadigan Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolariga bir oygacha muddatga beriladigan koʻp martalik vizalarni 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin, turistik tashkilotlarning turistik vaucherlarini taqdim etish zarurligi toʻgʻrisidagi talablarni bekor qilsin. | |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin. | 2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin. |
3. Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari oʻzlarining idoraviy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. | 3. Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari oʻzlarining idoraviy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. |
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. |
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV | Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2001-yil 2-may, | 2001-yil 2-may, |
202-son | 202-son |