01.12.2009 yildagi PQ-1236-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.11.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVCHI BUYUMLAR VA MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISHNI CHUQURLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini yanada chuqurlashtirish, birja va yarmarka savdolarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi rolini oshirish, shuningdek mahalliy xom ashyo hamda sanoat kooperatsiyasi negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi import qilinayotgan mahsulotlar hajmlari va turlarini chuqur tahlil qilish, shuningdek tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli oʻrganish asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yoʻnalishlari hamda aniq roʻyxatlari boʻyicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi hamda ularni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining takliflari asosida respublika tarmoqlari va mintaqalari boʻyicha mamlakatimiz korxonalarida mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar (xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishni amalga oshiradi, Mahalliylashtirish dasturini shakllantiradi, ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoringni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini umumiy muvofiqlashtirishni Hukumat qarori bilan tashkil etiladigan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish boʻyicha maxsus idoralararo komissiya bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish boʻyicha maxsus idoralararo komissiya tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma kompaniyasi ochiq aksiyadorlik jamiyatining ikkita pavilyonini rekonstruksiya qilsin, umumiy koʻrgazma maydonini 14,5 ming kvadrat metrgacha yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, begʻaraz texnik koʻmakni (grantlarni) jalb etishga doir har bir loyiha boʻyicha mukofotlarning aniq miqdorlari va mukofotlanadigan mansabdor shaxslarning roʻyxati tegishli tuzilmalar taqdimiga koʻra Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda aniqlashtiriladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan taʼminlash va koʻmaklashish agentligi — “Oʻzinfoinvest”ni tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 6-fevraldagi PQ-578-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 11-apreldagi 67-son qarori 3-bandining birinchi xatboshi va qarorga 1-ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasiga grantli begʻaraz texnik koʻmakni jalb etishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 20-oktabrdagi 275-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 1-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1236-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini (keyingi oʻrinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb yuritiladi) tuzish, tasdiqlash va amalga oshirilishini nazorat qilish tartibini, shuningdek ushbu jarayonda uning asosiy qatnashchilari — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliylashtirish loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik mexanizmini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalliylashtirish dasturini tuzish unga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tashabbus koʻrsatgan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan mahsulotlarning hajmi, tarkibi va turlarini chuqur tahlil qilish, tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli oʻrganish asosida ishlab chiqilgan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining takliflari asosida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan joylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, xizmatlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyalashtirish darajasini va raqobat muhiti rivojlanishini, tovarlar (xizmatlar)ning oʻzaro bir-birining oʻrnini bosishi va narx omilini hisobga olgan holda tovarlar (xizmatlar) bilan ichki bozorning toʻldirilganligini baholashdan kelib chiqib Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining takliflari asosida tuziladigan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini oʻzlashtirish loyihalarini kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliylashtirish dasturiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb yuritiladi) xulosalari asosida amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliylashtirish dasturini tuzish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha maxsus idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda maxsus komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Maxsus komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Maxsus komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. Uning xodimlaridan kotib boshchilik qiladigan Maxsus komissiya Kotibiyati tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalliylashtirish dasturiga yangi loyihalarni kiritish, shuningdek tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qaror:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish dasturi loyihalari parametrlariga tuzatishlar kiritish yuzasidan — Maxsus komissiya tomonidan, mahalliylashtirishning belgilangan darajasini pasaytirish bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyaning takliflari boʻyicha mahalliylashtirish loyihalari parametrlari va roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan -Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish ishlab chiqarish quvvatlari doirasida Maxsus Idoralararo komissiya va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilmagan holda loyihalar tashabbuskorlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 163-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mahalliylashtirish dasturini tuzish boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining asosiy funksiyalari va vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida samarali oʻzaro hamkorlikni taʼminlash va uni amalga oshirishning sifatli monitoringini tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) loyihalarning tashabbuskorlari — vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbus koʻrsatilayotgan mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha hujjatlarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlaydilar hamda mahalliylashtirish loyihalarini Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun hujjatlarni belgilangan tartibda Maxsus komissiya Kotibiyatiga taqdim etadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan mahsulotning mamlakatimizdagi potensial xaridorlarini va xorijiy xaridorlarni hamkorlikka jalb qilish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab qilingan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etishga buyurtmachilarni faollik bilan izlaydilar, hamkorlikni rivojlantirish shartlarini muhokama qiladilar va shartnoma bilan rasmiylashtirish boʻyicha ular bilan muzokaralar tashkil etadilar va olib boradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirish dasturlarini samarali va oʻz vaqtida amalga oshiradilar va belgilangan parametrlarga erishadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import kontraktlari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqadi va yuritadi hamda shu asosda respublika tarmoqlari va korxonalari boʻyicha import qilinadigan mahsulotlar (xizmatlar) tarkibi va turlarini chuqur tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan mahsulotlar tarkibi va turlarini chuqur tahlil qilish, tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli oʻrganish asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yoʻnalishlari va aniq roʻyxatlari boʻyicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir takliflarni, shu jumladan eksportga yetkazib berishni kengaytirish uchun ishlab chiqadi, keyinchalik ushbu takliflarni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kompaniyalar va tashkilotlarning takliflari va salohiyatini oʻrganish asosida importning oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarning eng koʻp talab qilinadigan turlarini oʻzlashtirish boʻyicha xorijiy sheriklarni sanoat kooperatsiyasiga jalb etishga doir takliflarni ishlab chiqadi va Maxsus komissiya Kotibiyatiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan holatlarda mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi va xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “b” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
importning oʻrnini bosadigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining takliflarini respublikaning xoʻjalik birlashmalari va korxonalari bilan birgalikda batafsil oʻrganadi hamda importning oʻrnini bosadigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yangi turlarini mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishga buyurtmalarni joylashtirish, shu jumladan yangi korxonalar tashkil etish, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi;
(7-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz iqtisodiyotini kompleks va muvozanatli rivojlantirishni taʼminlashni, tabiiy, mineral-xom ashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va mehnat salohiyatidan, shuningdek tegishli infratuzilmadan samarali foydalanishni hisobga olgan holda mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarishni iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarida va mintaqalarida joylashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruviga tegishli organlari, sanoat korxonalari bilan birgalikda bir nechta tashkilotlar va korxonalarni jalb etishni talab qiladigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarning yangi murakkabroq turlarini oʻzlashtirish uchun uzellar va detallar ishlab chiqarishni joylashtirishning samarali sxemalarini, shuningdek ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik jihatdan qayta taqsimlash, mahsulotlarning ishlab chiqariladigan turlari elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqadi va yuritadi hamda shu asosda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan xollarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi va xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalarini, tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxatlari boʻyicha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining takliflari boʻyicha respublika korxonalarida joylashtirilgan buyurtmalarni koʻrib chiqish asosida Mahalliylashtirish dasturini tuzadi;
(7-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishning, shu jumladan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar bilan belgilangan parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlaydi hamda tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:
(7-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyalashtirish va raqobat muhitini rivojlantirish darajasini, tovarlar (xizmatlar)ning oʻzaro oʻrnini bosishini va narx omilini hisobga olgan holda bozorning tovarlar (xizmatlar) bilan toʻldirilganligini baholaydi hamda tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning aniq roʻyxati bilan birga tovarlar (xizmatlar)ni mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan oʻzlashtirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Iqtisodiyot vazirligiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan hollarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi va xulosalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud boʻsh yotgan ishlab chiqarish quvvatlari, binolar va inshootlar, shu jumladan bepul xarid qiymati boʻyicha aniq investitsiya majburiyatlari evaziga taklif etilayotgan quvvatlar, binolar va inshootlar mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarishlarni oʻzlashtirishni tashkillashtirish uchun ular toʻgʻrisida Iqtisodiyot vazirligiga har chorakda axborot berib borish.
(7-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi oʻzlashtirishga tavsiya qilinayotgan mahsulotlar roʻyxatini texnologik qayta taqsimlash, asbob- uskunalar va respublika sanoat korxonalari salohiyatini, foydalanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalarini oʻrganish asosida yangi samarali texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini, bir nechta tashkilotlar va korxonalarni jalb etishni talab qiladigan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarning yangi murakkabroq turlarini oʻzlashtirish uchun uzellar va detallar ishlab chiqarishni joylashtirishning oqilona va eng maqbul sxemasi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Oʻzstandart” agentligi ishlab chiqariladigan mahsulotni sifati va dizayni boʻyicha zamonaviy talablar va standartlar darajasiga yetkazish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Maxsus komissiya Kotibiyatiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostidagi kredit mablagʻlari hisobiga Mahalliylashtirish dasturiga kiritish taklif qilinayotgan loyihalar amalga oshirilgan taqdirda iqtisodiy samaradorlikni kelishish yuzasidan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini baholash natijalari boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi va xulosalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish sohasida Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari hamda barcha vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi.
(7-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tashabbus koʻrsatilgan loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar — mahalliylashtirish loyihalari tashabbuskorlari (keyingi oʻrinlarda loyiha tashabbuskori deb yuritiladi) loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan shakl boʻyicha Maxsus komissiya Kotibiyatiga “bir darcha” prinsipi boʻyicha kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish boʻyicha elektron shaklda takliflar berish huquqiga ega.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-iyuldagi PQ-2213-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 366-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Loyiha tashabbuskori taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Loyiha tashabbuskoridan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maxsus komissiya Kotibiyati loyihaning maqsadidan, uni moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqqan holda tushgan takliflarni koʻrib chiqish uchun ikki kun muddatda vakolatli organlarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Takliflar bir vaqtning oʻzida quyidagi vakolatli organlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning Mahalliylashtirish dasturi maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirishning taklif etilayotgan darajasiga erishish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yoki loyiha parametrlarini oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligi baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketingning taklif etilayotgan konsepsiyasi, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotni sotish istiqbollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtiriladigan mahsulotni tashqi bozorda sotish narxlari parametrlari (loyiha tashabbuskori tomonidan mahsulotni eksport qilish nazarda tutilgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shunga oʻxshash mahsulot importini tahlil qilish (TIF TN kodi boʻyicha 10 belgi darajasida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yoki loyiha parametrlarini oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi asosida loyihani amalga oshirish samaradorligi va imkoniyati baholanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan — raqobat muhitini, monopoliya qilib olish darajasini, tovarlarning oʻzaro bir-birining oʻrnini bosishini hisobga olgan holda bozorni toʻldirish va narx belgilash baholanadi;
(12-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (loyiha moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari yoki Hukumat kafolati ostidagi kredit mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan taqdirda) — loyihaning iqtisodiy samaradorligi baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat boʻlganda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Iqtisodiyot vazirligida vakolatli organlar mutaxassislaridan iborat vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli organlar loyiha tashabbuskorlarining takliflarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha asoslangan xulosalarni hujjatlar tushgan paytdan boshlab oʻn kundan kech boʻlmagan muddatda Maxsus komissiya Kotibiyatiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosaning nusxasi vakolatli organ tomonidan loyiha tashabbuskoriga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fikr-mulohazalar mavjud boʻlgan taqdirda hujjatlar vakolatli organlar tomonidan loyiha tashabbuskoriga puxta ishlash uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Puxta ishlangan hujjatlar loyiha tashabbuskorlari tomonidan vakolatli organlarga taqdim etiladi. Hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish va tegishli xulosalarni Maxsus komissiya Kotibiyatiga taqdim etish vakolatli organlar tomonidan ilgari bildirilgan fikr-mulohazalar loyiha tashabbuskorlari tomonidan bartaraf etish sharti bilan bir hafta muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Puxta ishlangan loyihani koʻrib chiqishda vakolatli organlar tomonidan yangi fikr-mulohazalar bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maxsus komissiya Kotibiyati ikki hafta muddatda vakolatli organlarning tushgan ijobiy xulosalarini umumlashtiradi va maxsus Komissiya Protokoli loyihasini, zaruriyat boʻlganda, Hukumat qarori loyihasini tayyorlaydi, belgilangan tartibda uning kelishilishini taʼminlaydi va Vazirlar Mahkamasi kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoki bir nechta vakolatli organning salbiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda loyihani Mahalliylashtirish dasturiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror Maxsus komissiya majlisida tegishli xulosalar asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish monitoringini olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan har bir loyiha boʻyicha loyihani amalga oshirishning tarmoq jadvali ishlab chiqiladi. Jadvalda loyiha orqali Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishiladigan aniq belgilangan muddatlarda belgilangan parametrlarga erishish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Iqtisodiyot vazirligi tarmoq jadvali asosida Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishning, shu jumladan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarda belgilangan parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlaydi va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Mahalliylashtirish dasturi loyihalarining tashqi iqtisodiy koʻrsatkichlar, shuningdek bajarilishi monitoringini olib boradi, ularni amalga oshirish davomida muammoli masalalarni aniqlaydi va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish monitoringini olib borishda aniqlangan muammolar va toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, barcha vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha idoralararo maxsus komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Azimov R.S.‎ —‎ Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi‎
B.I. Zakirov —‎ Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari
E.M. Gʻaniyev ‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
Xoʻjayev B.A.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari‎
Bekenov S.X.‎ —‎ Iqtisodiyot vaziri‎
Nosirov S.X.‎ —‎ Davlat bojxona qoʻmitasi raisi‎
Qudratov Gʻ.S.‎ —‎ Davlat statistika qoʻmitasi raisi‎
Najimov N.E.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Gʻulomov R.A.‎ —‎ Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Gadoyev E.F.‎ —‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Shayxov A.E.‎ —‎ Savdo-sanoat palatasi raisi‎
Abduvaliyev A.A.‎ —‎ “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori‎
Abdukarimov R.M.‎ —‎ Markaziy bank raisining oʻrinbosari‎
Yusupov Sh.F.‎ —‎ “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisining oʻrinbosari‎
Ibragimov Gʻ.I.‎ —‎ “Oʻzkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisi‎
Zaripov B.K.‎ —‎ “Oʻzqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi‎
Izbosarov A.F.‎ —‎ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi‎
Achilov A.M.‎ —‎ Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori‎
Saidaminov S.S.‎ —‎ “Toshkent traktor zavodi” OAJ bosh direktori v.b.‎
Fayzullayev Sh.N.‎‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari, komissiya kotibi‎‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Idoralararo maxsus komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-dekabrdagi PF-4866-sonli Farmoni tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 50-son, 565-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 49-son, 522-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2011-y., 7-8-son, 56-modda; 2012-y., 8-9-son, 78-modda; 2013-y., 15-son, 200-modda, 36-son, 477-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda, 30-son, 366-modda; 2016-y., 50-son, 565-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son; 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)