Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.03.2001 yildagi 141-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VISO” OʻZBEKISTON—AVSTRIYA QOʻSHMA KORXONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus foydalanuvchilarni zamonaviy va sifatli maxsus poyabzallar bilan taʼminlash, isteʼmol bozorini yuqori sifatli poyabzallar bilan toʻldirish hamda bevosita xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga qoʻshimcha ravishda jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligining investitsiyalar bosh boshqarmasi tomonidan “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi 2-poyabzal fabrikasining “Etikdoʻz” shuʼba korxonasi, “Lanit-Ta” qoʻshma korxonasi va Avstriyaning “Vega Marketing GmbX” firmasi bilan birgalikda har yili 150 ming juft maxsus poyabzal ishlab chiqaradigan ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “VISO” Oʻzbekiston—Avstriya qoʻshma korxonasi tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VISO” qoʻshma korxonasining ustav jamgʻarmasi 1,747 mln AQSH dollari miqdorida shakllantirilganligi, undagi ulushlar: Toshkent shahar hokimligining investitsiyalar bosh boshqarmasi boʻyicha — 827,0 ming AQSH dollari (47,3 foiz), Avstriyaning “Vega Marketing GmbX” firmasi boʻyicha 550,0 ming AQSH dollari (31,5 foiz), “Etikdoʻz” shuʼba korxonasi boʻyicha 295,0 ming AQSH dollari (16,9 foiz), “Lanit-Ta” qoʻshma korxonasi boʻyicha 75,0 ming AQSH dollari (4,3 foiz) miqdorida taqsimlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy qiymati 5,9 mln AQSH dollari boʻlgan loyihani mablagʻ bilan taʼminlash “Asaka” banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 4,2 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasi mablagʻlari hamda “VISO” qoʻshma korxonasining 1,7 mln AQSH dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VISO” qoʻshma korxonasi ishlab chiqaradigan maxsus poyabzallar umumiy hajmining kamida 35 foizini eksport qilish xorijiy sherik “vega Marketing GmbX” firmasi tomonidan kafolatlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A.N.Isayev) ushbu loyihani xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan 2001-yilgi investitsiya loyihalari dasturining aniq manzilli qismiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “VISO” qoʻshma korxonasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kreditini uzish davrida import boʻyicha keltiriladigan hamda maxsus poyabzallar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo va materiallar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 22-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-son