Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2020 03.12.2009 yildagi 304-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2020
Hujjat 03.12.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRIShNI DAVLAT TOMONIDAN YaNADA QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 311-sonli “Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbolni rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, uning aholi salomatligini mustahkamlash va jismoniy madaniyatini yuksaltirishdagi rolini oshirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalarining futbolni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash masalalaridagi faoliyatini faollashtirish, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalariga quyidagi asosiy vazifalarni hal etishni yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolning barcha turlarini, shu jumladan havaskorlik futboli va professional futbolni rivojlantirishning muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol klublari va jamoalariga ularning futbol boʻyicha hududiy, respublika va xalqaro musobaqalarga tayyorlanishida va ularda qatnashishida har tomonlama koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi keng qatlamlari oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqalar oʻtkazishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalariga nomzodlar tayyorlash uchun javob beradigan asosiy futbol klublari sifatida ularning huzuridagi futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini rivojlantirish hamda futbol klublari uchun rezerv tayyorlash monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolchilar, trenyerlar va hakamlar, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolni, shu jumladan xalqaro arenada rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan futbol federatsiyalari aʼzolarini, futbolchilar, trenyerlar va hakamlarni, futbol faxriylari va boshqa mutaxassislarni axborotlar bilan, ilmiy-metodik va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga koʻmaklashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalariga Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda Namunaviy nizomga muvofiq oʻz ustavlarini bir oy muddatda qayta koʻrib chiqish va adliya organlariga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda taqdim etish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalarining ustavlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tegishli hududlar futbol federatsiyalarining prezidentlari hisoblanadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga quyidagi vazifalarni hal etish yuklansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalarining moliyaviy hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda, tegishli hududda futbolni rivojlantirish uchun homiylar topishda, shuningdek ularni joylashtirish uchun binolar ajratishda koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional futbol klublari huzuridagi futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining rivojlanishini doimiy nazorat qilish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda professional futbolni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Milliy olimpiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalari ish haqi fondlarining 50 foizini Oʻzbekiston futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi professional futbol klublari huzuridagi futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini yanada rivojlantirishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional futbol klublari huzuridagi futbol boʻyicha yangi bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish uchun 2010-yilda teng ulushlarda 8 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratishni nazarda tutsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional futbol klublari huzuridagi futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini rivojlantirish uchun tegishli loyiha-smeta hujjatlari bir oy muddatda tayyorlanishini taʼminlasinlar hamda ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fargʻona (X. Neʼmatov), Namangan (B. Yusupov) va Samarqand (Oʻ. Barnoyev) viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fargʻona” (Fargʻona shahri), “Navbahor” (Namangan shahri), “Dinamo” (Samarqand shahri) markaziy stadionlarini mukammal taʼmirlash yuzasidan tegishli loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishini bir oy muddatda taʼminlasinlar hamda ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil futbol mavsumi boshlangungacha koʻrsatib oʻtilgan stadionlarni xalqaro standartlarga muvofiq mukammal taʼmirlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalarining rahbar va shtatdagi xodimlariga nisbatan talablarni, ularning malakasini, ishbilarmonlik, kasbiy va boshqa sifatlarini, malakasini oshirish davriyligini hisobga olgan holda belgilash tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa ommaviy axborot vositalari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida ommaviy futbol harakatining rivojlanishini, eng yaxshi futbol klublari, sport maktablari, jismoniy tarbiya jamoalari, futbol boʻyicha trenyerlar va boshqa mutaxassislar faoliyatini muntazam ravishda va keng yoritsinlar, rasmiy futbol oʻyinlari oʻtkazilishini targʻib va reklama qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 3-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-dekabrdagi 304-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Namunaviy nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalari faoliyatining asosiy prinsiplari va yoʻnalishlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Futbol Federatsiyasi — jahonda futbolning barcha turlarini, havaskorlik futbolini va professional futbolni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va boshqarish yuzasidan mutlaq huquqqa ega boʻlgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi — mamlakatlarning Osiyo qitʼasiga kiradigan Milliy futbol federatsiyalarini birlashtiruvchi hamda Osiyodagi futbolning barcha turlarini, havaskorlik futbolini va professional futbolni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va boshqarish yuzasidan mutlaq huquqqa ega boʻlgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi — Oʻzbekistonda futbolning barcha turlarini, shu jumladan havaskorlik futbolini va professional futbolni rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi tashkilot;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport va jismoniy tarbiya — ommaviy tadbirlar reglamenti (Reglament) — sport va jismoniy tarbiya — ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydigan hamda ular yuzasidan shartlar va talablarni qoʻllanish va bajarish tartibini belgilaydigan qoidalar yigʻindisidan iborat boʻlgan asosiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport va jismoniy tarbiya — ommaviy tadbirlar toʻgʻrisida Nizom (Nizom) — sport va jismoniy tarbiya — ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydigan asosiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-trenirovka yigʻinlari — sport yoʻnalishiga, pedagogik va tarbiyaviy xaraktyerga ega boʻlgan, futbolchilarni musobaqalarda va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda muvaffaqiyatli qatnashishga tayyorlash uchun sport mahoratini oshirishga yoʻnaltirilgan uyushtirilgan tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha trener — yuqori malakali va sport rezervi futbolchilarini tayyorlash boʻyicha mutaxassis hisoblanadigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolchi — havaskorlik yoki professional asosda futbol bilan muntazam ravishda shugʻullanadigan, oʻz sport mahoratini doimiy oshirib boradigan va futbol boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarda muntazam qatnashadigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha hakam — futbol boʻyicha musobaqalarni oʻtkazishda ularning Qoidalariga va reglamentlovchi hujjatlariga muvofiq ularni nazorat qilish va boshqarishni taʼminlaydigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha terma jamoalar — futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish va sport mahoratini oshirish maqsadida shakllantirilgan, rahbarlar, menejyerlar, maʼmurlar, trenyerlar, futbolchilar, vrachlar, farmatsevtlar, massajchilar, psixologlar, ilmiy va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va boshqa mutaxassislardan iborat boʻlgan jamoalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalari (keyingi oʻrinlarda Federatsiya deb ataladi) futbolni rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarni birlashtiruvchi, tegishli hududlarda futbolning barcha turlarini, shu jumladan havaskorlik futbolini va professional futbolni rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Federatsiya belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Federatsiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy nizomga, shuningdek oʻz ustaviga hamda Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Federatsiyaning maqsadi va vazifalari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Federatsiyaning maqsadi va vazifalari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolning barcha turlarini, havaskorlik futbolini va professional futbolni rivojlantirishning muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol klublari va jamoalariga ularning futbol boʻyicha hududiy, respublika va xalqaro musobaqalarga tayyorlanishida va ularda qatnashishida har tomonlama koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi keng qatlamlari oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqalar oʻtkazishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalariga nomzodlar tayyorlash uchun javob beradigan asosiy futbol klublari sifatida ularning huzuridagi futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini rivojlantirish hamda futbol klublari uchun rezerv tayyorlash monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolchilar, trenyerlar va hakamlar, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolni, shu jumladan xalqaro arenada rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan futbol federatsiyalari aʼzolarini, futbolchilar, trenyerlar va hakamlarni, futbol faxriylari va boshqa mutaxassislarni axborotlar bilan, ilmiy-metodik va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda futbol boʻyicha sport-ommaviy tadbirlar oʻtkazish orqali tinchlik, doʻstlik va oʻzaro hamfikrlik gʻoyalarini targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolni targʻib qilish va rivojlantirish, uning manfaatlari va qadriyatlarini himoya qilish, tegishli hududlarda joylashgan turli tashkilotlarda futbolni muvofiqlashtirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolni axborotlar bilan, ilmiy-metodik va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolchilar, trenyerlar va hakamlarning, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaxassislarning huquq va manfaatlarini himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Federatsiyaning faoliyati
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Federatsiya oʻz faoliyatini kontraktlar (shartnomalar), oʻzaro ixtiyoriy hamkorlik va oʻzaro munosabatlarning taqiqlanmagan boshqa shakllari asosida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Federatsiya maqsadi va vazifalariga erishish uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha chempionatlar va kuboklarni, turli turnirlar, festivallar, konferensiyalar va simpoziumlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolchilar, trenyerlar va hakamlar, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaxassislar uchun, shu jumladan respublika va xalqaro kurslar, seminarlar va yigʻinlar tashkil qiladi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda futbolni rivojlantirishni muvofiqlashtiradi, federatsiya aʼzolari, futbolchilar, trenyerlar va hakamlar, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaxassislar oʻrtasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan kelishmovchiliklar va bahslarni tartibga solishni taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Federatsiya ustavini, futbol va uning qoidalarini buzish va suiisteʼmol qilishning turli shakllarini, musobaqaga zararli va boshqa salbiy metodlar yoki amaliyotning joriy etilishini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan zarur chora-tadbirlarni tashkil qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolchilar, trenyerlar va hakamlarni, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha ilmiy-metodik va ommabop adabiyotlar nashr etish, shuningdek tadbirkorlik bilan shugʻullanishni va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasiga futbol boʻyicha terma jamoalarni, futbol klublarini, futbolchilar, trenyerlar va hakamlarni, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaxassislarni tavsiya etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Federatsiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududlarning terma jamoalari va futbol klublarining hujjatlarini rasmiylashtirmasdan Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalarda va boshqa sport musobaqalarida qatnashishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolchilar, trenyerlar, hakamlar va futbol boʻyicha boshqa mutaxassislar tomonidan futbol oʻyinlari qoidalarining, Reglament va Nizomning, oʻzlarining faoliyatiga taalluqli boshqa hujjatlar normalari va talablarining buzilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasining tegishli ruxsatnomalariga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan trenerlik va hakamlik faoliyati yuritilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Federatsiya futbol boʻyicha terma jamoalarni va ularning rezervini va/yoki alohida futbolchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari yigʻinlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalaridagi oʻz faoliyatini ham respublika hududida, ham chet elda amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Federatsiya oʻzining maqsadi, vazifalari va funksiyalarini toʻlaqonli bajarish uchun doimiy faoliyat koʻrsatadigan organlarga ega boʻlishi, zarur mablagʻlarni qidirib topishi, bogʻlanish telefonlari (faks)ga, elektron pochta va sayt (veb-sayt)ga ega boʻlishi, Federatsiya xodimlariga oʻz zimmasiga yuklangan funksiyalarini toʻlaqonli va samarali bajarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Federatsiya oʻz ishlari va tadbirlarining yillik rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Futbol federatsiyasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Federatsiya Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va boshqa xalqaro organlarda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi nomidan mustaqil ravishda vakillik qilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Federatsiya Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi shafeligida tegishli hududda futbol boʻyicha musobaqalar va boshqa tadbirlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Federatsiyaning rahbariyati va organlari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Federatsiya rahbariyati va maʼmuriyati tarkibini saylash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq va Federatsiyaning oʻz ustavida nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Federatsiyaning birinchi vitse-prezidenti va shtatlar roʻyxati Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda Federatsiya tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Federatsiya (apparati)ning rahbariyati va maʼmuriyati tarkibi tuzilmasi ushbu Namunaviy nizomga ilovada belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Federatsiya belgilangan tartibda tegishli hududda futbolni yanada rivojlantirish masalalarini hal etish boʻyicha oʻz qoʻmitalari, kengashlari va komissiyalarini tashkil etishi, shuningdek jamgʻarmalar va boshqa tashkilotlar tashkil qilishi, noshirlik faoliyati hamda oʻzining maqsadi va vazifalariga muvofiq boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Futbolda shaxslarning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Futbol boʻyicha sport tadbirlarini oʻtkazish, terma jamoalarni shakllantirish va taʼminlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Futbol uchun moʻljallangan sport inshootlari, futbol tashkilotlari, shuningdek terma jamoalar rahbarlari, futbol klublari va futbol boʻyicha boshqa jamoalar, tegishli hududning futbol boʻyicha barcha darajalardagi trenyerlari Federatsiya bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Futbolchilar bilan oʻquv-trenirovka mashgʻulotlarini oʻtkazish faqat Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi tomonidan belgilangan tartibda futbol boʻyicha trenerlik faoliyatiga yoʻl qoʻyilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol boʻyicha trenyerlar, futbolchilar, futbol boʻyicha hakamlar va tegishli hudud futboli boʻyicha boshqa mutaxassislarning kontraktlari (shartnomalari)ni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Futbol boʻyicha trenyerlar, hakamlar va tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaxassislarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha mashgʻulotlarni oʻtkazish faqat Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi tomonidan ushbu faoliyat bilan shugʻullanishga belgilangan tartibda qoʻyilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻquv-trenirovka yigʻinlarini tashkil etish va oʻtkazish Federatsiya qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Futbol musobaqalari, hududiy maqomidan, Federatsiya taqvimiga kiritilgan darajasi va koʻlamidan qatʼi nazar, Federatsiyaning rasmiy musobaqalari hisoblanadi hamda Federatsiyaning rahbarligida va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasining kuzatuvi ostida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Federatsiya taqvimiga kiritilgan musobaqalarni boshqarish, ularni oʻtkazish Federatsiya tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan hakamlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Federatsiyaning rasmiy musobaqalarida qatnashishga qoʻyish musobaqalar toʻgʻrisidagi Reglamentga va Nizomga hamda Futbol oʻyini qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Federatsiyaning rasmiy musobaqalari oʻtkazilayotganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Federatsiyaning aʼzolari hisoblanmagan, Federatsiyada akkreditatsiyadan oʻtmagan hamda Federatsiyaning rasmiy homiylari hisoblanmagan tashkilotlarning ramzlari, logotiplari va qisqartma soʻzlaridan reklama maqsadlarida foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Federatsiyada akkreditatsiyadan oʻtmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan har qanday suratga olish va translatsiyalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi tomonidan maʼqullanmagan sport kiyimlari, inventar va jihozlardan, shuningdek elektron, oʻlchov, texnik va boshqa yordamchi vositalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tegishli hududning turli tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan futbol musobaqalari Federatsiya tomonidan tasdiqlanishi kerak. Futbol oʻyini qoidalariga rioya qilinishini va turli tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalarni ularni tartibga soluvchi hujjatlarga muvofiq boshqarishni nazorat qilishni taʼminlash faqat Federatsiya tomonidan tavsiya etilgan futbol hakamlari tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Futbolni ommalashtirishga, uni ilmiy-metodik va texnik jihatdan taʼminlashga, futbol murabbiylari, futbolchilar va futbol hakamlarining, shuningdek futbol boʻyicha boshqa mutaxassislarning malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan festivallar, konferensiyalar, simpoziumlar, kurslar, seminarlar, yigʻinlar, sport-koʻngilochar, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va boshqa sport tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish Federatsiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tegishli hududning futbol boʻyicha terma jamoalari va ularning zaxirasi Federatsiya va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terma jamoalar va ularning zaxirasini shakllantirish shartlari, talablari va tartibi belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hududning futbol boʻyicha terma jamoalari va ularning zaxirasi katta yoshdagilar, yoshlar (oʻsmirlar), oʻsmirlar va bolalar toifasiga boʻlinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hududning futbol boʻyicha terma jamoalari va ularning zaxirasiga kiritish uchun futbol hakamlari, futbolchilar, shuningdek futbol boʻyicha boshqa mutaxassislar Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi tomonidan belgilangan talablarga javob berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hududning terma jamoalarini taʼminlash, ularni tayyorlash, shu jumladan oʻquv-trenirovka yigʻinlari oʻtkazish hamda musobaqalarda va/yoki jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda qatnashish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terma jamoa aʼzolarining ovqatlanishi, yoʻl yurishi, joylashishi va sutkalik puli, shuningdek ularni farmakologiya va tiklanish vositalari, vitaminlar va oqsil-glyukoza preparatlari, umumiy davolanish maqsadidagi dori-darmonlar va bogʻlash materiallari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshootlari, jihozlar, inventar va texnik vositalardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terma jamoalar aʼzolarining energiyaga boʻlgan ehtiyojini, sarflangan kuch-quvvati va jismoniy resurslari kompensatsiyasi uchun oziq-ovqatlarning asosiy komponentlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terma jamoalar aʼzolarini zarur sport buyumlari, kiyim-bosh, inventar va jihozlar bilan taʼminlash, ularning tiklanish tadbirlari (fizioterapevtik, psixologik va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terma jamoalar aʼzolarini tayyorlash uchun audio va video jihozlar hamda materiallar sotib olish, oʻquv-metodik jihatdan taʼminlash va davolash-pedagogik tekshiruvlar va nazorat qilish hamda terma jamoalar futbolchilarini samarali tayyorlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terma jamoalar aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazishga, ularga viza olish uchun haq toʻlash va ularning musobaqalar, jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda va oʻquv-mashq yigʻinlarida qatnashganligi uchun badal toʻlash, doping-nazoratdan oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlar, temir yoʻl, avtomobil va suv vokzallari yigʻimlarini toʻlash, sport inventari va jihozlarini transportda tashish, yoqilgʻi-moylash materiallari va boshqa zarur materiallar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol murabbiylari va mutaxassislari, shu jumladan xorijiy murabbiylar va mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash, terma jamoalar aʼzolarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sugʻurta qilish, vakillik xarajatlari va koʻzda tutilmagan xarajatlar (apellatsiya, daʼvo, faks, xalqaro telefon soʻzlashuvlaridan foydalanganlik uchun haq toʻlash, ogʻir jarohatlar olinganda tibbiy yordam uchun haq toʻlash, Internet xizmatlar), shikast yetkazganlik uchun haq toʻlash va boshqa xarajatlar bilan bogʻliq xarajatlarni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terma jamoalarning oʻquv-trenirovka yigʻinlarida va/yoki jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda qatnashishi bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan meʼyorlar boʻyicha qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy valyutadagi xarajatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyorlarga, shuningdek Reglament va/yoki Nizomning moliyaviy shartlariga yoxud qabul qilish shartlariga muvofiq ajratilgan va kelishilgan mablagʻlar doirasida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Federatsiyaning moddiy-texnika bazasi, mablagʻlari va mol-mulki
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Federatsiya oʻz faoliyatini samarali taʼminlash maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq oʻz mulki boʻlgan va/yoki ijaraga olingan maʼmuriy va qoʻshimcha binolarga ega boʻlishi, sport bazasini (sport zallari, basseynlar, maydonchalar va hokazolarni) ijaraga olishi, tibbiyot xonasi, kino-, foto-, videolaboratoriyalar, metodika xonasi, jihozlar va inventar, metodik adabiyotlar, koʻrgazmali qoʻllanmalar, avtotransport, texnik va elektron vositalar, yer uchastkalari, binolar, inshootlar, turarjoy fondiga, soʻmda va xorijiy valyutada pul mablagʻlariga, qimmatli qogʻozlar hamda boshqa koʻchar va koʻchmas mulkka ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Federatsiya Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi yoki boshqa tashkilotlar tomonidan berilgan mol-mulkning, shuningdek Federatsiyaning oʻzi boshqa qonuniy asoslarda sotib olgan mol-mulkning egasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Federatsiyaning mablagʻlari va mol-mulki quyidagi manbalardan:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik aʼzolik badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylardan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan, shu jumladan noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Federatsiya ustavida nazarda tutilgan tadbirlarni oʻtkazishdan tushgan tushumlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi va boshqa tashkilotlarning moliyaviy qoʻllab-quvvatlashi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya badallari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli xizmatlar koʻrsatish, Federatsiyaning rasmiy ramzlaridan foydalanish, davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan tushadigan subsidiyalar, shuningdek qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar va daromadlardan shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Federatsiyaning moliyaviy mablagʻlari va daromadlari futbolni rivojlantirish va ommalashtirish qatnashchilari, Federatsiya aʼzolari va har qanday boshqa shaxslar oʻrtasida taqsimlanmaydi hamda faqat Federatsiyaning tegishli maqsadlari, vazifalari va faoliyati xarajatlariga yoʻnaltirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar belgilangan tartibda Federatsiya tomonidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Federatsiyaning hisob va hisoboti
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Federatsiya qonun hujjatlariga muvofiq oʻz faoliyati natijalarining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisoboti yuritadi, hisobot maʼlumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Federatsiya va uning organlarining mol-mulki va hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Federatsiya tegishli hududda futbolni rivojlantirishga tegishli barcha masalalarda Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan mustahkam aloqada ishlaydi va unga hisob beradi. Federatsiya Oʻzbekiston Futbol federatsiyasiga har yilgi hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Federatsiya qonun hujjatlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazuvchi va boshqa organlarga hisobotlar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Intizomiy choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Federatsiya tomonidan Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi qarorlari, Futbol oʻyini qoidalari buzilganligi uchun belgilangan tartibda quyidagi tegishli intizomiy choralar qoʻllanilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Federatsiyaning jamoa aʼzolariga, tegishli hududning futbol boʻyicha sport tadbirlarini ommalashtiradigan yoki oʻtkazadigan futbol klublari va tashkilotlariga — ogohlantirish, jarima solish, oʻyinni tomoshabinlarsiz oʻtkazish, oʻyin natijalarini bekor qilish, muayyan stadionda oʻyin oʻtkazishni taqiqlash, oʻyinni betaraf maydonda oʻtkazish, musobaqalarda qatnashishni taqiqlash, transferni taqiqlash, ochkolarni olib tashlash, quyi divizionga oʻtkazish, aʼzolikdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Federatsiyaning yakka tartibdagi aʼzolariga (futbol boʻyicha trenyerlarga, futbolchilarga, futbol boʻyicha hakamlarga, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaxassislarga) — ogohlantirish, jarima, musobaqalarda qatnashish natijalarini bekor qilish, musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatish, musobaqalarda ishtirok etishni taqiqlash, oʻyinda qatnashishdan mahrum etish, mukofotdan mahrum qilish, malakasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish, tegishli hududda futbol bilan bogʻliq boʻlgan har qanday faoliyatda ishtirok etishdan chetlatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Federatsiyani tugatish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Federatsiyani tugatish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Federatsiyani tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk Federatsiya ishtirokchilari (aʼzolari), shuningdek rahbar organlar aʼzolari yoki Federatsiya xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va ulardan futbolni rivojlantirish uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar Federatsiyaga har tomonlama yordam koʻrsatishi mumkin. Davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yordam koʻrsatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Federatsiyaning Oʻzbekiston Futbol federatsiyasiga aʼzoligi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi ustaviga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Futbol boʻyicha paydo boʻladigan barcha bahsli masalalar, qoidaga koʻra, Federatsiya va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Federatsiyaning xatti-harakati oqibatida Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi yoki boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Futbol federatsiyasiga jarima sanksiyalari qoʻllanilgan taqdirda, unda bu sanksiyalar Federatsiyaning oʻzi tomonidan qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Federatsiyaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Federatsiya faoliyatini nazorat qilish roʻyxatdan oʻtkazgan va boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasining normativ hujjatlari Federatsiya va tegishli hududda futbolni rivojlantirayotgan barcha tashkilotlar uchun amal qilinadigan hujjatlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Namunaviy nizomda tartibga solinmagan munosabatlar tegishli qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol federatsiyasi rahbariyati va maʼmuriy tarkibi (apparati)ning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Izoh. Federatsiyaning shtatlari, zaruriyat boʻlganda, mahalliy budjet mablagʻlari, homiylar mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyaviy tushumlar hisobiga koʻpaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 49-son, 524-modda;2011-y., 3-son, 22-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)