Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimI markazining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimI markazining
Qarori
DARSLIKLAR VA OʻQUV-METODIK QOʻLLANMALAR XARID QILISh YuZASIDAN TANLOV SAVDOLARI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNING 2-BANDIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 1-dekabrda 1943-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 536-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1943-2, 13.12.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-martdagi 77-son “Vazirlar Mahkamasining “2005 — 2009-yillarda umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 22-noyabrdagi 548-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 13-son, 142-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2009-yil 14-apreldagi 17, 14/QQ-son qarori bilan tasdiqlangan Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar xarid qilish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 1943, 2009-yil 17-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 208-modda) 2-bandida:
birinchi xatboshisidagi “darsliklar va oʻquv-metodik komplekslar” degan soʻzlar “oʻquv adabiyotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, koʻzi ojiz, kar, zaif eshituvchi va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan oʻquvchilari uchun maxsus maktab va maktab internatlari tomonidan oʻquv adabiyotlarini xarid qilish yuzasidan tanlov savdolarini oʻtkazishga Hukumat komissiyasining qarori talab etilmaydi”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-noyabr,
50-son
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Sh. JAVLANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-noyabr,
44/QQ-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 49-son, 526-modda)