19.11.2009 yildagi 626-ф-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmoyishi

Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari, tumanlari va boshqa aholi punktlarida, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2009-yil 23-noyabrdan 23-dekabrgacha yongʻin xavfsizligi oyligi oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar yongʻin xavfsizligi oyligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar obyektlarini, shuningdek uy-joy fondini yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning toifalangan va oʻta muhim obyektlarida yongʻin xavfsizligini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari yongʻin xavfsizligi oyligini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha komissiyalar tuzsinlar, rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilishini har oʻn kunda komissiya hayʼat, boshqaruv, kengash yigʻilishlarida koʻrib chiqsinlar hamda tegishli xizmatlar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼatlar, boshqaruvlar, kengashlar majlislarida oʻzlariga qarashli obyektlar va uy-joy fondining texnik holati, yongʻin xavfsizligi masalalarini koʻrib chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar va uy-joy fondini yongʻinga xavfsiz holatga keltirish uchun ajratilgan mablagʻlarning qatʼiy ravishda maqsadli foydalanilishiga erishsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz, energetika, suv xoʻjaligi va isitish moslamalarining holati va sozligiga alohida eʼtibor qaratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilishining har bir holati boʻyicha puxta tekshiruvlar oʻtkazsinlar, yongʻin roʻy berishiga yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlinmalarini oʻt oʻchirish texnikasi, asbob-uskunalar va anjomlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchilar, xizmatchilar, taʼlim muassasalari oʻquvchilari va aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirsinlar, jamoatchilikni yongʻinlarning oldini olish tadbirlariga keng jalb etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalari (gidrantlar, rezervuarlar, suv hovuzlari, ichki oʻt oʻchirish joʻmraklari)ni soz holatga keltirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi oyligi oʻtkazilishini keng yoritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish va yongʻin nazorati organlari bilan birgalikda yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari uzoq vaqtdan buyon hal etilmay kelinayotgan obyektlar va aholi punktlari boʻyicha reydlar uyushtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 2009-yil 25-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 19-noyabr,

626-f-son