OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-noyabrdagi PF-4152-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 26-noyabrda 2049-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2010-yil 16-iyuldagi 136-QQ va 62-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-noyabrdagi PF-4152-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2049-1, 20.07.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-noyabrdagi PF-4152-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2009-yil 11-avgustdagi 50 va 82-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”ni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1995, 2009-yil 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 34-son, 376-modda) qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-noyabr,
72-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-noyabr,
113-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2009-yil 24-noyabrdagi 72, 113-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-noyabrdagi PF-4152-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-noyabrdagi PF-4152-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga asosan pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2009-yilning 1-dekabridan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
eng kam ish haqi — oyiga 37 680 soʻm;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 74 660 soʻm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 74 660 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 45 220 soʻm.
2. 1991-yilning 1-yanvarigacha va undan keyingi yillarda tayinlangan pensiyalarning miqdorini tenglashtirish va qayta hisoblab chiqish maqsadida, ilovaga muvofiq yangi yillar boʻyicha differensiyalangan tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
3. Pensiyalarni hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (37 680 soʻm x 8 = 301 440 soʻm).
4. Yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorda boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblab chiqarishda oʻrtacha bir oylik ish haqi eng kam ish haqining sakkiz baravari 301 440 soʻm (37 680 soʻm x 8) bilan chegaralanib, ish stajiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik boʻyicha pensionerlar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 7 va 17-moddalariga muvofiq toʻliq pensiya tayinlash uchun toʻliq ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, pensiya qayta hisoblashda bor stajga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanadi.
6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (37 680 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-noyabrdagi PF-4152-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi koeffitsiyentlar
| Davrlar | Koeff. | | Davrlar | Koeff. |
| 1971-yil yilga qadar | 1555,1 | | 1994-yil 1-iyuldan | 764,1 |
| 1971-yil | 1515,5 | | 1994-yil 1-avgustdan | 626,4 |
| 1972-yil | 1477,8 | | 1994-yil 1sentyabrdan | 544,5 |
| 1973-yil | 1430,6 | | 1994-yil 1-noyabrdan | 422,5 |
| 1974-yil | 1334,6 | | 1995-yil 1-yanvardan | 422,5 |
| 1975-yil | 1305,3 | | 1995-yil 1-martdan | 213,8 |
| 1976-yil | 1277,3 | | 1995-yil 1-sentabrdan | 164,6 |
| 1977-yil | 1241,8 | | 1996-yil 1-yanvardan | 164,6 |
| 1978-yil | 1200,1 | | 1996-yil 1-apreldan | 122,4 |
| 1979-yil | 1176,5 | | 1996-yil 1-sentabrdan | 85,4 |
| 1980-yil | 1146,3 | | 1997-yil 1-yanvardan | 85,4 |
| 1981-yil | 1124,7 | | 1997-yil 1-iyuldan | 59,4 |
| 1982-yil | 1124,6 | | 1998-yil 1-yanvardan | 59,4 |
| 1983-yil | 1103,9 | | 1998-yil 1-iyuldan | 43,2 |
| 1984-yil | 1103,7 | | 1999-yil 1-yanvardan | 35,4 |
| 1985-yil | 1090,4 | | 1999-yil 1-avgustdan | 27,6 |
| 1986-yil | 1077,3 | | 2000-yil 1-avgustdan | 17,98 |
| 1987-yil | 1051,8 | | 2001-yil 1-avgustdan | 12,84 |
| 1988-yil | 982,6 | | 2002-yil 1-apreldan | 11,17 |
| 1989-yil | 921,7 | | 2002-yil 1-avgustdan | 9,7 |
| 1990-yil | 831,8 | | 2003-yil 1 maydan | 8,09 |
| 1991-yil | 573,9 | | 2004-yil 1-avgustdan | 6,22 |
| 1992-yil 1-yanvardan | 169,7 | | 2005-yil 1 maydan | 5,18 |
| 1992-yil 1-iyuldan | 79,3 | | 2005-yil 1-oktabrdan | 4,32 |
| 1992-yil 1-oktabrdan | 38,1 | | 2006-yil 1-iyuldan | 3,6 |
| 1993-yil 1-yanvardan | 28,1 | | 2006-yil 1-noyabrdan | 3,0 |
| 1993-yil 1-apreldan | 20,1 | | 2007-yil 1-avgustdan | 2,4 |
| 1993-yil 1-iyundan | 8,6 | | 2007-yil 1-noyabrdan | 2,18 |
| 1993-yil 1-iyuldan | 5,5 | | 2007-yil 1-dekabrdan | 2,0 |
| 1993-yil 1-sentabrdan | 4,2 | | 2008-yil 1-apreldan | 1,78 |
| 1993-yil 1-noyabrdan | 2,57 | | 2008-yil 1-sentabrdan | 1,48 |
| 1994-yil 1-yanvardan | 1,92 | | 2008-yil 1-noyabrdan | 1,41 |
| 1994-yil 1-martdan | 1,15 | | 2008-yil 1-dekabrdan | 1,33 |
| 1994-yil 1-iyundan | 0,77 | | 2009-yil 1-avgustdan | 1,07 |
| | | | 2009-yil 1-dekabrdan | 1,0 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 48-son, 521-modda)